O'zb  
 
06.06.2017

BITIRUVCHILAR BANDLIGINI TAMINLASH

doimiy e’tiborda

Marg‘ilon shahrida Ozbekiston Xalq demokratik partiyasi Markaziy Kengashi tashabbusi bilan «Partiyaning Saylovoldi dasturi ijrosi: amaliy ishlar va mavjud muammolar» mavzusida tadbir tashkil etildi. Unda partiya tashkilotlari xodimlari, Markaziy bank Fargona viloyat boshqarmasi mutaxassislari, partiya elektorati hamda ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etdi.

Xalq bilan muloqot va inson manfaatlari yilida partiya tomonidan koplab dolzarb vazifalarga etibor qaratilmoqda. Xususan, aholining ijtimoiy himoyasini taminlash, yangi ish orinlari yaratish va kam taminlangan aholining real daromadlari miqdorini oshirish masalalari kun tartibidan orin olgan. Mazkur tadbir ham deputatlar tomonidan mahalliy davlat organlari va tashkilotlari bilan hamkorlikda yechimini kutayotgan muammolarni aniqlash va ularni bartaraf etishga komaklashish maqsadida tashkil etildi.

Margilon shahridagi yengil sanoat va turizm kasb-hunar kollejida shahardagi barcha kasb-hunar kolleji bitiruvchilari, ishsiz yoshlar ishtirokida mehnat yarmarkasi otkazildi. 40 ga yaqin tashkilot- muassasalar 400 dan ortiq ish orni bilan qatnashdi. Shuningdek, deputatlar, partiya xodimlari, shahardagi tijorat banklarining vakillari kreditlar yordamida ozining kichik biznesini yolga qoygan xonadonlarga borib, ularning ish faoliyati bilan tanishishdi.

— Margilon yengil sanoat va turizm kasb-hunar kolleji bitiruvchisiman, deydi Mohlaroy Soliyeva. Bugungi mehnat yarmarkasida menga Markaziy bank viloyat boshqarmasi tomonidan imtiyozli kredit olish uchun sertifikat berildi. Bu orzularimni royobga chiqarish uchun qoyilgan ilk qadam boldi desam, yanglishmayman. Kollejni bitirgach, bolalar uchun trikotaj mahsulotlari ishlab chiqaradigan oilaviy korxona ochmoqchiman. Bundan tashqari, milliy liboslarni tikishga moljallangan tikuvchilik sexi tashkil etib, tengdoshlarimni ish bilan taminlash niyatim ham bor. Buning uchun menda barcha imkoniyatlar yetarli.

Aholining ijtimoiy faolligini oshirish maqsadida turli tadbirlarni otkazyapmiz, deydi Ozbekiston XDP Markaziy Kengashi mutaxassisi Durbek Xudoyqulov. Elektoratimiz vakillariga qishloq xojaligi mahsulotlarini yetishtirish, chorvachilikni yolga qoyish, shuningdek, bogdorchilikni rivojlantirish uchun mikrokreditlar ajratilishiga komaklashilyapti. Bu elektorat vakillarining jamiyatning faol azosiga aylanishiga zamin yaratmoqda.

Tadbir davomida hamkor tashkilotlar vakillari bilan loyihalar yonalishida kelishuvlar amalga oshirildi va oz biznesini boshlamoqchi bolgan partiya elektorati vakillariga tijorat banklari tomonidan kredit olish uchun sertifikatlar topshirildi. Shuningdek, xalq deputatlari Margilon shahar Kengashidagi partiya guruhi oldida turgan vazifalar boyicha aniq yonalishlar belgilab olindi.

Seminar yakunida kochma Jamoatchilik qabulxonasi tashkil etildi. Elektorat vakillari turli masalalarda deputatlarga murojaat qilishdi.

Muhammadjon OBIDOV,

Ozbekiston ovozi muxbiri.



DB query error.
Please try later.