O'zb  
 

Oxirgi sonda



Ko'p o'qilgan maqolalar



Dolzarb mavzu



Maqolalar arxivi

«    Fevral 2017   
Du Se Cho Pa Ju Sha Ya
30 31 1 2 3 4 5
6 7 8 9 10 11 12
13 14 15 16 17 18 19
20 21 22 23 24 25 26
27 28 1 2 3 4 5
29.12.2016

SOGLOM ONA VA BOLA

eng oliy baxtimizdir

Yangi yil arafasida barchamiz ortga nazar tashlab, ishlarimizni sarhisob qilamiz. Kelgusi yilga yangi rejalar tuzamiz. O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasi Toshkent shahar kengashi Olmazor tuman partiya kengashi bilan hamkorlikda otkazgan tadbir ham yakunlanayotgan «Soglom ona va bola yili» sarhisobi, Xalq bilan muloqot va inson manfaatlari yilida amalga oshiriladigan vazifalarga bagishlandi.

Olmazor tumanidagi 2-shahar tuguruq kompleksida otkazilgan davra suhbatida san’atkorlar, shifokor va hamshiralar, partiya faollari, elektorat vakillari ishtirok etdi.

Tadbirda onalar va bolalar salomatligi yolida amalga oshirilayotgan ishlar, partiyaning bu boradagi tashabbuslari xususida soz yuritildi. Onalik va bolalikni muhofaza qilishga qaratilgan ezgu ishlar natijasida keyingi besh yil ichida yurtimizda onalar va bolalar olimi kamaydi.

— Takidlash joizki, har jihatdan soglom, barkamol avlodni voyaga yetkazish goyasi partiyamiz dasturiy maqsadlariga hamohangdir, deydi OzXDP Olmazor tuman kengashi raisi Kamoliddin Akromov. Partiyamiz tashkilotlari aholi salomatligini muhofaza qilish, onalar va bolalarga tibbiy xizmat korsatish sifatini yaxshilash boyicha qator ishlarni amalga oshirib kelmoqda. Malumki, partiyamiz tashabbusi bilan joylarda tibbiy korik aksiyalari hamda Soglom ona soglom bola loyihasi doirasida qator tadbirlar tashkil etilyapti. Ularda onalar va bolalar salomatligini asrash, oilada soglom turmush tarzini qaror toptirish masalalariga etibor qaratilmoqda. Nazarimda, kelgusi yilda bu loyihalarni yanada takomillashtirish, mazkur yonalishdagi tashabbuslarni kopaytirish, ularning samaradorligini oshirish boyicha jiddiy oylab korishimiz lozim.

Fikr-mulohazalardan song Ozbekiston xalq artisti Gavhar Zokirova, Muqimiy nomidagi ozbek davlat musiqali drama teatri aktrisasi Muqaddas Mamadaliyeva el xizmatidagi shifokor va hamshiralarni Yangi yil bilan qutlab, ezgu tilaklar bildirishdi.

Faol xodimlarga partiyaning faxriy yorliq hamda esdalik sovgalari topshirildi.

Gulruh ODASHBOYEVA,

Ozbekiston ovozi muxbiri.


Fikr va mulohazalar

Spam bot protection (CAPTCHA)

Songgi yangiliklar: