O'zb  
 
18.03.2017

HAR BIR INSONGA MEHR-MURUVVAT KORSATISH BURCHIMIZ!

Aholini ijtimoiy muhofaza qilishni yanada kuchaytirish, ayniqsa, jismoniy imkoniyati cheklangan shaxslarga zarur sharoitlar yaratib berish dolzarb ahamiyat kasb etadi.

O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasi Saylovoldi dasturida ham bu borada qator vazifalar belgilangan. Xususan, xotin-qizlarni oylantirayotgan muammolar yechimiga komaklashish, ular uchun barqaror ish orinlari yaratish masalalariga alohida e’tibor qaratilgan.

Mazkur vazifalar ijrosini taminlash maqsadida Ozbekiston XDP Markaziy Kengashi Xotin-qizlarning ijtimoiy-siyosiy faolligini oshirish sektori tomonidan «Har bir insonga mehr-muruvvat korsatish – burchimiz!» deb nomlangan yangi loyiha ishlab chiqildi.

Loyihadan kozlangan maqsad, uni amalga oshirish doirasida otkaziladigan tadbirlar va kutilayotgan natijalar xususida partiya faollarining fikrlari bilan qiziqdik.

Gulshan ASATOVA, Ozbekiston XDP Markaziy Kengashi sektor mudiri:

— Birinchi navbatda, nogiron ayollar holidan xabar olish, ularni oylantirayotgan muammolarni hal etishga komaklashish masalalariga etibor qaratamiz.

Imkoniyati cheklangan xotin-qizlarning oz huquq va erkinliklarini royobga chiqarishi uchun qulay sharoitlar yaratilishi muhim ahamiyatga ega. Bu ularga ijtimoiy-iqtisodiy va siyosiy hayotda faol qatnashish imkonini beradi.

Loyiha doirasida dastlab hududlardan nogiron ayollar togrisidagi malumotlar olinadi. Shu asosda ishchi guruh ularning holidan xabar oladi. Ochiq muloqotlar davomida ularni oylantirayotgan muammolar, qiziqtirayotgan masalalar organiladi. Ishchi guruh ayollarning yashash sharoiti, davlat tomonidan belgilangan imtiyozlardan qay darajada foydalanayotgani togrisida batafsil malumot tayyorlab, partiyaning tuman, shahar kengashiga taqdim etadi.

Sanam JUMAMUROTOVA, Ozbekiston XDP Qoraqalpogiston Respublika kengashi sektor mudiri:

Biz yangi loyihamizni inson manfaati hamma narsadan ustun degan goya asosida amalga oshiramiz. Avvalo, shuni aytish kerakki, imkoniyati cheklangan kishilar jamiyatda munosib orin topishi uchun zarur sharoitlar yaratilmoqda. Bu borada huquqiy hujjatlar qabul qilinib, ularning ijrosi boyicha amaliy ishlar olib borilyapti.

Xususan, yangi tahrirda qabul qilingan nogironlarni ijtimoiy himoya qilish togrisidagi qonunga asosan, yagona huquqiy baza yaratildi. Ularga turli sohalarda qator imtiyozlar belgilab berildi. Bu imtiyozlardan samarali foydalanish dolzarb ahamiyat kasb etadi.

Shuning uchun loyiha doirasida qonunlar ijrosi qay darajada bajarilayotgani organiladi. Shuningdek, nogironlar ijtimoiy himoyasi, ularni qollab-quvvatlash borasida olib borilayotgan ishlar, ular uchun qonunlarda belgilangan imtiyozlar togrisida tushunchalar beriladi.

Jamila SHUKURALIYEVA, Ozbekiston XDP Jizzax viloyat kengashi sektor mudiri:

Jismoniy imkoniyati cheklangan bolishiga qaramasdan, biror bir mehnat turi bilan shugullanayotgan, oz mustaqil ishini boshlash istagida yurgan xotin-qizlar oz emas. Ammo ularning hammasi ham faoliyatini dadil boshlay olmaydi. Huquqiy maslahatga, qollab-quvvatlashga ehtiyoj sezadi. Loyiha doirasida otkaziladigan tadbirlar orqali bu borada xotin-qizlarga yaqin komakchi bolishni niyat qilganmiz.

Deputatlar, hamkor tashkilotlar yordamida muammolarga yechim topiladi. Oilaviy tadbirkorlik bilan shugullanish imkoniyati bor ayollarga kredit olishida, qolida hunari bor opa-singillarimizni kasanachilik asosida ishga joylashtirishda va boshqa zarur ehtiyojlarini taminlashda amaliy yordam beriladi.

Loyiha doirasidagi tadbirlar davomida aniqlangan muammolar umumlashtirilib, joylardagi partiya guruhlariga taqdim etiladi. Bu keyinchalik ijtimoiy himoya bilan bogliq masalalarni doimiy komissiya yoki sessiyalar muhokamasiga olib chiqishga asos boladi.

Gulruh ODASHBOYEVA,

Ozbekiston ovozi muxbiri.


Fikr va mulohazalar

Spam bot protection (CAPTCHA)

Songgi yangiliklar: