O'zb  
 

Oxirgi sonda



Ko'p o'qilgan maqolalar



Dolzarb mavzu



Maqolalar arxivi

«    Iyul 2017   
Du Se Cho Pa Ju Sha Ya
26 27 28 29 30 1 2
3 4 5 6 7 8 9
10 11 12 13 14 15 16
17 18 19 20 21 22 23
24 25 26 27 28 29 30
31 1 2 3 4 5 6
10.05.2017

QAHRAMONLIK, BURCH VA FIDOYILIK

Xotira va qadrlash kuni munosabati bilan O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasi tashkilotlari mamlakatimizning barcha hududlarida keng qamrovli tadbirlar otkazmoqda

OzXDP Markaziy Kengashi xodimlari 4 may kuni erta tongdanoq poytaxtimizning Yakkasaroy tumani tomon yol olishdi. Birinchi bolib, Qizilqum mavzesida yashovchi Ikkinchi jahon urushi qatnashchisi, 99 yoshli Isroil ota Ayxodjayev xonadoniga borishdi.

Uchrashuv chogida urush insoniyat boshiga keltirgan kulfatlar, tinchlikning qadri, bugungi farovon kunlar haqida suhbat boldi. Otaxon davlatimiz tomonidan Ikkinchi jahon urushi qatnashchilariga korsatilayotgan e’tibor va gamxorliklardan minnatdor bolib gapirdi.

— Urushga ketganimda juda yosh edim. Tengqurlarim ham endigina maktabni bitirgan 18-19 yoshdagi yigitlar edi, dedi kozida yosh bilan otaxon. Ularning har biri urushdan sog-omon qaytgach, oqishni davom ettirish, oila qurishni orzu qilardi. Bugun orzularini gapirgan dosting ertasi kuni jang paytida olov ichida qolib ketardi. Yoki yonginangda oqqa uchrab, halok bolardi. Bularni korish azob, dahshat edi...

Ha, Ikkinchi jahon urushining xalqimiz hayotida qoldirgan ogir asorati yillar otsa ham, hech qachon unutilmaydi. Urushda yurtimizning 1,5 million aholisi ishtirok etgan. Qariyb 500 ming nafari halok bolgan. Demak, qanchadan-qancha onalar farzandidan ayrilgan, qancha kelinchaklar beva, minglab bolalar yetim qolgan, deya otaxonning fikrlarini qollab-quvvatladi OzXDP Markaziy Kengashi OAV bilan ishlash va targibot-tashviqot guruhi rahbari Gulruh Toshmatova.

Togri aytayapsan, qizim, dedi otaxon. Urushda hammaning konglida «qani edi vatanimni, oila azolarimni bir bora korsam edi», degan istak bolardi. Urush tugagach, dostimning onasiga nima deyman, qoshnimga bolangiz halok boldi, deb qanday aytaman?, degan azobli savol bilan uyga qaytdik. Urushda halok bolgan oshna-ogaynilarimning xotirasi bir umr yuragimda yashadi. Ular bilan suhbatlarimiz, qilgan orzularimizni eslamagan kunimning ozi yoq...

Partiya faollari Isroil bobo bilan uzoq suhbat qurishdi. Bobo bugungi dorilomon kunlarga shukrona aytdi, Vatani, xalqi ezozida ekanligidan mamnunligini bildirdi. Tinchligimizga koz tegmasin, deya duo qildi.

Otaxon, biz sizlarning oldingizda doim qarzdormiz, dedi OzXDP Markaziy Kengashi raisi orinbosari Ulugbek Vafoyev. Sizlarning jasoratingiz, qahramonliklaringiz tufayli insoniyat fashizm balosidan ozod etildi. Sizlar uzoq olkalarda jang qilib, qon tokib, fashizmni yurtimizga yolatmadingizlar. Sizlar korsatgan qahramonliklar hech qachon unutilmaydi. Umringiz uzoq bolsin.

Keyingi manzil tumandagi Babayev kochasida istiqomat qiluvchi frontorti mehnat faxriysi Tatyana Yerinchuk xonadoni boldi. Onaxon yuzida tabassum bilan partiyamiz faollarini kutib oldi.

Xotira va qadrlash kuni munosabati bilan sizdan bir hol-ahvol sorab ketaylik, deb keldik, dedi OzXDP Markaziy Kengashi xotin-qizlarning Ijtimoiy-siyosiy faolligini oshirish sektori mudiri Gulshan Asatova.

Xush kelibsizlar, boshim osmonga yetdi, deya uyiga taklif qildi onaxon.

Samimiy, dildan suhbat boshlandi. Onaxon urush yillarini xotirladi.

Galaba uchun, deb tunu kun mehnat qilardik, dedi u. Odamlarimiz ozi yemay, kiymay, borini yigib-terib, urushga jonatardi. Biz 15-16 soatlab ishlardik. Aksariyat erkaklar urushga ketgani uchun biz xotin-qizlar barcha ogir ishlarni qilardik... Shukrki, u zamonlar ortda qoldi. Hozir elimiz ardogida yashayapmiz. Holimizdan qoni-qoshniyu mahalla-koy, hokimiyat doimo xabardor. Mana, bugun sizlar kelib turibsiz. Tilagim shuki, yurtimizdagi tinchlik-omonlik, farovonlik barqaror bolsin.

Ikkinchi jahon urushi qatnashchisi, 1922 yilda tugilgan Anna Staxova Olmazor tumani Usta Shirin kochasida yashaydi. Partiya faollari bilan onaxonning xonadoniga kirib borganimizda u gullarini parvarishlayotgan ekan.

Gul ostirish mening sevimli mashgulotim, dedi onaxon biz bilan suhbatda. Ularga qarab, kuch-quvvat olaman-da.

Onaxon urush yillarida korgan-kechirganlarini bizga aytib berdi.

Yoshligimni xotirlasam, koz oldimga urush yillari keladi. Ayni oynab-kuladigan, shijoatga, gayratga tolgan chogimiz urush davriga togri keldi. Odamlarda halovat yoqolgan, bir burda nonga zor edik. Urushda qanchalab dahshatli voqealarni kordik. Yosh yigitlar nobud bolib ketdi. Bularni eslasam, bugungi kunlarimizni kozimizga surtish kerak, deb oylayman. Osha ortda qolgan ogir kunlarimizdan xulosa chiqarib, farzandlarimga, nevaralarimga Tinchlikning qadriga yetinglar, bugungi kunlarga shukr qilinglar, deya uqtiraman.

Olmazor tumani Shifonur kochasida yashovchi Vera Sharipova ham Ikkinchi jahon urushida qatnashgan. U urush yillarida boshidan kechirgan ogir kunlar haqida bizga sozlab berdi.

Shu kuni Ikkinchi jahon urushi qatnashchilari va frontorti mehnat faxriylariga partiyamizning esdalik sovgalari taqdim qilindi.

Keksalarimiz bilan suhbatdan song bir xulosaga keldik: Insoniyatga mislsiz yoqotishlar, talafot va musibatlar olib kelgan bu urushni unutishga hech kimning haqqi yoq. Tinchlikni koz-qorachigidek asrash barchamizning burchimizdir.

Laziza SHEROVA,

Ozbekiston ovozi muxbiri.



DB query error.
Please try later.