O'zb  
 

Oxirgi sonda



Ko'p o'qilgan maqolalar



Dolzarb mavzu



Maqolalar arxivi

«    Yanvar 2017   
Du Se Cho Pa Ju Sha Ya
26 27 28 29 30 31 1
2 3 4 5 6 7 8
9 10 11 12 13 14 15
16 17 18 19 20 21 22
23 24 25 26 27 28 29
30 31 1 2 3 4 5
20.12.2016

INSON MANFAATLARINI HIMOYA QILISH UCHUN

faoliyatimizni tubdan kuchaytirishimiz zarur

Avval xabar berganimizdek, O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasi Markaziy Kengashi Ijroiya qomitasining kengaytirilgan yigilishi bolib otdi.

Unda Prezident Shavkat Mirziyoyevning Konstitutsiyamizning 24 yilligiga bagishlangan tantanali marosim hamda Ozbekiston Respublikasi Prezidenti lavozimiga kirishishga bagishlangan Oliy Majlis palatalarining qoshma majlisidagi ma’ruzalarida ilgari surilgan goyalar, hayotiy tashabbuslar mazmun-mohiyati, partiya tashkilotlari, deputatlar oldida turgan dolzarb vazifalar xususida soz yuritildi.

Kun tartibidagi masala yuzasidan Ozbekiston XDP Markaziy Kengashi raisi Xatamjon Ketmonov maruza qildi.

Partiya tashkilotlarining elektorat vakillari bilan muloqot mexanizmini qayta korib chiqish, qonunlarning islohotlar samarasiga tasirini kuchaytirish, ularning ijtimoiy munosabatlarni bevosita tartibga solishdagi rolini oshirish, bu borada fraksiya faoliyatini tubdan takomillashtirish zarur, dedi partiya yetakchisi.

Shundan kelib chiqib, Oliy Majlis Qonunchilik palatasidagi partiya fraksiyasi, Markaziy va mintaqaviy kengashlar, mahalliy Kengashlardagi partiya guruhlari zimmasiga tegishli vazifalar yuklatildi.

— Prezident Shavkat Mirziyoyevning Ozbekiston Respublikasi Prezidenti lavozimiga kirishishga bagishlangan Oliy Majlis palatalarining qoshma majlisidagi maruzasida shahar va tumanlarda haqiqiy ahvolni organib, tegishli rahbarlarning hisobotini xalq deputatlari Kengashlari sessiyasi muhokamasiga kiritishi boyicha aniq vazifalar belgilab berildi, deydi Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati, Ozbekiston XDP fraksiyasi azosi Shuhrat Tursunboyev. Islohotlarning xalqimiz turmush farovonligida aks etishida mazkur yondashuv muhim ahamiyatga ega. Shu paytga qadar ayrim mansabdor shaxslarning oz faoliyatiga etiborsizligi natijasida yigilib qolgan otkir ijtimoiy masalalarga yechim topishda bu mexanizm yaxshi samara beradi. Barcha darajadagi deputatlar buni chuqur anglagan holda, oz faoliyatiga qatiy yondashishlari lozim. Elektorat manfaatlarini himoya qilishga qaratilgan ishlarimizni tubdan kuchaytirish talab etiladi.

Konstitutsiyamizning 24 yilligiga bagishlangan tantanali marosimda Ozbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev tomonidan bildirilgan fikr-mulohazalar, uzoqni kozlab aytilgan takliflar har birimizni oz ishimizga xolis baho berishga, kerakli xulosalar chiqarishga undadi, deydi Ozbekiston XDP Namangan viloyat kengashi raisi Dilorom Abdurahimova. Kelgusi yilning «Xalq bilan muloqot va inson manfaatlari yili», deb elon qilinishi faoliyatimizni chuqur tahlil qilishga davat etdi. Biz odamlar orasiga, hayotga chuqur kirib borishimiz, buning uchun birinchi navbatda partiyamizning Jamoatchilik qabulxonalari faoliyatini kuchaytirishimiz lozim. Bu jarayonda foydalanilmagan imkoniyatlarni alohida etiborga olish talab etiladi.

Mamlakatimizda aholini ish bilan taminlash, oz mustaqil ishini boshlash niyatidagi yurtdoshlarimizning tashabbuslarini har tomonlama qollab-quvvatlash va ragbatlantirishga alohida etibor qaratilmoqda, deydi xalq deputatlari Buxoro shahar Kengashi deputati Robiya Kazimova. Prezidentimiz maruzasida bu borada bir qator muhim vazifalar belgilab berildi. Ularning amalga oshirilishi partiyamiz elektorati hisoblangan ijtimoiy himoyaga muhtoj, ish topishda qiynalayotgan va mehnat bozorida teng sharoitlarda raqobatlashishga tayyor bolmagan kishilar manfaatlariga xizmat qiladi, albatta.

Shuning uchun partiyamiz guruhlari sessiya yoki doimiy komissiyalarga masala kiritishda tashabbus korsatishi, qonunlar va davlat dasturlari bajarilishini deputatlik nazorati tartibida izchil organishi zarur. Bu davlat organlari mansabdor shaxslarning ijtimoiy masalalar boyicha hisobotlari eshituvini doimiy yolga qoyishimizda muhim ahamiyat kasb etadi.

Gulruh ODASHBOYEVA,

Ozbekiston ovozi muxbiri.


Fikr va mulohazalar

Spam bot protection (CAPTCHA)

Songgi yangiliklar: