O'zb  
 

Oxirgi sonda



Ko'p o'qilgan maqolalar



Dolzarb mavzu



Maqolalar arxivi

«    Oktabr 2019   
Du Se Cho Pa Ju Sha Ya
30 1 2 3 4 5 6
7 8 9 10 11 12 13
14 15 16 17 18 19 20
21 22 23 24 25 26 27
28 29 30 31 1 2 3
20.04.2013

BAXTLI BOLISHNI, AVVALO, OZING XOHLASHING KERAK...

U har kuni faqat bir narsada atrofdagilarning ko‘magiga muhtoj — borgan joyida, ishxonada kimdir, albatta, kutib olishi kerak. Uyi, mashinasi uning imkoniyatlariga moslashtirilgani bilan aravachasini mashinadan tushirib, otirishiga yordam zarur. Hayriyatki, oilasida ham, atrofida ham kundalik komak beradiganlar bor. Oz navbatida, ozi ham kun davomida odamlarga yordam berish uchun harakat qiladi.

Natalya Plotnikova esini taniganidan buyon boshqalardan iloji boricha yordam soramaslikka harakat qiladi. Men hech kimdan kam emasman, men buni eplay olaman, deb ta’kidlaydi biron muhim ishni boshlashdan oldin oziga ozi.

Oliy oquv yurtining birinchi kursida oqiyotganida otasi unga yengil mashina olib berdi. Qoltiqtayoq yordamida harakatlanadigan qiziga sharoit yaratish maqsadida hatto ancha-muncha qarz kotarishdan ham chochimadi. Afsuski, otasi bu qarzni tolashga ulgurmay vafot etdi. Natalya alo oqigani uchun olayotgan stipendiyasi va ozi toqigan buyumlarni sotishdan olgan daromadi evaziga qarzni uzdi. Oilani boqayotgan onasiga ogirlik tushirmadi.

U doim yuritadigan hisob-kitob bor: atrofdan olayotgan etibor va yordamni qay darajada qaytarib bera oldim? Balkim bundan 12 yil oldin «Opa-singillar» nodavlat notijorat tashkilotini (NNT) tashkil etishning tashabbuskori bolishga ham ana shu savol turtki bergandir. Oshanda u respublika nogironlar jamiyati boshqaruvida ishlardi. Bu yerda nogironlarning ijtimoiy himoyasi borasidagi huquqiy asoslarni mukammal organdi. Ishni tashkil etish borasida yetarli tasavvurga ega boldi. Imkoniyati cheklangan odamlarga yaqinroq bolishim kerak, men ularga qanday yordam berishni boshqalardan kora yaxshiroq bilaman, degan qarorga keldi. Chunki u bunday odamlar tushishi mumkin bolgan vaziyatlarni boshidan kechirgan. Muammolarni qanday hal qilish yollarini bosib otgan.

NNT tashkil etilayotganda tashabbuskorlar ozlari yashaydigan hudud Qibray tumanidagi nogiron xotin-qizlar, nogiron farzandlari bor onalar turmush darajasini va ijtimoiy faolligini oshirishni maqsad qilishgan edi.

Ishni tumandagi jismoniy imkoniyati cheklangan xotin-qizlar va shunday bolalarni tarbiyalayotgan onalarni aniqlashdan boshladi. Mazkur toifaga kiradigan ayollarning ijtimoiy huquq va belgilangan imtiyozlardan foydalanishlarini nazorat qilish, kasb malakasini oshirish yoki qayta oqitish, ishga joylashtirish, bosh vaqtlarini kongilli otkazishlarini tashkil etish, nogironlikning oldini olish, reabilitatsiya, oilaning reproduktiv salomatligini taminlash boyicha turli tadbirlar otkazish asosiy vazifa qilib belgilandi.

Bu yumushlarni qay darajada uddalaganini esa jamiyat azolarining hikoyalaridan ham bilish mumkin.

Laylo NNT taqdimnomasi boyicha oquv kurslarida talim olib, buxgalterlik kasbini egalladi. Hozir u xususiy tadbirkorning hisob-kitob ishlarini yurgizishga yordam beryapti.

Fotima Momisheva esa oliy oquv yurtiga imtihon topshirganida ham, uni muvaffaqiyatli tugallab, ish izlaganida ham NNTning, tashkilot azolarining yordamini doimo his qilib turganini takidlaydi.

Bazan bunday yordam shunchaki kongilli suhbat, insonni tushunishning ozidangina iborat bolishi ham mumkin.

Natalya bir narsani mamnuniyat bilan takidlaydi: Jamiyat tashkil etilgan dastlabki vaqtda azolar menga u kerak, bu kerak degan masalalarda moddiy komak sorashardi. Otgan yillar ularni ozgartirdi. Hozir murojaatlarning mavzui boshqacha: yuritayotgan hunarmandchiligim uchun xomashyo topolmay turibman... Oilaviy korxonalar haqidagi yangilikni eshitdim, imkoniyati cheklanganlar uchun imtiyozlar belgilanganmi yoki xojalik yuritishning qaysi shakli menga qulayroq va daromadi koproq boladi? Men bugun ish bilan bir tashkilotga borgan edim, pandus yoqligi uchun ichkariga kirolmadim, keling, birgalikda shu muammoni kotarib chiqaylik...

Natalya kongilli sifatida ish boshlagan kezlaridagi bir voqeani tez-tez eslaydi. Bayram munosabati bilan imkoniyati cheklangan insonlar uchun tadbir otkazishda yordam berishni sorab, bir korxona rahbariga murojaat qildi. U kishi bayram dasturxoniga sarf boladigan mablagni ajratishga vada berdi. Oxirida Natalyaga quyidagicha maslahat ham berdi:

Tadbirga yuztami, ikki yuztami odam chaqirasiz, osh berasiz. Bu bilan hech narsa ozgarmaydi. Siz shunday yol tutingki, imkoniyati cheklangan kishilar oz kunlarini ozi korishi uchun harakat qilsin. Izlansin...

Mamlakatimizda nogironlarning ijtimoiy muhofazasi uchun juda katta ishlar qilinyapti, bu borada mukammal yaratilgan qonunlarimiz mavjud, deydi Natalya. Faqat ularning joylardagi ijrosi borasida kamchiliklar uchrab turadi.

Natalya bittagina misol keltiradi. Qibray tuman poliklinikasiga aravacha bilan kira olmaysiz pandus yoq. Vaholanki, bu muassasa nogironlar eng kop murojaat qiladigan joy.

Bazan muammoni hal qilishga boshqacha yondashish ham mumkin, asosiysi bizni, imkoniyati cheklangan odamning ahvolini tushunishdir, deydi Natalya.

U qizi Aleksandra bilan bogliq bir voqeani eslaydi. Qizi bolaligidan nogiron, harakatlanishida nuqsonlar bor. Ammo juda tirishqoq, kirishimli. Lomonosov nomidagi Moskva davlat universitetining Toshkent filialida oqiyapti. Natalya qizi oqishga kirgach, dekan orinbosari qabuliga bordi. Aravachada ekanini esa oquv dargohi oldiga kelgandagina malum qildi.

Nima uchun buni oldinroq aytmadingiz, ovora bolib kelishga hojat yoq edi, masalani telefondayoq hal qilardik, dedi u.

Oquv maskanida pandus bolishiga qaramay, u bilan uchrashish uchun pastga tushdi.

Natalya farzandining oquv xonalariga kochganida, yuqori qavatlarga chiqib tushganida qiynalishini oylab bezovta bolayotganini bildirdi.

Men sizga umuman xonadan xonaga kochmay oqiydi, deb vada berolmayman, bu talim sifatiga tasir qilishi mumkin. Ammo bir narsani aniq aytaman qizingizning oqish jarayonlarida harakatlanishida muammo bolmaydi.

Dekan orinbosari vadasini bajardi. Aleksandraga guruhdoshlari yordam beradi.

Yaqinda Opa-singillar uyushmasi Germaniya xalq universitetlari assotsiatsiyasi filiali bilan hamkorlikda imkoniyati cheklangan insonlarning muammolarini hal qilish masalalariga bagishlangan davra suhbati otkazdi. Unda imkoniyati cheklangan kishilar davlat idoralari xodimlari bilan yuzma-yuz gaplashdi. Tadbir songida soz olgan ishtirokchilardan biri:

Sizlarga qoyil qoldim. Bazan qol-oyogi butun odamlar amalga oshirolmaydigan ishlarni qilayotgan ekansizlar...

Bunday tarifning bolganidan bolmagani yaxshi edi, deydi Natalya. Lekin taqdirdoshlarimni eng kop qiynaydigan narsa bizga voy bechora, deb qarashlaridir. Biz ham jamiyatning barcha azolari kabi teng huquqlimiz, davlat buning uchun barcha imkoniyatlarni yaratib qoyibdi. Hayot tasdigidan otgan bir haqiqat bor. Togri, davlat yordam beradi. Togri atrofdagilar ham qollab-quvvatlaydi. Ammo baxtli bolishni, avvalo, ozing xohlashing va harakat qilishing kerak. Taqdiringni, baxtingni ozing yaratasan.

Sharofat YOLDOSHEVA,

Ozbekiston ovozi muxbiri.


Fikr va mulohazalar

Spam bot protection (CAPTCHA)

Songgi yangiliklar: