O'zb  
 

Oxirgi sonda



Ko'p o'qilgan maqolalar



Dolzarb mavzu



Maqolalar arxivi

«    Avgust 2017   
Du Se Cho Pa Ju Sha Ya
31 1 2 3 4 5 6
7 8 9 10 11 12 13
14 15 16 17 18 19 20
21 22 23 24 25 26 27
28 29 30 31 1 2 3
07.05.2017

XORAZMLIK KATYUSHA MOMO

O‘zbekiston XDP Xorazm viloyat kengashi Xotin-qizlarning ijtimoiy-siyosiy faolligini oshirish sektori, Bogot tuman partiya kengashi faollari va deputatlari «Mirishkor» qishlogining Qashqarlar mahallasida istiqomat qilayotgan Ikkinchi jahon urushi qatnashchisi Yekaterina Larbukina xonadonida bolishdi.

Yekaterina Larbukinani qishloqdoshlari erkalatib Katyusha momo deb chaqirishar ekan.

Urush paytida korgan-kechirganlarini hikoya qilayotib, uning kozlariga yosh qalqiydi.

— Men va 5 nafar dugonamni urushga olib ketishganida 16 yoshda edik, deya gap boshladi u. Parashyutda tushish mashqlari paytida mening yuragim pand bergani sababli, radioaloqa sohasiga olishdi. Dugonalarim esa tayyorgarlikdan keyin birinchi topshiriqlarni bajarishga ketib, qaytib kelishmadi. Men to Berlingacha bordim.

Nihoyat urush tugab, Moskva yaqinidagi uyimga qaytib keldim. Janglarda korgan-kechirganlarim koz oldimdan ketmay, kechalari uxlay olmay, azoblanib chiqardim. Bularning barchasini biroz bolsa-da unutish, chalgish maqsadida 1946 yilda institutga oqishga kirdim.

Taqdir taqozosi bilan Ozbekistonga kelin bolib tushdim. Turmush ortogim bilan 1955 yilda shu yerga, ya’ni tumanimizdagi hozirgi Mirishkor qishlogiga kochib keldik.

7 nafar farzand kordik. 1994 yilda turmush ortogim Odamboy Otamurodov va undan keyin qizim Natasha olamdan otdi. Bu meni qattiq iztirobga soldi. Hozirgi kunda 11 nafar nabiraning sevimli buvijonisiman.

Bugungi tinch va farovon hayotimizga koz tegmasin. Biz shunday kunlarda yashashni orzu qilgan edik. Mana, Yaratgan nasib etgan ekan, oziga shukr, deya soziga yakun yasadi Katyusha momo.

Partiyamiz aholining ijtimoiy himoyaga ehtiyojmand, kam daromadli qatlami, keksalar, pensionerlar manfaatlarini himoya qiladi, dedi OzXDP Bogot tuman kengashi raisi Ikrom Yusupov. Partiyamiz ana shunday tadbirlar orqali ham oz elektoratini moddiy va manaviy qollab-quvvatlashga intiladi. Bugungi yoqlov tadbirimiz ham bevosita ana shu maqsadda tashkil etilgan.

Hozirda Xorazm viloyatida 85 nafar Ikkinchi jahon urushi qatnashchisi istiqomat qilmoqda, dedi xalq deputatlari Bogot tuman Kengashidagi OzXDP guruhi azosi Hanifa Matkarimova. Joylarda partiyamiz tomonidan tashkil etilayotgan tadbirlarda ularning hammasi ham ishtirok eta olmayapti. Shu sabab alohida parvarishga muhtoj faxriylarimizning uylariga borib, tabriklab keldik. Farzandlari, nabiralari qurshovida keksalik gashtini surayotgan nuroniylar yuz-kozidagi shukronalikni hech narsaga qiyoslab bolmaydi. Biz ularni nafaqat mana shunday bayram kunlarida, balki har doim ardoqlab, hurmat-izzatini joyiga qoyishimiz zarur.

Ozoda KULIMOVA,

Ozbekiston XDP Xorazm viloyat kengashi sektor mudiri.



DB query error.
Please try later.