O'zb  
 

Oxirgi sonda



Ko'p o'qilgan maqolalar



Dolzarb mavzu



Maqolalar arxivi

«    Oktabr 2019   
Du Se Cho Pa Ju Sha Ya
30 1 2 3 4 5 6
7 8 9 10 11 12 13
14 15 16 17 18 19 20
21 22 23 24 25 26 27
28 29 30 31 1 2 3
23.04.2013

FELINGIZNI KENG QILING

ayrim transport vositalari egalari diqqatiga

Har kuni ko‘pchiligimiz jamoat yoki xususiy transport vositasidan foydalanamiz. Yolda turli voqea-hodisalarning guvohi bolamiz. Haydovchining xushmuomalaligi, transport boshqaruvidagi madaniyati kishi kayfiyatini kotaradi, albatta. Ammo...

— Belgilangan tezlikda ketayapsiz, lekin signal berib sizni shoshiltiradi, deydi havaskor haydovchi, Ravshan Jomonov. Tezlikni oshirsangiz qoidani buzasiz, yol boshatib beray desangiz yon tomondan ketayotgan mashinalarga xavf tugdirasiz. Orqangizdagi shoshqaloq esa toxtovsiz signal beradi.

Shu orinda ayrim jamoat transport vositalarining «kim ozar poygalari» haqida ham toxtalib otishga togri keladi. Bu koproq ma’lum bir yonalishda harakatlanadigan avtobus va mikroavtobuslarga taalluqli. Tezroq yolovchi olishga shoshilib, ular bir-birini quvlashadi. Tezlik oshiriladi, oraliq masofa saqlanmaydi, keskin tormoz beriladi, avtobus eshiklari yopilar-yopilmas haydashga harakat qilinadi. Albatta, bundan yolovchilar jabrlanadi. Osha uddaburon haydovchiga buning ahamiyati yoq. Unga kunlik rejani qanday qilib bolsa-da, bajarish muhim.

Kocha harakatidagi yana bir noxush manzara kelin-kuyovlarning nikoh marosimi bilan bogliq. Qator-qator mashinalarning ketma-ket yurishi, tartibsiz harakati boshqa transport vositalariga xalaqit beradi. Bunday mashinalarning birvarakayiga signal berishi yon-atrofdagi haydovchilarning etiborini chalgitadi.

Kopchilik yaxshi biladi. Germaniya, Angliya, Yaponiya, Malayziya, Tailand kabi davlatlarda kochalar tor, mashinalar kop, doimo tirbandlik. Lekin birorta haydovchi mashinasidan tushib, nimaga uzoq toxtab qolganligi sababini surishtirmaydi. Mashina signalini chalmaydi.

Bizning yollarimiz keng, svetoforlarimiz chirogi bor-yogi bir daqiqadan kam vaqt ichida ochib yonadi. Ammo shunga ham chidamay oldingi qatorda turgan mashinaga signal chalib, yursangchi tezroq degan manoda qistaydiganlar kop.

Ozingizga malumki, yogin-sochinli kunlarda yollarimizning bazi yerlarida kolmak suvlar yigilib qoladi, deydi haydovchi Muhammadjon Bobojonov. Bazi-bir haydovchilarning uning ustidan atayin tezlikni oshirib, piyodalarga suv sachratib ketish hollari uchrab turibdi. Bu haydovchining piyodaga bolgan hurmatsizligi, madaniyatsizligi... Yaqinda boshqaruvimdagi xizmat mashinasining baloni teshilib, kochada qoldim. Domkrat yoq edi. 10 ga yaqin mashinani toxtatdim, biroq birortasi yordam bergisi kelmadi.

Yana bir voqeaning guvohi boldim. Markaziy bank binosining oldida piyodalar otish yolagi mavjud. Undan ayol kishi otib borayotgan edi. Piyodani otkazayotgan mashina egasi signal chalib, uni tezroq otishga qistardi.

Xalqimiz ot mingan kishining piyodaga yol berishi lozimligini uqtiradi. Qani bu yerda madaniyat, hurmat?

Xalqimiz odob-axloqni, xushmuomalalikni uluglaydi. Qorslik, qopollik kishining obrosini tokadigan qusurlar. Ortiqcha asabiylashish soglikka, oz navbatida, kochada harakatlanishga ziyon. Undan xolos bolish obroyingizni oshiradi. Yolingizni keng qilish uchun felingizni keng qiling!

Bardambek SADULLAYEV,

Ozbekiston ovozi muxbiri.


Fikr va mulohazalar

Spam bot protection (CAPTCHA)

Songgi yangiliklar: