O'zb  
 
11.03.2017

PARTIYA GURUHLARI FAOLIYATINI KUCHAYTIRISH DOLZARB MASALA

O‘zbekiston XDP Markaziy Kengashida partiya tashkilotlari va deputatlar faoliyatini kuchaytirishga bagishlangan oquv-seminar otkazildi. Unda Toshkent shahar va Toshkent viloyat partiya kengashlari xodimlari, boshlangich tashkilotlar yetakchilari hamda deputatlar ishtirok etdi.

Dastlab partiya Markaziy Kengashi bolim mudiri Boymurod Yusupov deputatlar oz faoliyatini bugungi kun talablari darajasida tashkil etishi kerakligini alohida ta’kidladi. Mahalliy Kengashlar sessiyalarida ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish masalalarini korib chiqish, ijro hokimiyati organlari mansabdor shaxslarining hisobotlarini eshitish mexanizmidan samarali foydalanish lozimligi qayd etildi.

— Bugun shunchaki qogoz toldirib, ish bitiraman degan deputat, partiya faoli qattiq yanglishadi. Odamlar bilan hamnafas bolib ishlasak, jamiyatda oz ornimizga ega bolamiz, dedi u. Ammo tan olish kerak, hamma deputatlarimiz ham, partiya xodimlarimiz ham ishga, oziga yuklatilgan vazifaga jon jahdi bilan kirishmagan. Elektoratni oylantirayotgan masalalarni hal etish boyicha sustkashlikka yol qoyib kelayotgan vakillarimiz ham yoq emas. Bu kabi xato va kamchiliklarni bartaraf etish, tashabbuskorlikni oshirish maqsadida zarur chora-tadbirlar belgiladik. Endilikda har bir deputat oz hududidagi hayotni chuqur organib, takliflar beradi.

Oquv-seminarda, shuningdek, ijtimoiy himoyaga ehtiyojmand kishilarga manzilli yordam korsatish, meyoriy-huquqiy hujjatlar loyihalarini jamoatchilik muhokamasidan otkazish jarayonlarida faol ishtirok etish masalalari haqida soz yuritildi.

OzXDP Markaziy Kengashi sektor mudiri Anvar Boyqulov, Toshkent viloyat partiya kengashi raisi Mehrojiddin Darxonov va boshqalar seminar mavzusiga doir fikr-mulohazalarini bildirdi. Partiya guruhlari faoliyatini kuchaytirishga qaratilgan oquv-seminarlarni tizimli ravishda otkazishga kelishib olindi.

Zilola UBAYDULLAYEVA,

«Ozbekiston ovozi» muxbiri.


Fikr va mulohazalar

Spam bot protection (CAPTCHA)

Songgi yangiliklar: