Oxirgi sonda



Ko'p o'qilgan maqolalar



Dolzarb mavzu



Maqolalar arxivi

«    Aprel 2018   
Du Se Cho Pa Ju Sha Ya
26 27 28 29 30 31 1
2 3 4 5 6 7 8
9 10 11 12 13 14 15
16 17 18 19 20 21 22
23 24 25 26 27 28 29
30 1 2 3 4 5 6
02.03.2017

«YOSH SIYOSATCHI — 2017»

ko‘rik-tanlovi boshlandi

O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasi tomonidan o‘tkazib kelinayotgan «Yosh siyosatchi» ko‘rik-tanlovi partiya oldiga qo‘ygan maqsad va vazifalarni yoshlar orasida keng targ‘ib etish, ularning ijtimoiy-siyosiy faolligini oshirishda muhim ahamiyatga ega bo‘lmoqda.

O‘tgan yillar davomida tanlovda 102 ming nafar yigit-qiz ishtirok etgan bo‘lsa, bu yil tanlovda qatnashish istagini bildirganlar soni 20 mingdan oshdi. Bu tanlovning nufuzi tobora yuksalayotgani, yoshlar orasida ommalashib borayotganidan dalolat beradi.

2014 yildan beri tanlov boshlang‘ich partiya tashkilotlarida ham o‘tkazilmoqda. Tuman, shahar hamda viloyat bosqichlaridan so‘ng 14 nafar eng tashabbuskor, bilimli va omadli yigit-qizlar tanlovning respublika bosqichida o‘zaro kuch sinashadi.

Joriy yilning 1 martidan «Yosh siyosatchi — 2017» ko‘rik-tanlovining dastlabki, ya’ni boshlang‘ich tashkilotlar bosqichi boshlandi.

 

O‘zbekiston XDP Markaziy Kengashi

Matbuot xizmati.



DB query error.
Please try later.