O'zb  
 

Oxirgi sonda



Ko'p o'qilgan maqolalar



Dolzarb mavzu



Maqolalar arxivi

«    Iyun 2017   
Du Se Cho Pa Ju Sha Ya
29 30 31 1 2 3 4
5 6 7 8 9 10 11
12 13 14 15 16 17 18
19 20 21 22 23 24 25
26 27 28 29 30 1 2
14.03.2017

ELEKTORAT VAKILLARI BILAN MULOQOT

muammolar yechimiga xizmat qiladi

O‘zbekiston XDP Markaziy Kengashi tomonidan Harakatlar strategiyasi, «Xalq bilan muloqot va inson manfaatlari yili» Davlat dasturining ustuvor yonalishlaridan kelib chiqib, partiya tashkilotlari hamda deputatlik birlashmalari faoliyatini kuchaytirish maqsadida oquv-seminarlar otkazilmoqda. Ana shunday anjumanlardan biri poytaxtimizning Yunusobod tumanida tashkil etildi.

Partiya Saylovoldi dasturi: mavjud muammolar va ularning yechimi mavzusida bolib otgan oquvda Oliy Majlis Qonunchilik palatasidagi OzXDP fraksiyasi a’zolari, Markaziy Kengash va Toshkent shahar partiya kengashi masul xodimlari, deputatlar va ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etdi.

Seminarda partiya Markaziy Kengashi bolim mudiri Boymurod Yusupov elektorat manfaatlarini himoya qilish partiya dasturiy maqsad va vazifalarini hayotga tatbiq etish, partiya guruhlari hamda tashkilotlari faoliyatini kuchaytirish masalalari xususida soz yuritdi. Joylarda oz yechimini kutayotgan muammolarni organish, ularni hal etish boyicha aniq takliflar tayyorlash hamda xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashi muhokamasiga olib chiqish boyicha fikr bildirildi.

Tadbirda, shuningdek, Toshkent shahar partiya kengashi raisi Haydar Boboxonov, deputatlar hamda partiya faollari mavzu yuzasidan oz mulohazalarini bayon etdi. Xususan, partiya tashkilotlari va deputatlik guruhlari azolari ishtirokida elektorat manfaatlarini organish boyicha guruhlar tashkil etish, har bir hududdagi muammolarni organib, malumotlar bazasini yaratish kerakligi takidlandi. Partiya veb-sayti orqali parlamentda muhokama qilinayotgan qonun loyihalari yuzasidan elektorat vakillari bilan ozaro muloqot yolga qoyilishi, fuqarolar takliflarini olish mexanizmi yaratilishi muhim ahamiyatga ega.

Partiya tashkilotlari va mahalliy Kengashlardagi partiya guruhlari bilan elektron pochta orqali muloqot tizimini ornatish lozimligi qayd etildi. Jamoatchilik qabulxonalari faoliyatini tubdan takomillashtirish masalasi ham atroflicha muhokama qilindi.

Zilola UBAYDULLAYEVA,

Ozbekiston ovozi muxbiri.



DB query error.
Please try later.