O'zb  
 

Oxirgi sonda



Ko'p o'qilgan maqolalar



Dolzarb mavzu



Maqolalar arxivi

«    Avgust 2017   
Du Se Cho Pa Ju Sha Ya
31 1 2 3 4 5 6
7 8 9 10 11 12 13
14 15 16 17 18 19 20
21 22 23 24 25 26 27
28 29 30 31 1 2 3
07.05.2017

ELEKTORAT VAKILLARINING ISHONCH VA TAYANCH MASKANI

O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasi qoshidagi Jamoatchilik qabulxonalari aholi muammolarini organishning samarali mexanizmiga aylanganiga ancha boldi. Ammo shiddat bilan ildamlab borayotgan hayot qabulxonalar ishini tubdan takomillashtirishni taqozo etmoqda. Surxondaryo viloyatida ham bu borada bir qator ishlar amalga oshirilyapti.

— 2017 yilning Xalq bilan muloqot va inson manfaatlari yili, deb e’lon qilinishi aholining ijtimoiy yordamga ehtiyojmand qatlami manfaatini himoya etish goyasini ilgari surayotgan partiyamiz zimmasiga ham katta masuliyat yuklaydi, deydi OzXDP Shorchi tuman kengashi raisi Botir Rajabov. Tumanimizda partiyamizning 2500 nafarga yaqin azosi, 41 boshlangich tashkiloti bor. Partiyamizdan saylangan 10 nafar deputat faollar bilan hamkorlikda Jamoatchilik qabulxonalariga bolayotgan murojaatlarga yechim topishning yangicha usullaridan foydalanishga harakat qilmoqda. Xususan, joylarda kochma Jamoatchilik qabulxonalari tashkil etilyapti. Unda deputatlar, huquqshunoslar ishtirok etyapti. Bu orqali xalqqa yaqin bolish, aholini oylantirayotgan muammolarni erta aniqlash imkoni ortmoqda.

Qabulxonalarga bolayotgan murojaatlardan malum bolishicha, odamlarni kommunal xizmat, sogliqni saqlash, talim tizimidagi kamchiliklar koproq tashvishga solmoqda.

Jamoatchilik qabulxonasi shaxsan menga ham yordam bergan, deydi «Baxtlitepa» mahallasidan Nurullo Xolboyev. Oilada on kishimiz. 2009 yilda xonadonimizni tabiiy gaz tarmogidan uzdirdim. Holat yuzasidan 2009 yilning 8 avgustida mutasaddilar ishtirokida dalolatnoma ham tuzilgan.

2017 yilning boshlarida Shorchitumangaz filiali tomonidan 1 million som qarzimiz borligi haqida xabar keldi. Shuning uchun bizga suyultirilgan gaz balloni berilmas ekan. Masala yuzasidan filial mansabdorlariga bir necha marta uchrashdim. Ular bugun hal boladi, ertaga keling, degan bahonalar bilan ancha ovora qilishdi.

Shundan keyin OzXDP Shorchi tuman kengashida tashkil qilingan Jamoatchilik qabulxonasiga bordim. Kop otmay tabiiy gaz tolovidan qarzimiz yoqligi aniqlandi va gaz balloni berildi.

Ayrim mahalliy rahbarlarda hamon loqaydlik kuzatilmoqda, deydi Bobur mahallasidan Nasiba Ochildiyeva. Buni tabiiy gaz va elektr energiyasi tizimida uchrayotgan suniy tosiqlarda yaqqol korish mumkin. Tabiiy gazdan qarzimiz yoqligi haqida malumotnoma kerak bolib qoldi. Xullas, bir oyga yaqin Shorchitumangaz filialidan hujjat ololmadim. Jamoatchilik qabulxonasiga murojaat qilganimdan keyin masala ijobiy yechim topdi.

Jamoatchilik qabulxonasida har bir murojaat tezkorlik bilan hal qilinar ekan, deydi Oqqorgon mahallasidan Qizlarxon Hotamova. 2016 yilning sentabr oyidan viloyat kozi ojiz va zaif koruvchi bolalar maktab- internatida farrosh bolib ishlay boshladim. Joriy yilning yanvariga qadar maosh berishmadi. Masala yuzasidan bir necha marta rahbariyatga uchrashdim. Ammo foydasi bolmadi.

Jamoatchilik qabulxonasiga bordim. Deputatlar hamda partiya faollari komagi bilan oylik maoshim toliq undirib berildi. Bundan oila azolarimiz ham xursand boldi...

Elektorat vakillarini qollab-quvvatlash, ularning dardini tinglash va muammolariga yechim topishda partiyamiz mutasaddi tashkilotlar bilan mustahkam aloqa ornatgan. Joriy yilning otgan davrida Kakan va Qoshtegirmon mahallasida tashkil etilgan kochma Jamoatchilik qabulxonasi tufayli onga yaqin muammo joyida bartaraf etildi.

Shu bilan birga, qabulxonalarga murojaat qilganlarga kasanachilikni rivojlantirish, qishloqqa sanoatni olib kirish, xotin-qizlar va yoshlarni ish bilan taminlash borasida huquqiy maslahat va amaliy yordam korsatilmoqda.

Abdumalik HAYDAROV,

Ozbekiston ovozi muxbiri.



DB query error.
Please try later.