O'zb  
 
13.05.2017

ELEKTORAT VAKILLARI BILAN MULOQOT

Odamlar bilan muloqot qilish, ularning muammolarini tinglab, og‘irini yengil qilish barcha darajadagi rahbarlar va deputatlar faoliyatining ustuvor yonalishlaridan biriga aylandi. Ushbu jarayonda Ozbekiston Xalq demokratik partiyasi ham qator tashabbuslarni ilgari suryapti. Partiya Markaziy Kengashi tomonidan turli loyihalar, aksiyalar otkazilmoqda.

«Har bir insonga mehr-muruvvat korsatish burchimiz!» loyihasi doirasida imkoniyati cheklangan kishilar, ijtimoiy himoyaga ehtiyojmand xotin-qizlar holidan xabar olinib, ularni oylantirayotgan muammolarni hal etishga komaklashilmoqda. Jizzax viloyatining Zomin tumanida otkazilgan tadbirda ham elektorat vakillarining xonadonlariga borildi. Partiya Markaziy Kengashi mas’ul xodimlari, Ozbekiston Yozuvchilar uyushmasi azolari, Milliy akademik drama teatri aktyorlari, Ozbekiston Nogironlar jamiyati Jizzax viloyat hududiy bolimi, Ozbekiston Qizil Yarim Oy jamiyati Jizzax viloyat tashkiloti, Mahalla xayriya jamoat fondi, deputatlar va yana qator hamkor tashkilotlar xodimlari, partiya faollari elektorat vakillari bilan suhbatlar davomida ijtimoiy himoya bilan bogliq masalalarni organishga etibor qaratdi. Meyoriy-huquqiy hujjatlarda belgilangan imtiyozlar togrisida atroflicha tushunchalar berildi.

Koplab xonadonlarda bolyapmiz, opa-singillarimiz bilan suhbatlashyapmiz, ularning kundalik hayot tarziga guvoh bolyapmiz, deydi OzXDP Markaziy Kengashi sektor mudiri Gulshan Asatova. Uchrashuvlar davomida shunga amin boldikki, xotin-qizlarning ijtimoiy faolligi oshmoqda. Ular yurtimizda roy berayotgan ozgarishlar, olib borilayotgan islohotlar ishtirokchisiga aylanish istagi bilan yashamoqda. Aksariyat xotin-qizlarimiz bekor otirishni yoqtirmaydi. Qaysi xonadonga bormaylik, ularning biror-bir yumush bilan bandligini koryapmiz. Asosiysi, oilasiga, jamiyatga naf keltirish ishtiyoqi bilan yonmoqda.

Ana shunday insonlarga yaqin komakchi bolishimiz, ularning huquq va manfaatlarini himoya qilishimiz lozim. Ish boshlash niyatida bolgan xotin-qizlarni qollab-quvvatlab, yol-yoriq korsatishimiz kerak. Xususan, uyda otirgan ayollarni kasanachilik, oilaviy biznesga jalb qilish, pensiya, nafaqa pullarini oz vaqtida berilishini taminlash masalalarida deputatlik va jamoatchilik nazorati kuchaytirilmoqda.

Kattabog mahallasida yashovchi Marhamat va Nazokat Samiyevalar xonadonida tomorqadan unumli foydalanish, chorva boqish, bogdorchilik masalalarida suhbat boldi, deydi OzXDP Jizzax viloyat kengashi sektor mudiri Jamila Yodgorova. Murojaatlar deputatlar tomonidan yozib olindi. Navbahor mahallasida istiqomat qilayotgan 2-guruh nogironi Mavluda Rahmonova imtiyozli davolanish boyicha yordam soradi. Mazkur murojaat ham deputatlik sorovi yuborish orqali hal etiladigan boldi.

Shu kuni tashkilotchilar Kuchchi qishlogida yashovchi 92 yoshli Orozali Yoldoshovni yoqlashdi. Otaxonga nogironlik aravachasi topshirildi.

Yurtimizga koz tegmasin. Tinchligimiz, farovonligimiz abadiy bolsin, deydi Orozali ota. Hamisha ezozu etibordamiz. Mahalladoshlar, turli tashkilotlar vakillari holimdan xabar olib turishadi. Mana shu tashabbusni yolga qoyganlardan minnatdorman.

Har bir xonadon egalariga homiylar tomonidan oziq-ovqat mahsulotlari, rozgor buyumlari tarqatildi. Oilaviy tadbirkorlik, kasanachilik mehnati bilan shugullanish niyati bor fuqarolarga amaliy komak beriladigan boldi.

Shuni alohida takidlash joizki, loyiha doirasidagi tadbirlarda nogiron xotin-qizlar bandligini taminlash masalasi diqqat markazida turibdi. Mahalliy Kengash deputatlari tomonidan tegishli korxona va tashkilotlarga deputatlik sorovlari yuborilyapti. Ijtimoiy masalalar partiyamiz guruhlarida atroflicha organilmoqda, takliflar tayyorlanmoqda. Muammolarni sessiyalar muhokamasiga olib chiqish rejalashtirilgan.

Kunning ikkinchi yarmida tashkilotchilar tumandagi Muruvvat nogiron ayollar uyiga borishdi va u yerdagi opa-singillar bilan suhbatlashishdi. Ular uchun yaratilgan sharoitlar bilan yaqindan tanishishdi.

Bu yerda 322 nafar nogiron ayol yashaydi, deydi Muruvvat nogiron ayollar internat uyi rahbari Nishonboy Fozilov. Ularga 6 nafar malakali shifokor, 80 nafar tarbiyachi, 25 nafar hamshira xizmat korsatadi. Davlatimiz tomonidan ayollarning yashashi, oziq-ovqatlar bilan taminlanishi uchun barcha sharoit yaratilgan. Homiylar tomonidan turli konsert dasturlari, madaniy-marifiy tadbirlar otkazib turiladi.

Shu kuni muruvvat uyida sanatkorlar ishtirokida konsert dasturi namoyish etildi.

Zilola UBAYDULLAYEVA,

Ozbekiston ovozi muxbiri.



DB query error.
Please try later.