Oxirgi sonda



Ko'p o'qilgan maqolalar



Dolzarb mavzu



Maqolalar arxivi

«    Iyul 2017   
Du Se Cho Pa Ju Sha Ya
26 27 28 29 30 1 2
3 4 5 6 7 8 9
10 11 12 13 14 15 16
17 18 19 20 21 22 23
24 25 26 27 28 29 30
31 1 2 3 4 5 6
11.03.2017

ELEKTORAT MANFAATLARI HIMOYASI

partiya tashkilotlari, deputatlardan ulkan mas’uliyat talab etadi

Joylarda keng jamoatchilik tomonidan O‘zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo‘yicha Harakatlar strategiyasi, unda belgilangan vazifalarning hayotiy ahamiyati qizg‘in o‘rganilmoqda.

O‘zbekiston XDP Qoraqalpog‘iston Respublika kengashi Ijroiya qo‘mitasining navbatdagi kengaytirilgan yig‘ilishida Harakatlar strategiyasini amalga oshirishda partiya tashkilotlari va deputatlik birlashmalari oldida turgan ustuvor vazifalar muhokama qilindi.

 

Sharap USNATDINOV, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesidagi O‘zXDP fraksiyasi a’zosi:

— Harakatlar strategiyasida mamlakatimizni jadal rivojlantirish, xalqimiz turmush farovonligini oshirish bilan bog‘liq kelgusi 5 yilga mo‘ljallangan ustuvor vazifalar belgilab berildi. Ular davlat va jamiyat qurilishini takomillashtirish, qonun ustuvorligini ta’minlash va sud-huquq tizimini yanada isloh qilish, iqtisodiyotni rivojlantirish va liberallashtirish, ijtimoiy sohani rivojlantirish, xavfsizlik, millatlararo totuvlik va diniy bag‘rikenglikni ta’minlash singari muhim yo‘nalishlardan iboratdir.

Qoraqalpog‘iston Respublikasiga 2017-2021 yillar mobaynida 8 trillion 400 milliard so‘m investitsiya kiritilishi mo‘ljallangan. Xususan, 740 million dollar hisobiga Taxiatosh IESda 2 ta bug‘ generatori quriladi. Nukus shahridagi Yernazar Olako‘z markaziy ko‘chasi kengaytirilib, transport harakati uchun yanada qulaylik yaratiladi. Yo‘l bo‘yida ko‘p qavatli uylar, savdo va maishiy xizmat ko‘rsatish shoxobchalari barpo etiladi.

Shu yilning o‘zida 30 ta ko‘p qavatli uylar, kelasi yil esa 20 ta, jami 50 ta ko‘p qavatli uylar qad ko‘taradi. Shaharda quriladigan polimer mahsulotlari zavodi yiliga 8 ming tonna polietilen truba, qadoqlash mahsulotlari ishlab chiqaradi. Zamonaviy texnologiya bilan jihozlanadigan ushbu korxonada yuzdan ortiq ish o‘rni yaratiladi. Shuningdek, Nukus aeroportini jahon standartiga mos tarzda qayta jihozlash, temir yo‘l vokzalidagi xizmat turlarini ko‘paytirish, yo‘lovchilar uchun qulayliklar yaratish mo‘ljallangan.

Bu borada partiyamiz tashkilotlari, deputatlik birlashmalari ham talabchan bo‘lishi, reja va dasturlarga kiritilgan chora-tadbirlarning o‘z vaqtida amalga oshirilishini o‘rganib borishi, ayni paytda, qat’iy pozitsiya ko‘rsatishi talab etiladi.

Maxsud SA’DULLAEV, xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashidagi O‘zXDP guruhi rahbari:

— Saylovchilar bilan uchrashuvlar va muloqot jarayonlarida bir narsaga ko‘p guvoh bo‘ldim. Prezidentimizning O‘zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo‘yicha Harakatlar strategiyasi to‘g‘risidagi farmoni xalqimiz tomonidan katta ko‘tarinkilik bilan kutib olindi. Mazkur hujjat oddiy odamlarning xohish-istaklarini o‘zida mujassam etgani bilan ham alohida ahamiyat kasb etadi.

Jumladan, unda xalq bilan muloqot qilishning samarali mexanizmlari va jamoatchilik nazoratining zamonaviy shakllarini joriy etish bo‘yicha aniq vazifalar belgilangan. Bu biz, deputatlar zimmasiga katta mas’uliyat yuklaydi.

Partiya guruhlari hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish dasturlarini chuqur tahlil etishi, ularning qay darajada samarali amalga oshirilayotganini tizimli monitoring qilishi talab etiladi. Yana bir muhim jihat. «Masalani o‘rgandim, ma’lumotlar yig‘dim», qabilida ish tutish bilan vazifani to‘liq ado etib bo‘lmaydi. Biz nafaqat hududlardagi muammolarni o‘rganishimiz, balki yechimini kutayotgan, aholini o‘ylantirayotgan masalalar yuzasidan aniq tavsiyalar ishlab chiqishimiz, davlat organlari bilan birgalikda muammolarni joyida hal etishimiz kerak bo‘ladi. Shunda ishimizda samara, natija ko‘rinadi.

Bundan tashqari, joylarda partiya elektorati orasida Harakatlar strategiyasining mazmun-mohiyatini, «Xalq bilan muloqot va inson manfaatlari yili» Davlat dasturida amalga oshirilishi belgilangan tadbirlarning ahamiyatini keng targ‘ib qilishimiz zarur. Buning uchun har bir yo‘nalish bo‘yicha tadbirlar rejasini ishlab chiqib, uning ijrosini ta’minlash choralarini ko‘rishimiz zarur.

Shuningdek, ommaviy axborot vositalari bilan aloqalarni yanada mustahkamlash, ularda Harakatlar strategiyasi va Davlat dasturining ijrosini ta’minlashda deputatlik guruhlarining ishtirokini keng yoritish bo‘yicha tahliliy materiallar berib borishimiz lozim.

Quvatboy QURBANBAYEV, O‘zXDP Nukus shahar kengashi raisi:

— Partiyamiz Markaziy Kengashi tomonidan Davlat dasturining asosiy ustuvorliklaridan kelib chiqib, bir qator muhim vazifalar belgilab berildi. Biz ularni amalga oshirishda rasmiyatchilikka yo‘l qo‘ymasligimiz, nomiga tadbir o‘tkazish bilan cheklanib qolmasligimiz kerak.

Ma’lumki, Harakatlar strategiyasi Prezidentimizning virtual qabulxonasiga kelib tushgan shikoyatlar, mutaxassislarning barcha sohalarni chuqur o‘rganishi, aholini o‘ylantirayotgan muammolarni hal etish haqidagi takliflari asosida ishlab chiqilgan. Ushbu muhim hujjatda mamlakatimizni rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha vazifalar belgilab olindi. Shunga asosan biz ham faoliyatimizni tubdan o‘zgartirishimiz va aniq amaliy harakatlarga asoslangan loyihalar ishlab chiqib, ularni hayotga tatbiq etishimiz kerak, deb o‘ylayman. Ya’ni endi ko‘proq xalqning ichiga kirib borishimiz, odamlarni qiynayotgan muammolarni o‘rganib, tahlil qilishimiz va aniq yechimga qaratilgan tadbirlarni o‘tkazishni yo‘lga qo‘yishimiz zarur. Chunki hozirgi zamon, belgilangan dolzarb vazifalar amaliy faoliyatni talab qilmoqda.

Yig‘ilishda partiya tashkilotlari va deputatlar faoliyatini tubdan takomillashtirish masalalari bo‘yicha tegishli qarorlar qabul qilindi.

 

Mnajatdin QUTLIMURATOV,

«O‘zbekiston ovozi» muxbiri.



DB query error.
Please try later.