O'zb  
 

Oxirgi sonda



Ko'p o'qilgan maqolalar



Dolzarb mavzu



Maqolalar arxivi

«    Oktabr 2017   
Du Se Cho Pa Ju Sha Ya
25 26 27 28 29 30 1
2 3 4 5 6 7 8
9 10 11 12 13 14 15
16 17 18 19 20 21 22
23 24 25 26 27 28 29
30 31 1 2 3 4 5
16.03.2017

MUSTAHKAM OILA JAMIYAT TAYANCHI

O‘zbekiston XDP Fargona viloyat kengashi Xotin-qizlarning ijtimoiy-siyosiy faolligini oshirish sektori Fargona shahridagi 28-umumta’lim maktabida oilalar mustahkamligini taminlash, ota-onalar masuliyatini kuchaytirish masalasiga bagishlangan tadbir tashkil etdi. Unda deputatlar, viloyat va shahar partiya kengashlari masul xodimlari, «Mahalla» xayriya jamoat fondi viloyat bolimi, ichki ishlar boshqarmasi, viloyat xalq talimi xodimlarini qayta tayyorlash va malakasini oshirish instituti oqituvchilari ishtirok etdi.

Dastlab viloyat partiya kengashi raisi, xalq deputatlari Fargona viloyat Kengashi deputati Dilbarxon Mamadjonova xotin-qizlarning oila hamda jamiyatdagi nufuzini oshirish masalasida soz yuritdi. Partiya dasturida bu borada qator vazifalar belgilanganini takidladi. Xususan, farzand tarbiyasida oilaning masuliyatini yanada kuchaytirish, opa-singillarimizning bandligini taminlash, bu boradagi loyihalar, aksiyalar va tadbirlarni kopaytirish zarurligi qayd etildi.

Mahalla xayriya jamoat fondi viloyat bolimi bosh mutaxassisi Diloromxon Gofurova oilalarni ijtimoiy qollab-quvvatlash, ajrimlarning oldini olish, jamiyatda ahillik va totuvlikni taminlash borasidagi ishlar xususida malumot berdi. Kelgusida ushbu yonalishdagi faoliyatni yanada kuchaytirish dolzarb masala ekanini qayd etdi. Bunda hamkor tashkilotlar, xususan, siyosiy partiyalar bilan davra suhbatlari otkazish, uyma-uy yurib, xotin-qizlarning qiziqishlari, ularni oylantirayotgan muammolarni organish yaxshi samara berishini takidladi.

Shuningdek, tadbirda ichki ishlar boshqarmasi huquqbuzarliklarning oldini olish boshqarmasi inspektori mayor Dilshodaxon Umaraliyeva, viloyat xalq talimi xodimlarini qayta tayyorlash va malakasini oshirish instituti oqituvchisi, psixolog Shahnozaxon Rustamova oilalarda soglom muhitni shakllantirish mavzusida oz fikr-mulohazalirini bildirishdi.

Huquqiy bilimni oshirish, xotin-qizlarni jamiyatning faol azosiga aylantirish boyicha taklif va tavsiyalar ishlab chiqildi.

Feruza YULDASHEVA,

OzXDP Fargona viloyat kengashi sektor mudiri.



DB query error.
Please try later.