O'zb  
 
08.06.2017

QORAQALPOGISTONLIK YOSH SIYOSATCHILAR

O‘zXDPning «Yosh siyosatchi» korik-tanlovida koplab faol iste’dodli yoshlar kashf etilmoqda. Masalna, Qoraqalpogistonda otgan tanlovlarda ishtirok etgan Guljahon Seytnazarova bugun Ozbekiston Respublikasi Prezidenti stipendianti, Hurliman Nurjanova Ozbekiston belgisi kokrak nishoni sohibi. Perizat Urazaliyeva esa Yosh siyosatchi — 2016 Qoraqalpogiston Respublika bosqichi golibi bolgan.

Bugungi kunda partiya yoshlar qanoti birlashtirgan yigit-qizlar mamlakatda amalga oshirilayotgan islohotlarning faol ishtirokchilariga aylanmoqda. Ular jahonda yuz berayotgan siyosiy jarayonlarga, voqealarga soglom munosabatini bildirishga qodir, bilimga, dunyoqarashga ega. Bunga Yosh siyosatchi 2017 korik-tanlovining Qoraqalpogiston Respublikasi bosqichida ham yaqqol amin boldik.

Kegeyli tumanidan Navroz Nurimbetov Qoraqalpogiston sharoitida qandli diabet kasalligining oldini olish boyicha oz loyihasini taqdim etdi. Moynoq tumanidan Feruza Nurlibayevaning Biz bir oilamiz loyihasi doirasida imkoniyati cheklangan insonlarni ish bilan band bolishiga sharoit yaratish borasidagi taklif ilgari surildi.

Tanlovning ikkinchi savol-javoblar qismida ishtirokchilar bilim va zukkoligini namoyon qilishdi.

Savol-javob shartidagi savollar qiziqarli bolishi kerak, deydi Nukus shahar Kengashidagi Ozbekiston XDP guruhi azosi, hayat azosi Alisher Reymov. Yoshlarimiz qonun va kodekslar, partiyamiz dasturi, Istiqbol yoshlar qanoti faoliyati togrisida yaxshi malumotga ega ekanligini korsata oldi.

Ishtirokchilar songgi shartda notiqlik sanatini namoyish etishdi.

Yakuniy natijalarga kora, uchinchi orin Moynoq tumani vakili Feruza Nurlibayevaga, ikkinchi orin Qonlikol tumanidan Timur Muratbayev va Ellikqala tumanidan Ozoda Rozimovaga nasib qildi. Barcha bosqichlarda yuqori ball toplagan Kegeyli tumanidan Navroz Nurimbetov birinchi orinni qolga kiritdi va tanlovning mamlakat bosqichiga yollanma oldi.

Menga bildirilgan ishonchni oqlashga va yuqori orinni egallashga harakat qilaman, deydi Navroz Nurimbetov. Bunday tanlovlar biz, yoshlarning ijtimoiy-siyosiy faolligini oshirishga va istedodini yuzaga chiqarishga yordam beradi, deb oylayman.

Goliblar tashkilotchilar tomonidan esdalik sovgalari va maxsus diplomlar bilan taqdirlandi. Tanlov Nukus shahar madaniyat bolimi xodimlari ishtirokidagi konsert dasturi bilan yakunlandi.

Minajatdin QUTLIMURATOV,

Ozbekiston ovozi muxbiri.


Fikr va mulohazalar

Spam bot protection (CAPTCHA)

Songgi yangiliklar: