O'zb  
 

Oxirgi sonda



Ko'p o'qilgan maqolalar



Dolzarb mavzu



Maqolalar arxivi

«    Sentabr 2018   
Du Se Cho Pa Ju Sha Ya
27 28 29 30 31 1 2
3 4 5 6 7 8 9
10 11 12 13 14 15 16
17 18 19 20 21 22 23
24 25 26 27 28 29 30
10.06.2017

ELEKTORAT MUROJAATLARI

jiddiy e’tibor bilan o‘rganilishi kerak

Ijtimoiy muammolarni hal etish, odamlar bilan yelkama-elka turish, ularni rozi qilish bugun kun tartibidan orin olgan eng muhim masalalardan biri. Fuqarolarni nima oylantirayapti, ular koproq nimaga ehtiyoj sezayapti? Ushbu savollarga javob topish uchun aholi bilan muloqot qilish, ularni tinglashimiz zarur.

Aytish kerakki, partiyamiz tizimida ushbu yonalishda muayyan tajriba toplangan. Elektorat vakillariga huquqiy maslahat berishda, ularning manfaatlarini himoya qilishda partiya kengashlari qoshida faoliyat korsatayotgan Jamoatchilik qabulxonalari muhim ahamiyatga ega bolmoqda. Muammolarni aniqlash va hal etishga partiya boshlangich tashkilotlari, viloyat, tuman hamda shahar kengashlari, partiya guruhlari etibori kuchaygani elektorat ishonchini qozonishning asosiy omillaridan biriga aylandi.

Har bir murojaat partiya faollari va deputatlar tomonidan puxta organilib, ularning aksariyati tegishli idora va tashkilotlar yordamida hal etildi, qolganlariga yuridik maslahatlar berildi. Birgina joriy yilning otgan besh oyi davomidagi Jamoatchilik qabulxonalari faoliyatiga nazar tashlasak, bunga yana bir bor amin bolamiz.

Ozbekiston XDP Buxoro viloyat kengashi qoshidagi Jamoatchilik qabulxonasiga yanvar-may oylarida 350 ga yaqin murojaat tushdi. Ularning katta qismi kommunal xizmat, oz ishini yolga qoyish, ishga joylashish, sogligini tiklash, yer ajratish masalalari bilan bogliq bolmoqda. Murojaatlarni organishga malakali huquqshunoslar ham jalb etilmoqda. Shu paytga qadar murojaatlarning 93 foizi ijobiy hal etildi.

Jamoatchilik qabulxonalariga tushgan murojaatlar tahlili viloyatimizda qaysi yonalishlarda muammolar borligi, nimalarga koproq etibor qaratish lozimligini korsatib turibdi. Masalan, kommunal soha boyicha eng kop murojaat Kogon va Romitan tumanlaridagi fuqarolar tomonidan tushgan. Ijtimoiy masalalar va sogliqni saqlash sohasida esa Gijduvon tumanidan kop murojaat bolgan. Ayni kunda mahalliy Kengashlardagi partiya guruhlarimiz ushbu tahlil asosida doimiy komissiya va sessiyalar muhokamasiga masala kiritish boyicha ish olib bormoqda.

Qorovulbozor tumani Geologlar kochasi, 87-uyda yashovchi Shamil Xisametdinov kasalligi sababli dori-darmonlar va tibbiy korikka moddiy yordam sorab murojaat qildi. Tuman partiya kengashi va deputatlarimiz komagida tuman poliklinikasi imkoniyatlari orqali masala ijobiy hal etildi.

Shofirkon tumanidan Zafar Rajabov ishga kirishda yordam sorab keldi. Tuman partiya kengashi raisi Bahrom Nematov va deputatlarimiz komagida u tuman qurilish va servis kasb-hunar kollejiga ishga joylashtirildi. Bunday misollarni koplab keltirish mumkin. Eng muhimi, komakka muhtoj insonlarga qolimizdan kelgancha yordam beryapmiz. Ularning ogiri yengil bolmoqda.

Yana bir masala. Viloyatimizning chekka hududlarida otkazilayotgan davra suhbati va oquv-seminarlar doirasida kochma Jamoatchilik qabulxonalari tashkil etishga jiddiy etibor qaratayapmiz. Shu bois mazkur hududlarda istiqomat qilayotgan aholining partiyamiz faoliyatiga qiziqishi va ishonchi ortib borayapti. Aslida ham har bir partiya tashkiloti unga ishongan, qollab-quvvatlagan kishilar manfaatini himoya qilishni, ularni oylantirayotgan masalalarni hal etishni nafaqat oz vazifasi, balki burchi, deb bilishi kerak.

Murojaatlar bilan ishlashda kamchiliklarimiz ham yoq emas. Masalan, ayrim deputatlar murojaatlarni yechishda sustkashlik, juratsizlik qilmoqda. Ayrim hududlarda murojaatlarni organishda deputatlar va partiya tashkilotlarining hamkorligi yaxshi yolga qoyilmagan.

Xosh, buning sababi nimada? Tuman va shahar partiya kengashlari raislari va deputatlar loqaydligi, oz ishiga masuliyatsizligi oqibatida bu holat yuzaga kelgan. Har bir tuman va shahar partiya kengashlari raislari, deputatlar Jamoatchilik qabulxonalari faoliyatining partiya hayotidagi orni, elektorat manfaatini himoya qilishdagi ahamiyatini yetarli darajada tushunib yetib, oz ishini ijobiy tomonga ozgartirishi talab etiladi.

Jamoatchilik qabulxonalari faoliyatini yanada jonlantirish, joylarda kochma qabulxonalar tashkil etish, hududlardagi ijtimoiy-iqtisodiy muammolarni organish va hal etishda partiya guruhlarining faolligi, talabchanligi oshishi zarur. Partiya kengashlari raislari «bu murojaat deputatga tushgan, uni hal etishga ozi masul», degan notogri fikrdan voz kechishi kerak.

Shuningdek, deputatlik sorovi imkoniyatidan foydalanish, bunda mutasaddi tashkilot rahbarlarining masuliyatini oshirish choralarini korishimiz lozim.

Xulosa shuki, qatiyat va talabchanlik bilan ishlasak, joylardagi muammolar hal boladi, odamlarga foydamiz tegadi.

Robiya KAZIMOVA,

OzXDP Buxoro viloyat kengashi raisi vazifasini bajaruvchi.



DB query error.
Please try later.