O'zb  
 

Oxirgi sonda



Ko'p o'qilgan maqolalar



Dolzarb mavzu



Maqolalar arxivi

«    Yanvar 2017   
Du Se Cho Pa Ju Sha Ya
26 27 28 29 30 31 1
2 3 4 5 6 7 8
9 10 11 12 13 14 15
16 17 18 19 20 21 22
23 24 25 26 27 28 29
30 31 1 2 3 4 5
20.12.2016

VATANIMIZ RAVNAQIGA HISSA QOSHISHNI XOHLAYMIZ

«Yosh siyosatchi — 2016» ko‘rik-tanlovining respublika bosqichi bolib otdi

Har birida oziga xos shijoat, aniq maqsad va mustahkam iroda mujassam. Bu qaysi zamon farzandlari? Albatta, mustaqil yurtning baxtiyor yoshlari, mening zukko tengdoshlarim. Ular bilan bir safda ekanimdan faxrlanaman!..

Yosh siyosatchi 2016 korik-tanlovining respublika bosqichini kuzatar ekan, sirdaryolik ishtirokchi Jamshid Baratovning konglidan ana shunday sozlar otdi.

Darhaqiqat, oz hududi sharafini himoya qilishga bel boglagan har bir yigit-qiz tanlovga puxta hozirlik korgani, me’yoriy-huquqiy hujjatlarni chuqur organgani, oz ustida astoydil ishlagani yaqqol namoyon boldi.

Avval xabar berganimizdek, 15-17 dekabr kunlari poytaxtimizda Ozbekiston Xalq demokratik partiyasi Markaziy Kengashi tashabbusi bilan ananaviy tarzda otkazib kelinayotgan Yosh siyosatchi korik-tanlovining yakuniy, respublika bosqichi bolib otdi. Tanlovning Qoraqalpogiston Respublika, Toshkent shahri va viloyatlar bosqichlari goliblari Loyiha taqdimoti, Savol-javob va Notiqlik sanati shartlari asosida bilimlarini namoyish etishdi.

Umumiy natijalarga kora, xorazmlik ishtirokchi Elnur Karimov uchinchi oringa loyiq topildi. Poytaxtlik ishtirokchi Abdulvohid Pazliddinov esa ikkinchi orinni qolga kiritdi. Tanlovning mutloq golibligi fargonalik Mohidil Qurbonovaga nasib etdi. Qolgan ishtirokchilar turli nominatsiyalar boyicha taqdirlandi.

Korik-tanlovning taqdirlash qismida Ozbekiston XDP Markaziy Kengashi raisi Xatamjon KETMONOV bilimli va intellektual salohiyati yuqori yoshlar haqida samimiy fikrlar bildirdi. Barchani kirib kelayotgan Yangi yil bilan tabrikladi.

Intiluvchan va faol yoshlarning fikrlari bilan qiziqdik.

Mirzohid SHODMONOV, tanlov ishtirokchisi, Jizzax viloyati:

Jizzax davlat pedagogika instituti talabasiman. Maktabdagi ustozlarimdan cheksiz minnatdorman. Ularning mehnati tufayli davlat granti asosida oqishga qabul qilindim. Inson bolaligida turli sohalarga qiziqar ekan. Men ham boshqa bolalar kabi uchuvchi, kosmonavt, general bolaman, der edim. Vaqt otgani sayin qiziqishlarim orzuga, orzularim aniq bir maqsadga aylandi. Angladimki, eng avvalo, oilamga nafim tegadigan, ota-onam faxrlanadigan inson bolish menga koproq baxt berarkan.

Oilada 6 nafar farzandmiz. Akam oliy malumotli. Ukam men tahsil olayotgan institutning xorijiy tillar fakultetida oqiydi. Opalarim ham ozlari qiziqqan sohalarda mehnat qilishyapti. Muhimi, inson hayotidan mamnun bolib yashashi va qilayotgan ishidan rohatlanishi kerak, deb oylayman.

Tanlovdan bir olam taassurot oldim. Kop narsani organdim. Tengdoshlarimga unda qatnashib, omadlarini sinab korishlarini tavsiya qilaman.

Nigmatilla ABDUQOCHQOROV, tanlov ishtirokchisi, Toshkent viloyati:

Tanlovga kelishimdan oldin singlim men ham boraman, deb turib oldi. Avvaliga, biroz noqulaydek tuyulsa-da, keyin uning kelganidan xursand boldim. Chunki har bir shart davomida uning davrada borligi menga kuch-quvvat bagishladi. Savollarga javob berish, taqdim etilgan loyihalar xususida hakamlar hayatining fikrlarini tinglash va albatta, dostlarim, yaqinlarimning qollab-quvvatlashini korish maroqli boldi.

Kelajakka qadam iqtidorli va tashabbuskor yoshlar internet tarmogi loyihasini taqdim etdim. Kozlagan maqsadim kasb-hunar kollejlari bitiruvchilari, umuman, yoshlarning ishga joylashishi uchun qulay, zamonaviy usul joriy etishdan iborat. Yani, mazkur saytda har bir soha uchun alohida sahifalar tashkil etiladi. Ishga joylashishni istagan yigit-qizlar undan ozlarining kasbiy konikmalarini oshirish boyicha kerakli tavsiyalar, fikrlar va savollariga javob olishlari mumkin boladi.


Aziza QOZIBOYEVA, tanlov ishtirokchisi, Qashqadaryo viloyati:

Kollejni bitirgach, oliy oquv yurtiga kirish uchun imtihon topshirdim. Lekin omadim kelmadi. Kelajakda huquqshunos bolishni orzu qilaman. Buning uchun tariximizni, dunyo tarixini, qonunlarni yaxshi bilishim kerak. Oqish va izlanishdan toxtamayman. Ushbu tanlovda tayyorgarlik korish va unda qatnashish jarayonida kop narsa organdim. Bundan hursandman.

Bugun dadam qollab-quvvatlash, menga madad bolish uchun Toshkentga birga keldi. Dadam xususiy tadbirkor. Kop ishlaydi, safarda boladi. Lekin akam va men uchun, vaqt ajratadi. Doim oqishimiz bilan qiziqadi. Ozi oqigan davrlar bilan hozirgisini taqqoslab, bizga ornak boladigan gaplarni kop aytadi. Yaratilgan imkoniyatlardan tolaqonli foydalanaman, albatta, kelasi yili oqishga kiraman.



Xurshida BOBOJONOVA, tanlov ishtirokchisi, Namangan viloyati:

Kosonsoy tumanida Ayollar va yoshlar soglomlashtirish markazini tashkil etish loyihasini taqdim etdim. Bu orqali xotin-qizlarni sportga jalb qilish hamda soglomlashtirish imkoni ortadi. Shuningdek, kollej bitiruvchilari ish bilan taminlanadi. Xotin-qizlar uchun turli oquvlar tashkil etish, ularni faol ijtimoiy hayotga jalb qilish masalalari ham kozda tutilgan.

Maqsadim loyihamni shunchaki taqdim etish emas, balki uni kelajakda amalga oshirishdan iborat. Tanlovda golib bola olmadim. Ammo bu bilan toxtab qolmayman. Loyihamni royobga chiqarish harakatida bolaman.





Mohidil QURBONOVA, tanlov golibi, Fargona viloyati:

Tanlovda yurtimizning barcha hududlaridan eng kuchli, bilimli va tashabbuskor yoshlar yigilgan. Eng avvalo, ular bilan bir safda turib viloyatim sharafini himoya qilganimdan xursandman. Ishtirokchilar orasida eng yoshi kichigi bolganim uchunmi, ularning salobati bosdi, hayajonim juda kuchli edi. Shunda menga ishonch bildirgan yaqinlarim, ustozlarim koz oldimga keldi. Hayajonimni yengib, fikrlarimni bir joyga jamlashga harakat qildim.

Togrisini aytsam, tanlovning mutloq golibi sifatida ism-sharifim oqilganida quloqlarimga ishonmadim. Xursandchiligimni soz bilan ifodalab berolmayman. Bu galaba menga yanada katta masuliyat yuklaydi. Bu yuksak ishonchni oqlashim kerak.



Perizat URAZALIYEVA, tanlov ishtirokchisi, Qoraqalpogiston Respublikasi:

Bolaligimdan biroz ojarman. Biror narsaga qol ursam, natijaga erishmasdan konglim tinchimaydi. Shundan bolsa kerak, ogil bola dostlarim ham bor. Ular samimiy, sadoqatli va har qanday vaziyatda yordamga qol chozishadi. Bularni aytishimga sabab, Yosh siyosatchi-2016 korik-tanlovining Respublika bosqichiga chiqishimda ham ular kopdan-kop yordam berishdi.

Tanlov orqali oz iqtidorimni sinovdan otkazdim, siyosiy-huquqiy bilimimni mustahkamlashga erishdim, yangi dostlar orttirdim. Oz hududingda birinchi bolish yaxshi. Respublikada birinchilik uchun bellashish ozimga bolgan ishonchni oshirdi. Zukko, keng tafakkurli tengdoshlarimni korib, faxrlandim. Bir narsani ishonch bilan ayta olamanki, bu tanlov mening deputatlik sari qoygan ilk qadamim boldi.

TANLOVDAN KEYINGI MULOHAZALAR

Ushbu tadbirni otkazishdan maqsad siyosiy bilimga chanqoq yoshlarni ragbatlantirish hamda ularga yol-yoriq korsatishdan iborat, dedi OzXDP Markaziy Kengashi raisi orinbosari Rustam Komilov. Tanlovning asosiy shartlaridan biri ijtimoiy loyiha taqdimoti hisoblanadi. Bu shart orqali partiyamiz dasturiy maqsad-vazifalari yoshlarning nigohida qanday yechim topishini ozimiz uchun belgilab olamiz, yangicha yondashuvlarni kutamiz. Tanlov davomida qiziqarli, asosli loyihalar taqdim etildi. Bundan juda xursandmiz.

Yoshlarning fikr-mulohazalaridan kelib chiqib, ozimizga bir qancha vazifalarni ham belgilab olyapmiz. Kelajakda yoshlar bilan ishlashda qaysi masalalarga koproq etibor qaratishimiz kerakligi yuzasidan xulosa chiqarish imkoniyatiga ega boldik.

Oglim Muslimbekni qollab turish uchun Andijondan singlim bilan birga keldik deydi Qorasuv shahridagi 19-sonli ixtisoslashtirilgan maktab-internati oqituvchisi Irodaxon MAMADALIYEVA. Uning muvaffaqiyatlaridan juda ham xursandman. Uning har bir yutugi, u xoh kichik bolsin, xoh katta, menga ozgacha gurur bagishlaydi. Oilamizda oglimni hamisha qollab-quvvatlaymiz. Maktabda oqib yurgan kezlaridanoq, boshqa tengqurlaridan ajralib turardi.

Yosh siyosatchi tanlovida ishtirok etish haqida aytganida, bemalol tayyorgarlik korishi uchun qulay sharoit yaratib berdik. Chunki tanlov faqat bellashish uchun emas, yoshlarimizning salohiyatini oshirishga ham xizmat qiladi, deb oylayman.

Yosh siyosatchi-2016 korik-tanlovi nihoyasiga yetdi. Bu yil uning barcha bosqichlarida 20 000 nafarga yaqin yigit-qiz ishtirok etdi. Ularning har biri oz hududining ijtimoiy-iqtisodiy ravnaqi bilan bogliq loyihalarini taqdim etishdi. Mamlakatimizda demokratik davlat, kuchli fuqarolik jamiyatini barpo etish masalalariga oid koplab savollarga javob berishdi. Eng muhimi, bu jarayonlarda ular fikrlashdi, kelajak haqida mulohaza yuritishdi, hayot haqida kengroq tasavvurga, yorqin taassurotga ega bolishdi. Bu taassurotlar yoshlarning qalbida bir umr saqlanib qoladi, ularni yangi marralarga ruhlantiradi.

Zilola UBAYDULLAYEVA,

Ozbekiston ovozi muxbiri.


Fikr va mulohazalar

Spam bot protection (CAPTCHA)

Songgi yangiliklar: