O'zb  
 

Oxirgi sonda



Ko'p o'qilgan maqolalar



Dolzarb mavzu



Maqolalar arxivi

«    Fevral 2017   
Du Se Cho Pa Ju Sha Ya
30 31 1 2 3 4 5
6 7 8 9 10 11 12
13 14 15 16 17 18 19
20 21 22 23 24 25 26
27 28 1 2 3 4 5
22.12.2016

QONUNCHILIK CHUQUR ORGANILYAPTI

Mohidil Qurbonova «Yosh siyosatchi» ko‘rik-tanlovining Fargona viloyatidagi 6784 nafar ishtirokchisidan biri. U san’at kasb-hunar kollejida oqish bilan birga, Ozbekiston XDP Istiqbol yoshlar qanoti tadbirlarida faol ishtirok etdi, dolzarb mavzulardagi bahs-munozaralarda oz fikrini dadil aytishni organdi. U Yosh siyosatchi — 2016 korik-tanlovining viloyat, keyinchalik Respublika bosqichida goliblikni qolga kiritdi.

Mohidil kollejda musiqashunoslikning nazariy masalalarini astoydil organmoqda. Uning fortepyano sanati haqidagi dastlabki taxliliy maqolalari chop etildi. Kelajakda sanatshunos jurnalist bolmoqchi.

Darhaqiqat, Mohidilning qatiy qarori amalga oshishiga asoslar mavjud. Ozbekistonda talim sohasiga yonaltirilayotgan yillik xarajatlar yalpi ichki mahsulotning 10-12 foizini tashkil qilmoqda. Vaholanki, dunyoning aksariyat davlatlarida bu korsatkich ortacha 3-5 foizdan oshmaydi.

Yurtimizda har yili yuzlab talim muassasalari zamonaviy moddiy-texnika bazasiga ega bolyapti, eng uzoq qishloqlarda ham sport majmualari qad rostlamoqda, yani biz yoshlarning yetuk inson bolib yetishishimiz endi ozimizga bogliq, deydi Mohidil Qurbonova.

Ozbekiston XDP Fargona viloyat kengashi tashkil etgan Yoshlarga oid qonunchilik yoshlar nigohida loyihasi doirasidagi Deputat va yoshlar uchrashuvi Mohidil kabi yoshlar muvaffaqiyatlari misolidagi fikrlashuvdan boshlandi. Tadbirda yangi tahrirdagi Yoshlarga oid davlat siyosati togrisidagi Qonun, uning mazmun-mohiyati haqida batafsil soz yuritildi.

Yoshlarni ijtimoiy, manaviy va moddiy jihatdan qollab-quvvatlash dolzarb masala, dedi Ozbekiston XDP Markaziy Kengashi sektor mudiri Umurbek Bektemirov. Mamlakatimizda yoshlarning talim olishidan tortib, kasb-hunar egallashi, ishga joylashishi, uy-joyli bolishi barchasi davlat etiborida. Ularga komaklashish nafaqat davlat organlari, shu bilan bir qatorda, jamoat tashkilotlari, keng jamoatchilikning vazifasi, burchi hisoblanadi.

Tadbirda Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati Bahrom Obidjonov yoshlarni qiziqtirgan savollarga javob berdi.

Muhammadjon OBIDOV,

Ozbekiston ovozi muxbiri.


Fikr va mulohazalar

Spam bot protection (CAPTCHA)

Songgi yangiliklar: