O'zb  
 
07.05.2017

XOTIRA BOQIYDIR, QADR MUQADDAS

Mo‘min ota Hayitqulovning yoshligi Ikkinchi jahon urushining suronli yillariga togri keldi. 17 yoshida urushga ketib, Ukrainadan Berlin ostonasigacha bolgan janglarda qatnashgan. Bugun farzandlari ardogidagi otaxon keksalik gashtini surmoqda. Ozbekiston XDP Toshkent viloyat hamda Ohangaron tuman kengashlari faollari bayram arafasida uning xonadoniga tashrif buyurishdi.

— Doimo davlatimiz, xalqimiz e’tiborida ekanimizdan juda xursandman, deydi otaxon. Pensiyamiz yetarli, sharoitlarimiz yaxshi. Shunday bolsa-da, kuni kecha Prezidentimiz qarori asosida ikki million som pul mukofotini oldik. Menga korsatilayotgan hurmat-izzatdan farzandlarimning ham quvonchi cheksiz. Hamisha yurtimiz tinch, osmonimiz musaffo bolsin.

«Xotira boqiydir, qadr muqaddas» mavzusidagi tadbirda bunday tilak va istaklar bot-bot takrorlanib turdi. Bir piyola choy ustida tumandagi Urush va mehnat faxriylari diydorlashdi.

Tadbirda soz olganlar yurtimizda inson qadri uluglanayotgani, ijtimoiy islohotlar natijasida fuqarolarning turmush sharoitlari yaxshilanib borayotganini alohida etirof etishdi.

Shu kuni partiya faollari tadbirda ishtirok etolmagan Qoraxitoy mahallasida yashovchi Abdurahim ota Qochqorov va Galima aya Toraxonova xonadoniga borib, ularni bayram bilan tabriklab, sovgalar topshirishdi.

Sherali QUTLIMURODOV,

Ozbekiston XDP Toshkent viloyat kengashi raisi orinbosari.



DB query error.
Please try later.