O'zb  
 

Oxirgi sonda



Ko'p o'qilgan maqolalar



Dolzarb mavzu



Maqolalar arxivi

«    Oktabr 2019   
Du Se Cho Pa Ju Sha Ya
30 1 2 3 4 5 6
7 8 9 10 11 12 13
14 15 16 17 18 19 20
21 22 23 24 25 26 27
28 29 30 31 1 2 3
17.11.2011

Fojiali oqibatlarga olib keladigan avantyura

Bugungi kunda insoniyat oldida turgan dolzarb vazifalardan biri bu tabiiy resurslardan oqilona foydalanish, atrof-muhitni muhofaza qilish va ekologik muvozanatni saqlashdir. Bu borada jahon hamjamiyati qancha harakat qilmasin, dunyoning turli mintaqalarida bir qator xavf-xatarli vaziyatlar o‘chogi hamon saqlanib qolmoqda.

Bunga Tojikistonda qurilayotgan Rogun GESi 3600 mVt quvvati va 335 metr balandlikdagi togoni bilan misol bola oladi. Mazkur qurilish shorolar davridagi ulkan inshootlar tiklashga bolgan talvasaning ayanchli korinishidir. Chunki mustabid tuzum davrida bunday loyihalarning na ekologik, na ijtimoiy-iqtisodiy oqibatlari hisobga olinmas edi.

Shuni alohida qayd etish kerakki, GESni loyihalashtirishda ishtirok etgan mutaxassislar osha paytdayoq bu loyihani amalga oshirishning oxiri ogir oqibatlarga olib kelishini ozlari ham yaxshi tushungan. Afsuski, u paytlarda bu kabi korsatmalar muhokama qilinmas edi. Agar kimdir bu loyiha hudud aholisi boshiga mislsiz kulfatlar keltirishi mumkinligi haqida ogiz ochsa, xalq «dushmani»ga aylanardi. Shunga qaramay oshandayoq mutaxassislar bu loyihaning xavfli tomonlarini korsatishgan. Ushbu korsatmalar hozir ham oz ahamiyatini yoqotgani yoq. Faqat bu fikrlarni aql tarozisida olchash lozim.

Eng katta muammo bu Rogun GESining jahon tajribasida uchramaydigan eng baland togoni hisoblanadi. Tasdiqlangan loyihada esa togon mustahkamligi darajasi hozirgi zamon talablariga mutlaqo javob bermaydi. Buni qurilayotgan togonning asosiy tayanch ustunlaridan birida paydo bolgan yoriq ham korsatib turibdi. Bu yoriq 2011 yilning 19 iyul kechasidan 20 iyulga otar kuni roy bergan zilzila oqibatidir.

Qurilishni murakkablashtiradigan yana bir tomoni bu togon tiklanayotgan zamindagi tosh tuzi qatlamidir. U filtratsiya oqimining faol harakatlanuvchi hududda joylashgan. Bunday sharoit hisobga olinmasa, xavf-xatar yanada oshib, oxir-oqibatda bu togonning buzilishiga olib keladi.

Ekspertlar GES qurilayotgan hududdan koproq xavotirlanishmoqda. Bu hududda ikkita yer yoriqlari bor. Bular Ilyak-Vaxsh va Hisor-Kokshool yoriqlaridir. Bu yerda Rixter shkalasi boyicha 8-9 ball magnitudada zilzilalar tez-tez bolib turadi. Ma’lumki, bu hududda oxirgi 110 yil davomida 7-8 ball bolgan 20 dan ortiq zilzilalar roy bergani qayd etilgan. Tojikistonlik yetakchi seysmologlarning seysmik jarayonlarni tahlil etish asosida taxmin etishicha, Rogun GESi qurilishi keyingi 10 yillikning ozidayoq mazkur hududda yangi zilzilalarni keltirib chiqarishi mumkin.

Jahon tarixida seysmik xatarli bolgan hududlarda qurilgan baland togonlarning qulashi natijasida kelib chiqqan koplab fojialar qayd etilgan. Masalan, otgan asrda Xitoyning Sin-fin daryosida qurilgan suv ombori togonining balandligi 105 metr, Hindistondagi Koyan daryosida qurilgan togonning balandligi 103 metr, Zambiyadagi Karib suv ombori togonining balandligi 185 metr bolgan. Bu mintaqalarda roy bergan zilzilalarning oqibati hudud aholisi uchun dahshatli kulfatlar keltirgan.

Rogun togonining qulab tushishi esa mutaxassislarning taxminlariga kora, juda katta fojiaga olib keladi. Togonni yorib otgan ulkan tolqin Vaxsh daryosi boyicha pastga harakat qilib, katta yer maydonlarini bosib otadi va vayron qiladi, suv tagida yirik shaharlar, aholi punktlari qolib ketadi. Bundan tashqari suv bosgan hududlarda texnologik jarayonda kuchli tasir qiluvchi zaharli moddalarni ishlatadigan ishlab chiqarish inshootlari borligi esa oz navbatida onglab bolmas ekologik falokatlarni keltirib chiqarishini ham unutmaslik kerak.

Katta togonlar boyicha xalqaro komissiya (KTBXK)ning bosh kotibi Mishel De Vivoning qayd etishicha, togonlarni qurish — bu uy jihozlarini yigish emas. Uning aytishicha, 100 metrdan baland bolgan barcha togonlar katta inshoot hisoblanadi. 200-300 metrga yaqin bolgan togonlar esa murakkab matematik hisob-kitoblar va shunga mos qurish usulini va murakkab texnikani talab etadi. Bunday vaziyatda uzoq muddatli va sifatli qidiruv otkazish hamda ekspertiza qilish zarurati paydo boladi. Oz navbatida bu kabi qurilishda malakali mutaxassislar ishlashi ham muhim ahamiyatga ega.

Bu darajadagi mutaxassislar esa Tojikistonda yoq. Lekin mamlakat rahbariyati sifat korsatkichidagi kemtiklikni, respublika boyicha tasodifiy odamlarni toplab, son tomonidan qoplamoqchi. Bu unchalik oqilona ish emas. Masalan, Sayano-Shushen GESi buzilishining asosiy sabablaridan biri quruvchilar, shuningdek, qurilgan gidroinshootlarni saqlash va ularga xizmat korsatish uchun masul bolgan kishilarning sifatsiz ishi bolgan.

Shuni afsus bilan qayd etish kerakki, Rogun loyihasini amalga oshirish natijasida yuz berishi mumkin bolgan barcha xavf-xatarlar Tojikiston tomonidan ochiqdan-ochiq inkor etilmoqda. Ustiga-ustak, Jahon banki oldida qabul qilingan huquqiy majburiyatlarga zid ravishda ekspert baholash tadqiqotlari taqdim qilinmasdan, daryo havzasidagi mamlakatlar bilan muhokama etilmasdan, shuningdek, loyiha hayotiyligini aniqlash uchun mustaqil mutaxassislar guruhlari tomonidan korib chiqilmasdan turib Tojikiston tomoni GES qurilishini, shorolar zamonida tasdiqlangan va eskirgan loyiha yechimlari asosida, davom ettirmoqda. Vaholanki, vaqt allaqachon loyihaning koplab texnik yechimlari xato ekanligini isbot etib bolgan. Buni quyidagi misol ham korsatib turibdi. Eski chizmalar asosida amalga oshirilgan qurilish tunnellarini tiklash ishlaridan song tunellar birinchi suv bosishidan keyinoq dosh berolmay ishdan chiqdi.

Yuqorida sanab otilgan Rogun GESi keltirib chiqaradigan muammolar Tojikiston hukumatining qurilish ishlarini davom ettirish togrisidagi notogri qarori bilan qoshilib, bu loyiha borgan sari mintaqa xalqlari uchun global xavfga aylanmoqda. Ochigini aytganda, Rogun Markaziy Osiyo Pandora qutisiga aylandi. Bu qutini ochish butun mintaqa uchun dahshatli bolgan koplab ekologik fojialarga yol ochish deganidir.

Jahon banki mutaxassislari joriy yilning mart oyida birinchi baholash ishlarini otkazgandan keyin qatiy ravishda Tojikistonga Rogun GESining 120 metr balandlikdagi togonining birinchi navbati qurilishini boshlamaslikni bejiz tavsiya etmadi. Yaqinda Markaziy Osiyo mamlakatlariga tashrif buyurgan AQSh Davlat kotibi Hillari Klinton esa Dushanbeni mustaqil ekspertlar fikriga quloq solish va elektr quvvati ishlab chiqishning muqobil manbaalarini topishga davat etdi. Tojikiston hukumati bu davatlarni eshitadi va Markaziy Osiyo dahshatli fojiadan qutulib qoladi, deb ishonging keladi.

Shahriyor TURGUNBOYEV


Fikr va mulohazalar

Spam bot protection (CAPTCHA)

Songgi yangiliklar: