O'zb  
 
13.12.2016

PARTIYAMIZ GURUHI

Farg‘ona shahrida aholini sifatli dori-darmon vositalari bilan ta’minlash masalasini sessiyaga kiritdi

Ozbekiston XDP Fargona shahar kengashi bu galgi yigilishiga partiya faollari, elektorat vakillaridan tashqari mahalla fuqarolar yiginlari raislari, tibbiyot sohasi mutaxassislarini ham taklif etgan edi. Partiya tashkiloti yetakchisi Alisher Umarov yigilganlarni kengashning Jamoatchilik qabulxonasiga tushgan murojaatlar bilan tanishtirdi.

— Import boyicha keltiriladigan dori-darmon vositalari va tibbiyot buyumlari tovar yetkazib berishda qatnashuvchilarning sonidan qati nazar, sotib olish qiymatining (bazaviy narxining) 20 foizidan kop bolmagan miqdorda ulgurji-chakana savdo ustamasi qollangan holda sotiladi. Mahalliy dori vositalari narxlari boyicha ham aniq meyorlar belgilanishiga qaramasdan, dorixona muassasalarida dori-darmonlar narxlarini asossiz ravishda oshirib yuborish holatlari uchramoqda, dedi u oz sozida. Bunday holatlarga jim qarab turolmaymiz. Men partiya faollari va mutaxassislardan iborat ishchi guruhi tuzib, masalani tubdan organib chiqishni taklif etaman.

Yigilishda sozga chiqqan xalq deputatlari viloyat Kengashi deputati, «Fargonaazot» korxonasi marketing bolimi boshligi Doniyor Toshmatov, Urologiya markazi bosh vrachi orinbosari, BPT raisi Karimjon Zokirov, 30-maktab direktori Sadbar Mahmudova bu taklifni quvvatlashdi.

Shu yerning ozida ishchi guruhi tuzildi. Uning azolari Fargona shahridagi dorixonalar faoliyatini organishga kirishdi.

Muammoning ildizi anchayin chuqur ekan. Bojxona, soliq, tashqi iqtisodiy aloqalar va savdo, ekspertiza idoralaridan ham mutaxassislar zarur boldi. Ishchi guruhi tarkibi kengaytirildi. Nazorat-tahlil davomida ayrim dorixonalarda dori-darmon ekspertizasi, xarid hujjatlari boyicha noqonuniy xatti-harakatlar borligi malum boldi.

Dorixonalarda dori-darmon vositalarining narxlari suniy ravishda oshirib sotilmoqda. Masalan, Irovir-S, Larinden 15, VITRUM prenatal S WE 248 dori vositalari 35 foizdan 43 foizgacha ustama narxlarda sotilayotgani aniqlandi. Ishchi guruhini taajjubga solgani bu dorixonalar mutasaddilari dori-darmon vositalariga asossiz qimmat narxlar qoyilishining sabablarini izohlab berisholmadi.

Monitoring natijasida ayrim dorixona egalari sotilayotgan dori-darmonlarning kirim hujjatlari, tegishli muvofiqlik sertifikatlarini taqdim eta olishmadi. Bundan tashqari, bir nomdagi dori vositasi turli dorixonalarda turlicha narxlarda sotilayotgan holatlar ham kuzatildi.

Malumki, Respublikada dorixona muassasalarida dori-darmonlar va tibbiy buyumlar sotish qoidalariga kora, cheklangan chakana narxlarda sotiladigan va barcha dorixona muassasalarida mavjudligi majburiy bolgan eng zarur dori-darmonlar royxati tasdiqlangan. Shunga qaramay, koplab dorixonalarda bu qoidaga amal qilinayotgani yoq.

Dori vositalarining shifokor tavsiyasi bilan sotilishi boyicha belgilangan tartibga ham qatiy rioya etilmayotgan hollar uchradi. Organish jarayonida boshqa kamchiliklar ham aniqlangan.

Fargona shahar Kengashi tashabbusi asosida tuzilgan ishchi guruhi taqdim etgan organish natijalari bu borada ancha muammolar borligini korsatdi. Partiya guruhidagi muhokamadan song masalani xalq deputatlari Fargona shahar Kengashi sessiyasiga olib chiqish taklifi qollab-quvvatlandi.

Bu galgi sessiya juda qizgin munozaralar bilan otdi, deydi Fargona shahar Kengashidagi Ozbekiston XDP guruhi azosi Ahmadjon Abdullayev. Sessiyada deputatlardan tashqari tibbiyot, dori-darmon taminoti va savdosiga daxldor barcha tashkilot hamda fuqarolik institutlari vakillari ishtirok etishdi. Ozbekiston XDP guruhi tomonidan kiritilgan Fargona shahrida Ozbekiston Respublikasining Dori vositalari va farmatsevtika faoliyati togrisidagi Qonuni ijrosi yuzasidan monitoring natijalari haqidagi masala boyicha yakuniy qaror qabul qilindi. Vaziyatni tubdan ozgartirish chora-tadbirlari belgilab olindi.

Sessiya qarori ijrosini partiyamiz guruhi nazoratga olishi haqidagi taklifimiz ham qabul qilindi. Aholini sifatli dori vositalari bilan taminlash, savdo qoidalariga qatiy rioya etilishi elektorat manfaatlari himoyasida muhim orin tutadi, deydi Ozbekiston XDP Fargona shahar kengashi raisi Alisher Umarov.

Muhammadjon OBIDOV,

Ozbekiston ovozi muxbiri.


Fikr va mulohazalar

Spam bot protection (CAPTCHA)

Songgi yangiliklar: