O'zb  
 

Oxirgi sonda



Ko'p o'qilgan maqolalar



Dolzarb mavzu



Maqolalar arxivi

«    Oktabr 2017   
Du Se Cho Pa Ju Sha Ya
25 26 27 28 29 30 1
2 3 4 5 6 7 8
9 10 11 12 13 14 15
16 17 18 19 20 21 22
23 24 25 26 27 28 29
30 31 1 2 3 4 5
18.03.2017

DEPUTAT VA YOSHLAR LOYIHASI DAVOM ETMOQDA

O‘zbekiston XDP Jizzax viloyat kengashi «Istiqbol» yoshlar qanoti tomonidan Deputat va yoshlar loyihasi doirasida tashkil etilgan navbatdagi davra suhbatida deputatlar, partiya faollari, talabalar hamda oquvchilar ishtirok etdi. Unda mamlakatimizda amalga oshirilayotgan yoshlarga oid davlat siyosatining mazmun-mohiyati haqida soz bordi. Joylarda yoshlar bilan otkazilayotgan uchrashuv va muloqotlarning samaradorligini oshirish kerakligi ta’kidlandi. Yigit-qizlarni oylantirayotgan muammolarni organishda Istiqbol yoshlar qanoti faollarining ishtirokini taminlash masalasi atroflicha muhokama etildi.

Takidlash kerakki, Yosh siyosatchilar klubi faollari mahalliy Kengashlar deputatlari bilan hamkorlikda hududlardagi muammolarni, ularning kelib chiqish sabablarini izchil organib, oz takliflari bilan chiqmoqda. Ana shu tajribadan keng foydalanish, deputatlar va yoshlar hamkorligini mustahkamlash muhim masala ekani qayd etildi.

Tadbirda deputatlar yoshlarning fikr-mulohazalari, ularni oylantirayotgan masalalar va muammolar bilan yaqindan tanishdi.

Jizzax shahar huquqshunoslik kolleji oquvchisi Xumora Ortiqova kollej kutubxonasida oquvchilar uchun adabiyotlar, badiiy kitoblar sonini yanada oshirish zarurligini aytib otdi.

Jizzax pedagogika kollejining manaviy-marifiy ishlar boyicha direktor orinbosari Inoyat Donisheva kollejdagi davomat masalasini kotardi.

Oqituvchi Gulnoza Pochchayeva oqishga kelmayotgan oquvchilar ota-onalarining masuliyati va shaxsiy javobgarligini yanada oshirish zarurligini qayd etdi.

Deputatlar har bir masalani nazorat-tahlil tartibida organib, ularning yechimini topish boyicha tegishli choralar belgilanishini malum qilishdi.

Akbar MAMUROV,

Ozbekiston XDP Jizzax shahar kengashi raisi orinbosari.



DB query error.
Please try later.