O'zb  
 

Oxirgi sonda



Ko'p o'qilgan maqolalar



Dolzarb mavzu



Maqolalar arxivi

«    Yanvar 2017   
Du Se Cho Pa Ju Sha Ya
26 27 28 29 30 31 1
2 3 4 5 6 7 8
9 10 11 12 13 14 15
16 17 18 19 20 21 22
23 24 25 26 27 28 29
30 31 1 2 3 4 5
27.12.2016

PARTIYA GURUHLARI FAOLLIGI, JONKUYARLIGI

odamlarni o‘ylantirayotgan masalalarni organish, inson manfaatlarini himoya etishda muhim orin tutadi

Bugun siyosiy partiya xalqning ichiga chuqurroq kirib borishi, elektorat vakillarini oylantirayotgan masalalarni izchil organishi, ijro hokimiyati mas’uliyatini oshirish boyicha tashabbuslar bilan chiqishi talab etilmoqda. Ayniqsa, hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishda deputatlik birlashmalarining faol ishtirokini taminlash, ularning hududlar ravnaqini oshirishdagi rolini kuchaytirish katta ahamiyatga ega.

Ozbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Konstitutsiya kuniga bagishlangan tantanali marosimdagi maruzasi hamda Oliy Majlis palatalarining qoshma majlisidagi nutqida mahalliy Kengashlar faoliyatini kuchaytirish, davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari rahbarlarining hisobdorligini oshirish, bu borada Oliy Majlis hamda mahalliy Kengashlarning hamkorligini yanada kuchaytirish boyicha dolzarb takliflar ortaga tashlandi. Aniq vazifalar belgilab berildi. Shuningdek, hududlarni kompleks rivojlantirish, sogliqni saqlash, aholini ish bilan taminlash, ijtimoiy himoya qilish masalalarida yol qoyilgan kamchiliklarni bartaraf etish yuzasidan tanqidiy-tahliliy fikrlar bildirildi. Shundan kelib chiqib, har bir partiya guruhi deputatlik faoliyatiga munosabatini tubdan ozgartirishi talab etilyapti.

Ozbekiston XDP Markaziy Kengashi tomonidan 2015-2019 yillarga moljallab qabul qilingan Harakat dasturi hududlardagi muammolarni hal etishda muhim ahamiyat kasb etadi. Xosh, otgan davr mobaynida dasturda belgilangan vazifalar qay darajada amalga oshdi? Aholini oylantirayotgan masalalar sessiyalarda muhokama etilib, oz yechimini topayaptimi? Dasturning joriy yil 10 oyi davomidagi ijrosi tahlili nimalarni korsatmoqda?

— Otkazilgan tahlillardan shunday xulosaga kelish mumkinki, xalq deputatlari mahalliy Kengashlaridagi Ozbekiston XDP guruhlari tashabbusi bilan 166 masala partiya guruhlarida, 103 masala doimiy komissiya yigilishlarida, 71 masala sessiyalarda muhokama etilib, tegishli qarorlar qabul qilingan, deydi Ozbekiston XDP Markaziy Kengashi Aholi bandligi va ijtimoiy siyosat masalalari bolimi mudiri Boymurod Yusupov. Ayniqsa, Surxondaryo, Toshkent va Xorazm viloyatlaridagi partiya guruhlari Harakat dasturi ijrosini oz vaqtida taminlash masalasiga alohida etibor qaratmoqda.

Deputatlik birlashmalari tashabbusi bilan muhokama qilingan masalalar mazmun-mohiyatiga etibor qaratadigan bolsak, ularda elektorat manfaatlariga daxldor bolgan qator masalalar oz ifodasini topgan.

Harakat dasturi doirasida biz uchun juda muhim ahamiyatga bolgan aholi bandligini taminlash, kasb-hunar kollejlari bitiruvchilarini ishga joylashtirish borasida olib borilayotgan ishlar tegishli tartibda muhokama qilindi. Misol uchun, ularning 26 tasi partiya guruhlari, 20 tasi doimiy komissiyalar hamda 14 tasi sessiyalar muhokamasiga olib chiqildi.

Ammo ayrim partiya guruhlari ushbu muhim masalani oz yigilishida nomiga korib chiqish bilan cheklangan.

Oldimizda turgan eng dolzarb vazifalardan biri mahalliy Kengashlar zimmasiga yuklatilayotgan masalalarni oz vaqtida hal etishdir. Bu esa bevosita Harakat dasturi ijrosi bilan chambarchas bogliq.

Harakat dasturida sogliqni saqlash, hududiy poliklinikalarni zamonaviy tibbiyot va diagnostika asbob-uskunalari bilan jihozlash, tugma va irsiy kasalliklarni profilaktika qilish, qishloq vrachlik punktlarining moddiy-texnika bazasini yaxshilash, dori vositalari va farmatsevtik faoliyat bilan bogliq dolzarb masalalarni organish kozda tutilgan. Etibor bersak, bularning hammasi inson manfaatlari bilan bogliq hayotiy vazifalardir. Xosh, bu borada xalq deputatlari mahalliy Kengashlaridagi partiya guruhlari qanday ishlarni amalga oshirdi?

Mazkur yonalishda 39 masala partiya guruhlarida, 26 tasi doimiy komissiyalarda hamda 16 tasi sessiyalarda muhokama qilingan, deydi Ozbekiston XDP Markaziy Kengashi sektor mudiri Durbek Xudoyqulov. Jumladan, Tortkol, Qorakol, Baxmal, Nurota, Tomdi, Payariq, Oltinsoy, Qumqorgon, Ohangaron, Xonqa, Yangibozor, Buvayda, Koson tumanlari, Buxoro, Bekobod, Fargona shahar Kengashlarida masalalar sessiyalarda muhokama etilib, tegishli qarorlar qabul qilingan.

Bu masalalar Amudaryo, Qoraozak, Andijon, Chust, Bogot, Kasbi, Nishon tumanlari hamda Jizzax, Namangan, Urganch shaharlarida doimiy komissiyalarda korilgan bolsa, ayrim tuman va shahar Kengashlaridagi partiya guruhlarida rasmiyatchilik yuzasidan, yani nomiga korib chiqilgan, xolos.

Agar qaysi tumanda muammo sessiya muhokamasiga olib chiqilmasdan qolib ketadigan bolsa, bu osha hududda partiyamizning tasir kuchi kamligi, elektorat manfaatlari etiborsiz qoldirilganidan dalolat beradi.

Shuningdek, partiya guruhlarimiz sessiya qarori ijrosiga ham jiddiy etibor qaratishi lozim. Chunki sessiyada muhokama etildi degani muammo hal boldi, degani emas. Sessiya qarori ijrosini tizimli ravishda monitoring qilib borish hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish, yangi ish orinlari yaratish, eng muhimi, saylovchilar ishonchini qozonishda muhim ahamiyat kasb etadi.

Harakat dasturida pensiya va nafaqa pullarining tayinlanishi, yosh oilalarning imtiyozli ipoteka kreditlari asosida uy-joylar bilan taminlanishi, davlat tomonidan korsatilayotgan moddiy yordamlarning manzilliligini organish va aholi ijtimoiy himoyasini kuchaytirish borasida ham dolzarb masalalar belgilangan. Mazkur yonalishda 27 masala partiya guruhlarida, 20 tasi doimiy komissiyalarda hamda 13 tasi sessiyada korib chiqilgan.

Yil boshida Harakat dasturida kozda tutilgan masalalarga alohida etibor qaratdik, deydi Ozbekiston XDP Surxondaryo viloyat kengashi raisi Chori Jumaqulov. Shu bois Jarqorgon, Muzrabot, Qiziriq tumanlari hamda Termiz shahar Kengashlari sessiyalarida partiya guruhlarimiz tashabbusi bilan bir qator yonalishlar korib chiqildi. Sessiya muhokamasiga kiritishdan oldin pensiya va nafaqa pullarining tayinlanishi, shuningdek, davlat tomonidan korsatilayotgan moddiy yordamlarning qay darajada manzilliligi organib chiqildi. Koplab tahlillar otkazdik. Buning natijasida joylarda kamchilik va nuqsonlar yaqqol kozga tashlandi.

Hozirda sessiya qarorlari ijrosini taminlash boyicha ish olib borayapmiz. Mahalliy Kengashlardagi deputatlarimiz masalani izchil organib, kerak bolsa, sessiyaga takroran kiritish ustida ishlayapti.

Bundan tashqari, tumanlardagi Bandlikka komaklashish markazlari, «Mahalla» xayriya jamoat fondi bolimlari hamda boshqa jamoat tashkilotlari bilan hamkorlikni yolga qoyganmiz.

Harakat dasturida kozda tutilgan muhim masalalar talim tizimini yanada rivojlantirish, maktabgacha talim muassasalarining moddiy-texnika bazasini yaxshilash, ushbu tizimdagi xodimlar mehnatiga haq tolash tizimini takomillashtirish, shuningdek, ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalar farzandlari, ayniqsa, qiz bolalarning sport bilan shugullanishi uchun sharoitlar yaratish, chekka hududlarda yangi sport obyektlarining qurilishi, ularning moddiy-texnika bazasini yanada mustahkamlash yonalishlarida 25 masala deputatlik guruhlari, shundan 16 tasi doimiy komissiyalar va 6 tasi esa sessiyalar yigilishlarida korilib, tegishli qarorlar qabul qilingan.

Biroq Harakat dasturi ijrosini taminlash borasida ayrim mintaqaviy, tuman va shahar kengashlari hamda partiya guruhlari tomonidan sustkashlik va kamchiliklarga yol qoyildi. Bundan koz yumib bolmaydi. Harakat dasturida 10 oy davomida organilishi belgilangan 159 masaladan 22 tasi faqatgina deputatlik guruhlarida muhokama qilinib, doimiy komissiya va sessiya muhokamasiga olib chiqilmagan.

Xulosa ornida shuni aytish kerakki, qaysi hududda partiya guruhlari samarali faoliyat yuritsa, odamlarni oylantirayotgan masalalarni organsa, ularni hal etish boyicha tashabbus korsatsa, osha yerda aholining ertangi kunga bolgan ishonchi ortadi, muammolarga ijobiy yechim topiladi. Demak, mahalliy Kengashlardagi partiyamiz guruhlari ishini yangi bosqichga olib chiqish hamda tashabbuskorligini oshirish dolzarb ahamiyat kasb etadi.

Nurali ORIPOV,

Ozbekiston ovozi muxbiri.


Fikr va mulohazalar

Spam bot protection (CAPTCHA)

Songgi yangiliklar: