O'zb  
 

Oxirgi sonda



Ko'p o'qilgan maqolalar



Dolzarb mavzu



Maqolalar arxivi

«    Iyun 2017   
Du Se Cho Pa Ju Sha Ya
29 30 31 1 2 3 4
5 6 7 8 9 10 11
12 13 14 15 16 17 18
19 20 21 22 23 24 25
26 27 28 29 30 1 2
24.12.2016

INSON MANFAATLARI HAMMA NARSADAN USTUN

O‘zbekiston XDP Toshkent viloyat kengashi Zangiota tumanidagi Oziq-ovqat kasb-hunar kollejida «Inson manfaatlari hamma narsadan ustun» mavzusida davra suhbati tashkil etdi. Unda deputatlar, partiya faollari, mahalla fuqarolar yiginlari vakillari, xotin-qizlar va yoshlar ishtirok etdi.

Prezidentimizning Konstitutsiyamiz kuniga bagishlangan tantanali marosimdagi ma’ruzasi mazmun-mohiyati, kelgusi yilning Xalq bilan muloqot va inson manfaatlari yili deb elon qilinishi ahamiyati xususida yoshlar, mahalla faollari oz fikrlari, taklif-mulohazalarini bildirishdi.

— Davlatimiz rahbari odamlar bilan muloqot qilish, ularning ichiga kirib, ochiq va samimiy gaplashish, dardini eshitish haqida kuyunib gapirdi, deydi Zangiota tumanidagi Qahramon mahallasi faoli Fotima Aliboyeva. Chuqur oylab koradigan bolsak, bu masala har bir tashkilot, davlat idoralarining oddiy xodimlaridan tortib, rahbarlarigacha katta masuliyat yuklaydi. Aholi bilan muloqot qilishda, ayniqsa, mahalla fuqarolar yiginlarining roli muhim, deb oylayman. Mahalla-koy, qoni-qoshnilar bilan muntazam aloqadaman. Ularni qiziqtirayotgan masalalar, oylantirayotgan muammolarga birgalikda yechim topishga harakat qilamiz. Masalan, mahallamizda uyda otirgan xotin-qizlarni ish bilan taminlash masalasi juda dolzarb. Chunki hududimizda ishlab chiqaruvchi korxona faoliyat korsatmaydi. Ayollarda uzoq joylarga qatnab ishlash imkoniyati yoq. Shu masalada Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputatiga murojaat qildim. Shuningdek, mahallamizda maktabgacha talim muassasasi, dorixona faoliyati yolga qoyilsa, aholiga ancha qulaylik yaratilgan bolardi.

Keyingi yil kollejni tamomlayman, deydi Oziq-ovqat kasb-hunar kolleji oquvchisi Fotima Toshtemirova. Mustaqil ish boshlashni niyat qilganman. Akam tikuvchilik sexi ochib, mahalladoshlarim, xotin-qizlarni ish bilan taminlaganida ularga juda havasim kelgan. Yurtimizda yoshlar uchun katta imkoniyatlar bor. Ulardan samarali foydalangan holda, Vatanimga, oilamga nafi tegadigan ishlar qilish orzusidaman.

Kop yillardan beri partiyamiz hududiy kengashlari qoshidagi Jamoatchilik qabulxonalari elektorat manfaatlari bilan bogliq muammolarni aniqlash va hal etishda muhim vosita bolib kelmoqda, deydi Ozbekiston XDP Zangiota tuman kengashi raisi Mohira Akramova. Bu tizimni muntazam takomillashtirib borishimiz zarur. Mahalliy Kengash deputatlari, davlat hokimiyati organlari va boshqa hamkor tashkilotlar bilan aloqalarni yanada mustahkamlashimiz talab etiladi. Har bir partiya tashkiloti Jamoatchilik qabulxonalari faoliyatini tubdan qayta korib chiqishi, elektorat bilan ishlashning yangi mexanizmlarini shakllantirishga etibor qaratishi kerak, deb oylayman.

Jamoatchilik qabulxonamizga joriy yilda 68 murojaat kelib tushdi. Tahlil qilinganida, ularning kop qismi kommunal sohaga oid ekani aniqlandi. Qolganlari ish bilan taminlash, moddiy yordam, pensiya va nafaqalarni oz vaqtida olish, sogliqni saqlash va kredit masalalarida boldi. Har bir murojaatga alohida etibor qaratyapmiz.

Yangi yildan har bir boshlangich tashkilotda Jamoatchilik qabulxonalari tashkil etishni rejalashtirganmiz. Shunda odamlar orasiga yanada chuqurroq kirib boramiz, elektoratni oylantirayotgan masalalarni samarali hal etishga komaklashamiz.

Muloqot davomida Ozbekiston XDP Toshkent viloyat kengashi raisi Mehroj Darxonov, Oliy Majlis Qonunchilik palatasidagi partiyamiz fraksiyasi azosi Akmal Umaraliyev ishtirokchilarni qiziqtirgan savollarga javob berishdi.

Gulruh ODASHBOYEVA,

Ozbekiston ovozi muxbiri.



DB query error.
Please try later.