O'zb  
 
11.03.2017

HARAKATLAR STRATEGIYASI CHUQUR ORGANILMOQDA

Poytaxtimizda O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasi tomonidan 2017-2021 yillarda Ozbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yonalishi boyicha Harakatlar strategiyasini organish va uning ijrosini ta’minlash bilan bogliq dolzarb vazifalarga bagishlangan seminar bolib otdi.

— Harakatlar strategiyasidan orin olgan pensionerlar, nogironlar, yolgiz keksalar va aholi boshqa ehtiyojmand toifalarining tolaqonli hayot faoliyatini taminlash uchun ularga tibbiy-ijtimoiy yordam korsatish tizimini yanada rivojlantirish, aholi va tibbiyot muassasalarining arzon, sifatli dori vositalari bilan taminlanishini yaxshilash, dori-darmonlar narxlarining asossiz osishiga yol qoymaslik kechiktirib bolmas vazifa sanaladi, deydi xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashi deputati Muqaddas Rahmatullayeva. Biz xalq orasida yurib, oz yechimini kutayotgan muammolarni joyida hal etishga, aholi bilan koproq muloqot qilishga harakat qilmoqdamiz.

Seminarda partiya saylovoldi dasturida belgilangan dolzarb masalalarni bajarish, partiya azolari faolligini oshirish, xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashidagi partiya guruhi tomonidan davlat boshqaruvi organlari rahbarlari hisobotlarini eshitish mexanizmlari va huquqiy asoslari xususida atroflicha fikr yuritildi.

Tadbirda joylardagi partiya tashkilotlari va deputatlik guruhi azolari ishtirokida elektorat manfaatlarini organish guruhlarini tashkil etish, ular tomonidan har bir hudud boyicha aholini qiynayotgan masalalarni organib, malumotlar bazasini yaratish, partiya va fraksiya veb-saytida partiya elektorati vakillari bilan Oliy Majlis Qonunchilik palatasida muhokama qilinayotgan qonun loyihalari yuzasidan ozaro muloqotni yolga qoyish va boshqa masalalar muhokama qilindi.

A.QIYOSOVA,

OzA muxbiri.



DB query error.
Please try later.