O'zb  
 

Oxirgi sonda



Ko'p o'qilgan maqolalar



Dolzarb mavzu



Maqolalar arxivi

«    Fevral 2018   
Du Se Cho Pa Ju Sha Ya
29 30 31 1 2 3 4
5 6 7 8 9 10 11
12 13 14 15 16 17 18
19 20 21 22 23 24 25
26 27 28 1 2 3 4
10.06.2017

SERGELIDA MEHNAT YARMARKASI

Sergeli tumanidagi Toshkent moliya va iqtisodiyot kollejida o‘tkazilgan mehnat yarmarkasida yigirmaga yaqin korxona, tashkilot va muassasa mingdan ziyod bosh ish orni bilan ishtirok etdi.

Mazkur yarmarka Ozbekiston Xalq demokratik partiyasi Markaziy kengashi tashabbusi bilan Ozbekiston Respublikasi Markaziy banki Toshkent shahar bosh boshqarmasi, Sergeli tumani hokimligi, tuman bandlikka komaklashish markazi hamkorligida tashkil etildi. Unda tumandagi kasb-hunar kollejlari bitiruvchilari, ishsiz fuqarolar ishtirok etdi.

Xalq demokratik partiyasi Toshkent shahar kengashi raisi X.Boboxonov va boshqalar mamlakatimizda aholi, ayniqsa, yoshlar bandligini ta’minlash, istedod va salohiyatini keng namoyon etishi uchun zarur sharoit yaratish, kasb-hunarga yonaltirish borasida keng kolamli islohotlar amalga oshirilayotganini takidladi.

Davlatimiz rahbarining joriy yil 24 maydagi «Bandlik sohasida davlat siyosatini yanada takomillashtirish va mehnat organlari faoliyati samaradorligini tubdan oshirish chora-tadbirlari togrisida»gi farmoni aholi bandligini taminlash borasida yangicha yondashuvlarni amaliyotga joriy etishda dasturilamal bolayotir. Mazkur farmonda ishsiz aholini, yoshlarni, avvalambor kasb-hunar kolleji bitiruvchilarini, shuningdek, aholining boshqa ijtimoiy himoyaga muhtoj toifalarini ixtisoslashtirilgan ish orni yarmarkalarini tashkil etish va otkazish, aholi va ish beruvchilar uchun mehnat organlari tomonidan korsatilayotgan xizmatlarning sifatini oshirish yoli bilan ishga joylashtirishga komaklashish vazifalari belgilangan.

— Sergeli tumanida faoliyat yuritayotgan 7 kasb-hunar kollejini joriy oquv yilida 2 ming 662 oquvchi tamomlaydi, deydi XDP Sergeli tumani kengashi raisi Mirzohid Xidirov. Mazkur tadbirdan kozlangan asosiy maqsad yoshlar, kasb-hunar kollejlari bitiruvchilari bandligini taminlash, ijtimoiy himoyaga ehtiyojmand oilalarni manzilli himoyalash orqali mehnatga jalb qilishdir.

Tadbir doirasida Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputatlari va mutasaddi tashkilot rahbarlari ishtirokida bitiruvchi yoshlar bilan oquv-seminar otkazildi. Sergeli politexnika kasb-hunar kolleji oquvchisi Guljamol Ergasheva singari tashabbuskor va oz biznesini yolga qoymoqchi bolgan 9 kollej bitiruvchisiga banklardan imtiyozli kredit olish uchun sertifikat topshirildi.

Mohigul QOSIMOVA,

OzA muxbiri.


Fikr va mulohazalar

Spam bot protection (CAPTCHA)

Songgi yangiliklar: