O'zb  
 

Oxirgi sonda



Ko'p o'qilgan maqolalar



Dolzarb mavzu



Maqolalar arxivi

«    Aprel 2018   
Du Se Cho Pa Ju Sha Ya
26 27 28 29 30 31 1
2 3 4 5 6 7 8
9 10 11 12 13 14 15
16 17 18 19 20 21 22
23 24 25 26 27 28 29
30 1 2 3 4 5 6
30.11.2017

IMKONIYATI CHEKLANGAN KISHILAR

ijtimoiy himoyasi uchun Toshloq tumanida qanday ishlar amalga oshirilmoqda?

Xalq deputatlari Toshloq tuman Kengashidagi O‘zXDP guruhi rahbari Muhammadjon Joraboyev Nazira Yoldoshevaning xonadoniga borib, oila a’zolari bilan suhbatlashdi. Ular deputatga ozlarini oylantirayotgan muammo haqida gapirib berdi:

— Oglim bolaligida hastalanib, yurolmay qoldi. Shuning uchun nogironlik aravachasiga ehtiyoj sezyapmiz. Ozimizda uni sotib olishga imkon yoq. Qayerga murojaat qilishni bilmayapmiz.

Shuhratjonga homiylik mablaglari hisobidan aravacha olib berildi. Ammo tumanda imkoniyati cheklangan kishilarni oylantirayotgan yana koplab masalalar bor.

Deputat ularni tizimli hal qilish uchun tuman Kengashi sessiyasiga olib chiqish kerak, degan toxtamga keldi. Tuman Kengashidagi OzXDP guruhi azolari uning taklifini qollab-quvvatladi. OzXDP ishchi guruhi tomonidan nazorat-tahlil ishlari boshlab yuborildi. Hududdagi vaziyat atroflicha organildi, aniqlangan kamchiliklar sessiyada muhokama etildi.

Tumanimizda ikki yuz ming nafarga yaqin aholi yashaydi, deydi OzXDP tuman kengashi raisi Tursunboy Soliyev. Shundan 3172 nafarini imkoniyati cheklangan kishilar tashkil qiladi. Ular bilan turli mavzularda davra suhbatlari otkazamiz. Bu kabi tadbirlar nogironlarning jamiyatdagi faolligi oshishiga turtki bolyapti. Uchrashuvlar mobaynida ehtiyojmand aholi vakillari nogironlik aravachasi, qoltiqtayoq yoki protez-ortopedik mahsulotlar olish uchun qaysi tashkilotga murojaat qilishni bilmasliklarini aytishdi. Shunda huquqiy bilimni oshirish kerakligini angladik. Birinchi qilgan ishimiz hokimiyat binosida mutasaddilar bilan birgalikda qabul kunlari tashkil etish boldi.

Tumanimizda 400 nafarga yaqin 16 yoshgacha bolgan nogiron bola bor, deydi tuman Kengashidagi OzXDP guruhi azosi, 4-maktabgacha talim muassasasi mudiri Nilufar Eminova. Shundan 193 nafari orta talim maktablarida, 80 nafari uy sharoitida oqitilyapti. 12 nafari esa ruhiy rivojlanishdan ortda qolgani sababli talim olmaydi. Ularning ertasini oylash har birimizning burchimiz, deb hisoblayman. Bugungi kunda imkoniyati cheklangan kishilarning bosh vaqtini sermazmun otkazishi, sport bilan shugullanishi, madaniy dam olishi uchun tumanda yetarlicha sharoit yaratilmagani aniqlandi.

Ayniqsa, tuman tibbiy-ijtimoiy yordam korsatish bolimi tomonidan nogironlarning sogligini nazorat qilish, xonadonlarga borib muloqot olib borish, muammolarni aniqlash ishlari oz holiga tashlab qoyilgan. Talim berishning amaldagi tizimi zamonaviy talabga javob bermaydi. Bu kabi holatlarning oldini olish uchun tumandagi pedagoglarni maxsus kurslarda oqitish lozim. Oqish xarajatlari ish beruvchi tomonidan qoplansa, maqsadga muvofiq bolar edi.

Aholi vakillari katta-kichik muammolari bilan oldimizga keladi, deydi tuman Kengashidagi OzXDP guruhi rahbari, «Toshloq» mahalla fuqarolar yigini raisi Muhammadjon Joraboyev. Ularga qonun doirasida va imkon darajasida yordam berishga harakat qilyapmiz.

Yaqinda mahallamizdagi yosh yigit Murodjon Jalilov imkoniyati cheklangan shaxslar uchun ixtisoslashtirilgan kasb-hunar kollejini tugatishini aytdi. Uyali aloqa va elektrotexnika vositalarini tamirlashni organgani, mustaqil ish boshlash uchun mahalladan joy ajratib berishimizni soradi. Ochigi, bundan xursand boldim, mahallamizda bunday xizmat korsatadigan shoxobcha yoq edi. Biz uning taklifini qollab-quvvatladik. Partiya faollari bilan birgalikda unga imtiyozli kredit olishi uchun komak berish harakatidamiz.

Sessiyaga masala kiritishdan oldin tuman miqyosida nogironlarga yaratib berilayotgan shart-sharoitlar, sohalarda yol qoyilayotgan kamchiliklarni organib chiqdik, deydi xalq deputatlari Toshloq tuman Kengashidagi OzXDP guruhi azosi Tojixon Jorayeva. Sakkiz oy mobaynida tuman tibbiyot birlashmasiga 101 nafar imkoniyati cheklangan shaxs protez-ortopediya va reabilitatsiya vositalari olish uchun murojaat qilgani aniqlandi. Shundan 29 tasigina ijobiy hal etilgan. Korinib turibdiki, nogironlarning ehtiyoji yetarli darajada qondirilmagan. Vaholanki, viloyatimiz hududida faoliyat olib borayotgan Sayqal MChJ qoltiqtayoq hamda nogironlik aravachalarini ishlab chiqaradi. Ushbu mahsulotlar talabga javob beradi. Bitta nogironlik aravachasi ortacha bir, bir yarim million som atrofida turadi. Mazkur muammolarni homiylik mablaglari hisobiga hal etsa ham boladi. Protez-ortopediya mahsulotlari viloyatimizda ishlab chiqarilmaydi. Boshqa hududlardan sotib olishga togri keladi. Bu esa kop vaqt va mablag talab etadi. Shuningdek, nogironlik guruhini aniqlash hamda protez-ortopediya, reabilitatsiya vositalari bilan taminlashda tibbiy maslahat komissiyasi va tibbiy mehnat ekspert komissiyalari faoliyatida hali-hamon qogozbozliklar kamaymayotgani malum boldi. Kelgusida ushbu masalada ham yangicha yondashuvlarni joriy etish boyicha takliflarimizni tayyorlayapmiz.

Sessiyada nogironlikning oldini olish borasida tumanda qilinayotgan ishlar qoniqarli emasligi, sogliqni saqlash idoralari tomonidan homilador ayollar skrining tekshiruvlari bilan toliq qamrab olinmagani takidlab otildi. Kasalliklar oz vaqtida aniqlanmagani sababli nogiron bolalar tugilishi, afsuski, hamon kamaygani yoq. Zarken, Axshak, Varzak qishloq oilaviy poliklinikalarida, tuman soliq inspeksiyasi, Xalq banki tuman bolimi, tuman markaziy kutubxonasida panduslar ornatilmagani alohida korsatib otildi.

Ushbu masalalar yuzasidan taklif va tavsiyalar ishlab chiqilib, tegishli qaror qabul qilindi. Unga kora tuman tibbiyot birlashmasi, tuman xalq talimi muassasalari faoliyatini metodik taminlash va tashkil etish bolimi va tuman soliq inspeksiyasi hamda tijorat banklari filiallari rahbarlari zimmasiga vazifalar yuklatildi.

Maxliyo ALIQULOVA



DB query error.
Please try later.