O'zb  
 

Oxirgi sonda



Ko'p o'qilgan maqolalar



Dolzarb mavzu



Maqolalar arxivi

«    Iyun 2017   
Du Se Cho Pa Ju Sha Ya
29 30 31 1 2 3 4
5 6 7 8 9 10 11
12 13 14 15 16 17 18
19 20 21 22 23 24 25
26 27 28 29 30 1 2
29.12.2016

EL-YURT EZOZIDAGI SHOIR

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti qarori asosida shu kunlarda mamlakatimizning shahar-qishloqlarida ozbek xalqining sadoqatli farzandi, ozbek adabiyoti rivojiga ulkan hissa qoshgan shoir va adib, davlat va jamoat arbobi, Ozbekiston Qahramoni, Xalq shoiri Erkin Vohidov tavalludining 80 yilligi keng va tantanali nishonlanmoqda.

Ozbekiston XDP Markaziy Kengashi, hududiy tashkilotlari ham koplab madaniy-ma’rifiy tadbirlarni otkazmoqda.

Toshkent shahar partiya kengashi tashabbusi bilan otkaziladigan tadbirga yol olarkanman, Yozuvchilar uyushmasining adabiy maslahatchisi, shoira Munavvara Usmonova bilan hamroh boldik. Salom-alikdan song gapni ijod olami haqidagi suhbatga burdim.

Shu kunlarda adabiyotimiz, manaviyatimiz fidoyilaridan biri bolgan, hurmatli ustozimizning 80 yilligini nishonlash maqsadida mamlakatimiz boylab turli manaviy-marifiy tadbirlar otkazilmoqda. Aholi bilan uchrashuvlarda sheriyatga, kitobga munosabatdan dillar yayramoqda. Ayniqsa, sher oqiyotgan yoshlarning kozlaridagi yolqinni korib, Vatanga bolgan mehrini his qilasiz va biz tanlagan ezgu yol qanchalar togri ekaniga yana bir bor amin bolasiz...

Shoira yana bir qancha fikrlar aytdi. Suhbat qizidi...

Aslida ijodga mehr qoygan odamdan yomonlik chiqmaydi. Chunki ular inson umri kapalak umridek bir zumda otib ketishini tushunadi. Shuning uchun yaxshilik haqida sozlashga, yozishga oshiqadi...

Shahar partiya kengashi hamda Mirobod tuman hokimligi hamkorligida Toshkent davlat farmatsevtika institutida bolib otgan tadbirda ana shunday dilbar sozlar takidlandi.

— Erkin aka oq xalat kiygan kasb egalarini juda hurmat qilardi. Dostlarining 80 foizi tibbiyot sohasi xodimlari, olimlar bolgani bois qizlarini shifokorlar oilasiga uzatdi, deya soz boshladi adabiyotshunos olim Ibrohim Gofurov. Agar shifokorlar odamlarning hayotiga qaytadan yollanma bersa, yozuvchi va shoirlar soz bilan insonga malham, dardiga darmon boladi. Shoir haqida gap ketganda, bolalikni xotirlamaslik mumkin emas. Erkin aka bilan Taxtapuldagi 22-maktabda birga oqiganmiz, birga osganmiz. Barcha oqituvchilar, ayniqsa, fizika, geometriya, algebra, adabiyot fani oqituvchilari Erkin akani bir-biridan qizgonar edi. U kishi bizdan bir yosh katta bolib, 1936 yil 28 dekabrda tugilgan, men 1937 yil 27 dekabrda tugilganman. Shoir davralarda «Ibrohimjon mendan bir kun oldin va bir yil keyin tugilgan!», deb hazillashardi.

Erkin aka nafaqat adabiyot fanidan, balki aniq fanlar boyicha ham juda iqtidorli edi. Uni hamma kelajagi porloq olim boladi, deb oylardi. Masalalarni ham kitobda yoq formulalar asosida yechishga urinardi. Sal keyinroq undagi adabiyotga bolgan mehr kuchayib, sher yoza boshladi. Kutubxonadagi barcha kitoblarni oqib chiqqani bois, poytaxt markazidagi kutubxonalarga qatnay boshladi. U boshqalarga oxshamaslikni yoqtirardi. Hatto shohmotda ham oddiy oynamas, hech kimning xayoliga kelmagan yurishlar qollar edi...

Inson haqiqiy shoir bolishi uchun uning vijdoni, imoni pok bolishi kerak. Xalqni chin dildan sevishi lozim. Ana shundagina u ikkinchi hayotda yashaydi. Yani, vafotidan song ham barhayot siymo sifatida umr kechiradi, dedi taniqli adabiyotshunos olim Omonulla Madayev. Shoir va yozuvchilar insonlarni togri yolga boshlay oladi. Boisi, ular sizu bizning nigohimiz ilgamagan narsalarni korish qobiliyatiga ega. Masalan, faqat orik daraxtigina barg chiqarmasdan gullaydi. Shoir buni Quyosh etagiga oq bulut boglab, Orik shoxlarida qovurdi bodroq, deya tariflaydi.

Erkin aka hayotni ota sinchkovlik bilan kuzatib, chuqur xulosalar chiqarardi. Uning quyidagi fikri buni isbotlaydi: Odamlarning tafakkur kuchi ortib borgani sari tasavvur kuchi kamayib bormoqda. Zavq, shavq ornini sovuq hisob-kitob egallamoqda. Aql va yurak bahsida hissiyot yengilib, quruq mantiq galaba qilmoqda. Bu jamiyat uchun xatarli holdir...

Mumtoz sheriyat bilan zamonaviy sheriyatni boglagan shoir chin manoda oshiq edi. Uning har bir satri odamni hayratga soladi.

Shuningdek, tadbirda kitobxonlik madaniyatini yuksaltirish haqida soz bordi. Kitob nutq hamda tafakkurning charxi ekani takidlandi. Manaviyatli inson jamiyat ravnaqiga xizmat qiladi, mamlakatni har qanday tanazzuldan saqlaydi, uni taraqqiyot sari yetaklaydi. Kopni korgan olim ustozlar bu haqda ibratli fikrlar aytishdi.

Tadbirda Toshkent shahar partiya kengashi raisi orinbosari Nilufar Yuldasheva, Toshkent davlat farmatsevtika instituti prorektori, professor Rustam Tursunov, dotsent Rahimboy Jumaniyozov hamda talabalar Erkin Vohidov sheriyati, ulug shoir qoldirgan manaviy merosning yoshlar tarbiyasidagi ahamiyati haqida iliq fikr-mulohazalar bildirdi.

Bugungi tadbirda aytilgan gaplar adabiyotga, kitobga bolgan mehrimni oshirdi, dedi institut talabasi Sanjar Yusupov. Erkin Vohidov shaxsi, ijodini ozim uchun yangidan kashf etdim. U nafaqat adabiyotga ulkan hissa qoshgan, balki biz yoshlarga togri yol korsatib, boqiy sherlar bitgan.

Zilola UBAYDULLAYEVA,

Ozbekiston ovozi muxbiri.



DB query error.
Please try later.