O'zb  
 
04.03.2017

DEPUTAT BILAN BIR KUN YONMA-YON

2017 yilning Xalq bilan muloqot va inson manfaatlari yili, deb nomlanishida chuqur ma’no mujassam. Odamlar orasida yurib, bu tashabbusning naqadar hayotiy ekanini anglab yetayapmiz, kerakli xulosalar chiqaryapmiz.

Deyarli har kuni mahallalarda yuramiz. Uyda yotgan bemorlar, yolg‘iz keksalar, nogironlar va ehtiyojmand oilalar holidan muntazam xabar olamiz. Homiylar komagi bilan bayramlarda ularga sovga-salomlar ulashiladi.

Olmaliq shahriga kirib borganimizda quyosh iliq nurlarini socha boshlagandi. Shahar markaziy shifoxonasining ikkinchi qavatiga kotarildik. Bosh shifokor qabuliga kelganlar navbat kutib turishardi.

Shifoxona bosh shifokori Qizilgul Qosimova xalq deputatlari viloyat Kengashi deputati, Ozbekiston XDP guruhi azosi. Shu bois faqat tibbiy masalada emas, boshqa tashvishlar bilan ham uning qabuliga kopchilik eshik qoqib keladi. U biriga deputat, biriga shifokor, biriga dost, biriga opa-singil bolib maslahat beradi, muammolarini yechishga komaklashadi, dardini eshitadi.

Aslida bizning maqsadimiz ham deputatning aholi, saylovchilar bilan muloqoti, odamlar orasiga qanchalik kirib borayotgani, ularni oylantirayotgan masalalarga qanday yondashayotganini bilish, organish edi.

— Bugun zamon ozgarmoqda, odamlarning talabi oshib bormoqda, deydi deputat. Shunga muvofiq, bizning oldimizda turgan vazifalar, zimmamizdagi masuliyat ham katta. 2017 yilning Xalq bilan muloqot va inson manfaatlari yili, deb nomlanishida chuqur mano mujassam. Odamlar orasida yurib, bu tashabbusning naqadar hayotiy ekanini anglab yetayapmiz, kerakli xulosalar chiqaryapmiz.

Deyarli har kuni mahallalarda yuramiz. Uyda yotgan bemorlar, yolgiz keksalar, nogironlar va ehtiyojmand oilalar holidan muntazam xabar olamiz. Homiylar komagi bilan bayramlarda ularga sovga-salomlar ulashiladi.

Saylovchilaringiz, umuman, shahar aholisini koproq qanday masalalar oylantirmoqda? Muloqotlar davomida qanday muammolar bilan murojaat qilishyapti?

Hokim, parlament azolari, mutasaddi xodimlar bilan birga aholi vakillari bilan uchrashib, suhbatlashyapmiz. Har chorshanba kuni sayyor guruh hududlarga chiqyapti. Ochiq muloqotlar davomida aholini koproq bandlik masalasi oylantirayotgani malum bolmoqda. Mana, hozirgina qabulimdan chiqqan onaxon ham nevarasini ishga joylashtirish masalasida yordam sorab kelibdi.

Shahrimizda 6 kollej, bitta akademik litsey bor. Har yili mazkur talim muassasalarini minglab yoshlar bitiradi. Kasb-hunar kollejlari konchilik, ijtimoiy servis, uy-joy qurilishi, sanoat hamda tibbiyot sohalari boyicha mutaxassislar tayyorlaydi. Olmaliq kon-metallurgiya kombinati har yili ming, bir yarim ming nafar yoshlarni ishga qabul qiladi. Tibbiyot kollejini otgan yili shu hududning ozida royxatda bolgan 50 nafardan ortiq bitiruvchi tamomladi.

Kollej bitiruvchilari uchun ish orinlari yetarlimi?

Afsuski, yoq. Shuning uchun ham tibbiyot kollejlarida har yili turli yonalishlarda mutaxassislar tayyorlash maqsadga muvofiq, deb oylayman. Ehtiyojga qarab, bir yili laborantlik, boshqa yili stomatologiya hamshirasi, farmatsevtika yonalishlari ochilishi boyicha takliflar beryapmiz. Ichki yollarni tamirlash masalasi ham dolzarb masaladir. Aholidan tushgan murojaatlar asosida mutasaddilarga deputatlik sorovlari kiritilgan.

Bugun saylovchilar bilan uchrashuv belgilaganmiz. Aholi murojaatlari bilan yaqindan tanishishingiz mumkin boladi. Vaqt ham bolib qoldi, yuringlar, sizlarni ijtimoiy iqtisodiyot va servis kasb-hunar kollejiga taklif qilaman. Ochiq muloqot osha yerda bolib otadi.

Yol-yolakay deputat bilan sogliqni saqlash tizimi oldida turgan vazifalar, kelgusidagi rejalar haqida ham suhbatlashdik.

Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev belgilab bergan vazifalardan kelib chiqib, birinchi navbatda aholiga tez tibbiy yordam korsatish sifatini oshirishga etibor qaratyapmiz. Togrisi, xodimlarimizning bemorlar bilan muloqoti, kasbga fidoyiligi qattiq nazoratga olindi.

Shifoxonamizda tibbiy ijtimoiy sektor faoliyati yolga qoyilgan. 17 nafar ijtimoiy xodima yolgiz keksalar, nogironlar holidan muntazam xabar oladi. Yolgiz keksalarni bepul dori-darmonlar bilan taminlashga harakat qilyapmiz. Nogironlarga harakat tayanch buyumlari navbat bilan bepul berib boriladi.

Bizni Ozbekiston XDP Olmaliq shahar kengashi raisi Muhriddin Hamzayev kutib oldi.

Xalqning ichiga kirib, ularning dardi, muammolari, takliflarini eshitishimiz lozim, deydi u. Odamlarga qancha yaqin bolsak, ularni oylantirayotgan muammolardan xabardor bolamiz, yechimi uchun komaklashamiz. Bugun ham shu maqsadda yigildik.

Mahalla ahli, ota-onalar maktabda turli sabab va bahonalar bilan pul yigish kopaygani haqida gapirishadi, deydi «Hamza» mahalla fuqarolar yigini maslahatchisi Oltinoy Oljaboyeva. Aslida bu qanchalik togri? Maktabda oquvchilardan qanday hollarda pul yigilishi mumkin?

Yana bir etirozim tuguruqxonalarda beriladigan suyunchi pullari masalasida. Hatto ayrim tibbiyot xodimlari shuncha pul berilsin, deb talab qiladi. Royxatdan otish uchun ham pul sorashadi.

Qizim kollejni bitirdi, maktabda amaliyot otadi, deydi Zuhra Sharofiddinova. Lekin maktabga oliy malumotli kadr kerakligi aytilib, qizim ishga olinmadi. Maktab bilan uch tomonlama shartnoma ham tuzilgan. Kollejda shartnomalar nomiga tuziladimi, nega ularga amal qilinmaydi?

Kochamizdan qurilish va uy-joy xojalik kasb-hunar kolleji hamda oilaviy poliklinikaga kelish uchun ikkita transportdan foydalanamiz, deydi Yangi hayot mahallasidan Savriniso Soliyeva. Bu esa aholiga, bolalar va yosh bolali ayollarga qiyinchilik tugdirmoqda. Shu yolga bitta yonalishda transport qoyish masalasini kotarmoqchi edim.

Muloqot davomida yana boshqa masalalarda ham koplab murojaatlar boldi, hayotiy savollar berildi. Deputat savollarga javob berib, muammmolarni hal etish boyicha vazifalar belgilab oldi. Muloqotda Olmaliq shahar kengashi deputati, OzXDP guruhi azosi Mavjuda Ilyasova ham faol ishtirok etdi.

Uchrashuvdan song Qizilgul Qosimova kollejning 2-bosqich buxgalteriya guruhiga kirib bordi. Ularning oqish sharoitlari bilan tanishdi. Oquvchilarni qiziqtirgan masalalar xususida dildan suhbatlashdi.

Yaxshi oqishimiz uchun kollejimizda barcha sharoitlar bor, deydi Dilnoza Ashurboyeva. Kutubxonamizda kitoblar yetarli. Sport zalimiz ham toliq jihozlangan. Malakali ustozlardan talim olyapmiz. Bizdan esa faqat yaxshi oqish, yetuk mutaxassis bolish talab etiladi. Mening bir taklifim bor. Kollejimizda yozuvchilar, shoirlar, siyosatshunoslar bilan uchrashuvlar tez-tez otkazilsa.

Yoshlarning takliflari, fikrlarini eshitib, ularning hayotga, ertangi kunga bolgan ishonchini korib, juda quvondim, deydi deputat. Farzandlarimizning hech narsadan kam bolmay unib-osishi kelajagimiz uchun zamindir.

Keyingi manzilimiz 16-davlat maxsus maktabgacha talim muassasasi boldi. Vaqt kech bolgani uchun bogchada bolalar korinmasdi.

Deputat bu yerdagi shart-sharoit bilan yaqindan tanishib, oziq-ovqat ombori hamda haftalik taomnomani korib chiqdi. Xonalarni isitish tizimi, yotoqxona, bolalar oyinchoqlari, hamma-hammasini kozdan kechirdi.

Muassasa joriy tamirga muhtoj, deydi deputat muassasadan chiqar ekanmiz. Bu haqda albatta hokimiyatga malumot kiritamiz. Bolalar yaxshi sharoit bilan taminlanishi uchun masulmiz.

Quyosh bota boshladi. Poytaxtga qaytishimiz kerakligi uchun deputat va partiya faollari bilan xayrlashdik. Ular esa hali xonadonlarga kirishi, yolgiz keksalar va ehtiyojmand oilalar holidan xabar olishlari kerak ekan. Hamroh bololmaganimizdan afsuslandik. Lekin deputatning bir kunlik faoliyatidan konglimiz toldi.

Gulruh ODASHBOYEVA,

Ozbekiston ovozi muxbiri.


Fikr va mulohazalar

Spam bot protection (CAPTCHA)

Songgi yangiliklar: