O'zb  
 

Oxirgi sonda



Ko'p o'qilgan maqolalar



Dolzarb mavzu



Maqolalar arxivi

«    Fevral 2018   
Du Se Cho Pa Ju Sha Ya
29 30 31 1 2 3 4
5 6 7 8 9 10 11
12 13 14 15 16 17 18
19 20 21 22 23 24 25
26 27 28 1 2 3 4
10.06.2017

YOSH SIYOSATCHI 2017:

Navoiy viloyat bosqichi qizg‘in va kotarinki ruhda otdi

Navoiy shahridagi madaniyat va san’at kollejining faollar zali. Bu yerga «Yosh siyosatchi» korik-tanlovining tuman va shahar bosqichi goliblari, partiya faollari, deputatlar birin-ketin kirib kelishmoqda. Sahna bayramona bezatilgan. Tanlov boshlanishiga biroz vaqt bor. Fursatdan foydalanib, Navoiy viloyat partiya kengashi sektor mudiri Latif Azizov bilan suhbatlashdik.

— Tanlovga qiziqish yildan-yilga ortib bormoqda, deydi u. Joriy yilda uning quyi bosqichlarida ishtirok etish maqsadida 800 murojaat qabul qilindi. Zukko, bilimdon yoshlarning 10 nafari bugun viloyat bosqichida ishtirok etmoqda.

Sahnaga boshlovchilar chiqib keldi. Ularning har ikkalasi ham bir necha yil avval Yosh siyosatchi korik-tanlovining respublika bosqichida ishtirok etgan.

Tanlov avvalida Navoiy viloyat partiya kengashi raisi vazifasini bajaruvchi Fazliddin Temirov hamda OzXDP Markaziy Kengashi masul xodimi Umurbek Bektemirovga soz berildi. Ular davlatimizda yoshlarni har tomonlama qollab-quvvatlash borasida amalga oshirilayotgan islohotlarga toxtalib otdi. Ishtirokchilarga omad va zafarlar tiladi.

Shundan song ishtirokchilar loyiha taqdimoti shartini otkazdi.

Tomdi tumanidan Laziz Rahimov Sahrodagi boston deb nomlangan loyihasi haqida gapirib berdi. Uning aytishicha, tumanda asosan chorvachilik rivojlangan. Tomorqa yerlaridan unumli foydlanish dolzarb masalaga aylangan. Agar xonadonlarda issiqxona tashkil etib, poliz ekinlari yetishtirish hamda gul kochatlari parvarishlash yolga qoyilsa, band aholi soni yanada ortadi. Shuningdek, kocha va xiyobonlarni kokalamzorlashtirish uchun gul kochatlarini qoshni tumanlardan keltirishga hojat qolmaydi.

Loyihada issiqxona tashkil etishning samarali jihatlari, tijorat bankidan olinadigan kredit va uni qaytarish choralari aniq korsatib berildi.

Zarafshon shahridan Suhrob Salomov Faol fuqaro deb nomlangan loyihasi taqdimotini otkazdi.

Jismoniy imkoniyati cheklangan, ijtimoiy himoyaga muhtoj kishilarni qollab-quvvatlash partiyamizning ustuvor vazifasidir, dedi u. Shu bois ham bunday kishilarni doimo ragbatlantirib borish zarur. Ayrim imkoniyati cheklangan fuqarolarning qolida hunari bor. Ular hunarmandchilik, tikuvchilik, toquvchilik, tunukasozlik yumushlarini bajara oladi. Shunday ekan, ular tayyorlagan mahsulotlar korgazmasini tashkil etish va sotish ishlarini amalga oshirishga komaklashish lozim. Shu orqali ularni faol hayotga jalb etishimiz mumkin.

Har bir ishtirokchi oz loyihasining samarasi, afzalliklari haqida gapirib berdi. Tanlovga bir-biridan qiziqarli loyihalar taqdim etildi. Xususan, qiziltepalik Gulhayo Muxtorovaning Jamoaviy tadbirkorlik, Navoiy shahridan Odiljon Bahriddinovning hududda turizmni rivojlantirishga oid loyihalari kopchilikda qiziqish uygotdi.

Bilimdon siyosatchi shartida ishtirokchilar Ozbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi, siyosiy partiyalar, parlament, saylovlar, yoshlar masalalariga oid qonunlar, Oila, Mehnat kodekslari, Prezident asarlari, Ozbekiston Xalq demokratik partiyasining dasturi haqidagi savollarga javob qaytarishdi.

Notiqlik sanati bilan bogliq shart ham qiziqarli otdi. Joylardagi muammolarni hal etish boyicha takliflar ilgari surildi.

Hakamlar hayati xulosasiga kora, Navoiy shahridan Odiljon Bahriddinov tanlovning respublika bosqichida ishtirok etish huquqini beruvchi yollanmani qolga kiritdi.

Ishtirokchilarga diplom va esdalik sovgalari topshirildi.

Ilhom SATTOROV,

Ozbekiston ovozi muxbiri.


Fikr va mulohazalar

Spam bot protection (CAPTCHA)

Songgi yangiliklar: