O'zb  
 

Oxirgi sonda



Ko'p o'qilgan maqolalar



Dolzarb mavzu



Maqolalar arxivi

«    Aprel 2020   
Du Se Cho Pa Ju Sha Ya
30 31 1 2 3 4 5
6 7 8 9 10 11 12
13 14 15 16 17 18 19
20 21 22 23 24 25 26
27 28 29 30 1 2 3
27.04.2013

Ikkinchi jahon urushi qatnashchilarini ragbatlantirish togrisida

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoni

9-may umumxalq bayrami – Xotira va qadrlash kuni otkazilishi, shuningdek, 1941-1945-yillardagi Ikkinchi jahon urushida fashizm ustidan qozonilgan Galabaning 68-yilligi nishonlanishi munosabati bilan hamda urush qatnashchilari va nogironlarini moddiy ragbatlantirish maqsadida:

1. Ikkinchi jahon urushi qatnashchilari va nogironlariga 500 000 (besh yuz ming) som miqdorida bir martalik pul mukofoti belgilansin.

2. Mazkur Farmonni bajarish bilan bogliq sarf-xarajatlar respublika byudjeti mablaglari hisobidan amalga oshirilsin.

3. Ozbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi, Ichki ishlar vazirligi, Milliy xavfsizlik xizmati, Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi Moliya vazirligi va Markaziy bank bilan birgalikda Ikkinchi jahon urushi qatnashchilari va nogironlariga ushbu pul mukofotining tantanali va bayramona vaziyatda topshirilishini ta’minlasin.

4. Qoraqalpogiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari Ozbekiston Respublikasi Madaniyat va sport ishlari vazirligi, Mudofaa vazirligi, Ichki ishlar vazirligi, badiiy akademiya, Xotin-qizlar qomitasi, Respublika Manaviyat targibot markazi, “Nuroniy” va Mahalla jamgarmalari, boshqa jamoat tashkilotlari bilan birgalikda Vatanimiz ozodligi va shanu sharafi himoyachilariga bagishlangan maxsus uchrashuvlar va marifiy-badiiy kechalar otkazsin.

5. Ushbu Farmonning ijrosini nazorat qilish Ozbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh.M.Mirziyoyev zimmasiga yuklansin.

Ozbekiston RespublikasiPrezidenti I.Karimov

Toshkent shahri, 2013-yil 25-aprel


Fikr va mulohazalar

Spam bot protection (CAPTCHA)

Songgi yangiliklar: