O'zb  
 

Oxirgi sonda



Ko'p o'qilgan maqolalar



Dolzarb mavzu



Maqolalar arxivi

«    Avgust 2017   
Du Se Cho Pa Ju Sha Ya
31 1 2 3 4 5 6
7 8 9 10 11 12 13
14 15 16 17 18 19 20
21 22 23 24 25 26 27
28 29 30 31 1 2 3
10.05.2017

TINCHLIK UCHUN KURASHGANLAR

hech qachon unutilmaydi

O‘zXDP a’zolari, bir guruh kongilli yoshlar Ikkinchi jahon urushi qatnashchilarini bayram bilan tabriklash maqsadida xonadonlarga borishini eshitib, biz ham ularga hamroh boldik.

YoldaOzXDP Toshkent shahar kengashi raisi Haydar Boboxonovbilan suhbatlashib ketdik.

— Chilonzor tumanida umrguzaronlik qilayotgan 20 nafar urush qatnashchisi hamda mehnat faxriylarining xonadonida bolamiz, deydi u. Biz ularni tez-tez yoqlab turishga harakat qilamiz. Kongilli, tashabbuskor oquvchi-yoshlar, partiya faollari nuroniylarning urush xotiralarini diqqat bilan tinglashadi va har gal ozlariga kerakli xulosalarni chiqarib olishadi. Bugun ham xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashi deputatlari, Chilonzor tuman kengashi faollari va Chilonzor tuman avtomobil yollari kasb-hunar kolleji oqituvchi va oquvchilari hamrohlik qilishmoqda.

Dastlab Charx Komolon-3 mahallasida istiqomat qilayotgan, urush yillarida hamshira bolib xizmat qilganQumri Usmonovaning uyiga kirdik. Yuzidan nur yogilib turgan onaxon oz xotiralarini hayajon bilan sozlab berdi.

Otam urushga ketib qaytib kelmadi, deydi u. Onam 28 yoshida beva bolib qoldi. Besh bola yetimlikda voyaga yetdik. Eslasam, hali-hamon etim junjikadi. Onam kunduzi hamshiralik qilar, kechalari tikuvchilik qilardi. Onamga yordam bolishi uchun men ham hamshiralik qila boshladim. U kunlarni eslashning ozi dahshat. Kimningdir qoli yoq, yana kimlardir oyogini urushda qoldirib kelgan. Dori-darmon taqchil, qorni toyib ovqat yeya olmagan yaradorlarning ogriqdan ingraganlari quloqlarim ostidan haligacha ketmaydi. Ularning har birining oz tarixi, yoliga koz tikkan yaqinlari bor edi. Nogiron bolib qolgach, meni oilamga halok boldi, deb ayting, deganlar ham boldi. Bir yaradorning sozlari hech yodimdan chiqmaydi. Ikki qolidan ayrilgan yosh yigit iltimos qildi. Bir umr menga qarab ezilgandan kora, bir marta kuyishsin. Urushda halok boldi, deb xat yozib bering, dedi...

Urush yillarida har bir ayol tinchlik uchun, bolalari kelajagi uchun kurashdi.

Shu kuni partiya faollari va yigit-qizlar bilan birgalikda Lyubov Ivanova, Murodxoja Ishonxodjayev, Shahlo Tolaganova xonadonlarida ham boldik. Shundan song Toshkent shahar Kengashi deputati Jasur Qulmuhammedov bizni Xotira va qadrlash kuni munosabati bilan otkazilayotgan kollejdagi tadbirga taklif etdi.

Xotira va qadrlash kuni munosabati bilan otkazilayotgan tadbirlar chogida shunga amin boldikki, yurt uchun, xalq uchun xizmat qilgan, hayotini bagishlaganlar hech qachon unutilmaydi.

Mahliyo ALIQULOVA



DB query error.
Please try later.