O'zb  
 
10.01.2017

MAHALLIY KENGASH DEPUTATLARI

zimmasida mas’uliyatli vazifalar turibdi

Prezidentimiz Konstitutsiyamiz kuniga bag‘ishlangan tantanali marosimdagi hamda Oliy Majlis palatalarining qoshma majlisidagi maruzalarida parlament va jamoatchilik nazoratining tasirchan mexanizmlarini shakllantirish bilan bogliq aniq vazifalarni belgilab berdi. Shu asosda endilikda shahar va tumanlardagi haqiqiy ahvolni organib, tegishli rahbarlarning hisobotlarini xalq deputatlari Kengashlari sessiyasi muhokamasiga kiritish tartibi joriy etiladi. Bu esa siyosiy partiyalarning mahalliy Kengashlardagi guruhlari, har bir deputatdan katta masuliyat talab etadi.

Darhaqiqat, xalq bildirgan ishonchni oqlash, dildan muloqot qilish rahbarlik lavozimida otirgan insonlarning birinchi galdagi vazifasi sanaladi. Aslida odamlar bilan muloqot qilish, ularning dardu tashvishlarini tinglash, xalqning ichiga kirib borish va manfaatlarini taminlash deputatlar uchun ham doimiy, ustuvor masaladir.

Ozbekiston Xalq demokratik partiyasining Harakat dasturida hududlarning ijtimoiy-iqtisodiy ahvolini yaxshilash, aholi turmush darajasini oshirish bilan bogliq dolzarb vazifalar belgilangan. Viloyat, tuman va shahar Kengashlaridagi partiyamiz guruhlari ularni bajarish yuzasidan muayyan tashabbuslar bilan chiqmoqda.

— Otgan yili Harakat dasturi asosida viloyatimizda jismoniy imkoniyati cheklangan shaxslarni davlat tomonidan qollab-quvvatlash va himoya qilish borasida amalga oshirilgan ishlar organildi, dedi xalq deputatlari Sirdaryo viloyat Kengashidagi OzXDP guruhi rahbari Alisher Toshmatov. Ishni viloyatdagi jismoniy imkoniyati cheklangan shaxslarga davlat tomonidan yaratib berilgan shart-sharoitlarni organishdan boshladik. Ularning manfaatlarini himoya qilish, har tomonlama qollab-quvvatlash, huquq va erkinliklarini kafolatlovchi mutasaddi idoralar faoliyati tahlil qilindi. Yilning ikkinchi yarmida mazkur masala viloyat Kengashi sessiyasiga kiritildi.

Viloyatda ushbu yonalishda olib borilayotgan ijobiy ishlar bilan birga, yechimini kutayotgan masalalar ham aniqlandi. Xususan, jismoniy imkoniyati cheklangan shaxslarning hunarmandchilik, kasanachilik, oilaviy tadbirkorlikni yolga qoyishga oid tashabbuslari yetarlicha qollab-quvvatlanmayapti.

Shuning uchun sessiyada mutasaddi tashkilotlarga jismoniy imkoniyati cheklangan shaxslarni qollab-quvvatlash va himoya qilishga qaratilgan ishlarni yanada takomillashtirish, bu haqda tegishli hisobot berish vazifasi yuklatildi. Viloyat Kengashidagi deputatlik qabulxonasiga va deputatlarga jismoniy imkoniyati cheklangan fuqarolarning har bir murojaatini «Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari togrisida»gi Qonunga asosan korib chiqish, mutasaddilarning bu boradagi masuliyatini oshirish va yana qator yonalishlar boyicha aniq vazifalar belgilandi. Ayni paytda mazkur qarorning ijrosi ustidan deputatlik nazorati olib borilmoqda.

Sessiyada qabul qilingan qaror ijrosini taminlash dolzarb masala sanaladi, dedi xalq deputatlari Qarshi shahar Kengashidagi OzXDP guruhi azosi Shoymurod Jorayev. Ammo ayrim deputatlarimizda sessiyaga masala kiritildi, vazifamni bajardim, degan kayfiyat hali ham uchrab turibdi. Yaqinda partiya guruhimiz dori vositalari va farmatsevtik faoliyat togrisidagi qonunning ijrosi yuzasidan olib borilgan tahlillarni shahar Kengashi sessiyaga kiritdi. Organilgan kamchiliklarning atroflicha muhokamasidan song sessiya qaror qabul qildi. Bu ish tugadi, degani emas. Aksincha, ish endi boshlandi. Sessiya qarori ijrosi ustidan biz, deputatlar sergaklik, faollik bilan qatiy nazorat ornatishimiz lozim.

Chunki sessiyada kotarilgan masala farzandlarimiz, yaqinlarimiz salomatligi bilan bogliqdir. Shahrimizdagi barcha dorixonalar texnik, sanitar, yongin xavfsizligi talablariga javob beradigan tarzda jihozlangan. Afsuski, yutuqlarga soya solayotgan noxush holatlar ham borki, bu barchani birdek tashvishga solayotir. Bazi tadbirkorlarning qopol ravishda qonunga boysunmaganiga guvoh bolish mumkin. Jumladan, dorixonalarda nomutaxassis shaxslar noqonuniy ravishda dori vositalari savdosi bilan shugullanish hollari oz emas.

Sessiyada aholini sifatli dori vositalari va tibbiy buyumlar bilan taminlash, bu boradagi tartib-qoidalarga qatiy amal qilish boyicha qaror qabul qilindi. Biz, deputatlar mazkur qaror ijrosi yuzasidan jamoatchilik nazoratini kuchaytirishimiz zarur.

Partiyamiz Harakat dasturida belgilangan vazifalar yuzasidan turli masalalar viloyat, tuman va shahar Kengashlari sessiyalariga kiritilib, tegishli qarorlar qabul qilinmoqda. Ammo ularning ijrosi ustidan mustahkam nazorat ornatish har doim ham togri yolga qoyilmoqda, deb ayta olmayman, dedi xalq deputatlari Tomdi tuman Kengashidagi OzXDP guruhi azosi Lais Bayanasov. Buning sababi deputatlar sessiyada korib chiqilayotgan masalalarni chuqur organmayotgani, tahlil qilmayotganida, desak, adashmaymiz.

Partiya guruhimiz tuman Kengashi sessiyasida Soglom ona va bola yili Davlat dasturi ijrosi yuzasidan olib borilgan tahlillarni muhokamaga qoydi. Albatta, ijobiy ishlar bilan birga, kamchiliklar ham kozga tashlandi. Masalaning yechimi yuzasidan sessiya tegishli qaror qabul qildi. Unga kora, tuman hokimligi, sogliqni saqlash boshqarmasi, tibbiyot birlashmasiga oilani, onalik va bolalikni muhofaza qilish, ayollar manfaatlarini himoyalash, oila institutini kuchaytirishga yonaltirilgan meyoriy-huquqiy bazani takomillashtirish vazifasi yuklatildi. Shuningdek, tibbiyot muassasalarining moddiy-texnik bazasini mustahkamlash, qishloq vrachlik punktlarining ish samaradorligi hamda xodimlar malakasini oshirish boyicha ham aniq korsatmalar berildi. Qaror ijrosining nazorati doimiy komissiyalar zimmasiga yuklatildi.

Har bir deputat sessiyada qabul qilinayotgan qarorning mazmuni, maqsadini oziga toliq tasavvur qilib olishi kerak, deb oylayman. Aks holda, deputatlar, mahalliy Kengashlar zimmasiga yuklanayotgan masuliyatli vazifalarni bajarishimiz, elektorat manfaatlarini himoya qilishimiz, bizga bildirilgan ishonchni oqlashimiz qiyin boladi.

Zilola UBAYDULLAYEVA,

Ozbekiston ovozi muxbiri.


Fikr va mulohazalar

Spam bot protection (CAPTCHA)

Songgi yangiliklar: