O'zb  
 

Oxirgi sonda



Ko'p o'qilgan maqolalar



Dolzarb mavzu



Maqolalar arxivi

«    Noyabr 2019   
Du Se Cho Pa Ju Sha Ya
28 29 30 31 1 2 3
4 5 6 7 8 9 10
11 12 13 14 15 16 17
18 19 20 21 22 23 24
25 26 27 28 29 30 1
26.03.2013

SIYOSIY PARTIYA

boshlang‘ich tashkilotlar faolligi orqali kuchli boladi

Alisher YUSUPOV, OzXDP Xorazm viloyat kengashi raisi orinbosari:

— Mamlakatimizda kuchli fuqarolik jamiyati mustahkam qaror topishi siyosiy partiyalar faolligining ortishi, ijtimoiy-siyosiy jarayonlardagi ishtiroki kuchayishiga bevosita bogliq. Bu esa kop jihatdan partiyaning a’zolar bilan ishlash usuliga, elektorat orasiga nechogli chuqur kirib borishi kabi masalalarga borib taqaladi. Boshlangich partiya tashkilotlari esa bu jarayonda hal qiluvchi ahamiyatga egadir.

Har bir siyosiy partiyaning salohiyatini quyi bogin tashabbuskorligi belgilar ekan, dasturiy maqsadlarga erishish, jamiyatda tasir kuchiga ega bolish uchun ularning faolligini oshirish, imkoniyatlaridan samarali foydalanish bugunning eng dolzarb vazifalaridan hisoblanadi.

Quyi bogin faoliyatini jonlantirish uchun, avvalo, partiyaning Markaziy Kengashidan tortib, to BPTga qadar bir butun, yagona siyosiy kuch sifatida tashabbuskorlikni kuchaytirish, ayrim boshlangich tashkilotlar bilan susayib qolgan aloqalarni mustahkamlashimiz kerak. BPT tomonidan kotarilayotgan hech bir taklif etibordan chetda qolmasligi lozim. Partiya tashkilotlari, deputatlik guruhlari ularni chuqur tahlil etib, hayotga tatbiq qilish uchun kurashishi kerak. Tashabbusi amalga oshayotganini, kimdir uni qollab-quvvatlaganini korgan kishining esa faolligi, jonkuyarligi, ijtimoiy masuliyati yanada oshadi.

Ammo tan olish kerak, bu boradagi ishlarimizni hamma joyda ham kongildagidek deb bolmaydi. Ilgor boshlangich tashkilotlar tajribasini ommalashtirish borasida ham kamchiliklarimiz oz emas. Bu esa partiya safini mustahkamlash, tashabbuskorlikni oshirishga tosqinlik qilmoqda.

«Azolarda faollik yetishmaydi, yetakchilar oz ishiga masuliyatsiz, tadbirlarda tasirchanlik yoq», degan tanqidlarni kop eshitamiz. Bunday kamchiliklarni inkor etib bolmaydi. Ularni tuzatish uchun boshlangich tashkilotlar yetakchilarini qollab-quvvatlash, ular ortasida ilgor tajribalarni ommalashtirish kerak. Yetakchilarda tajriba yetishmasa, nima qilishni bilmasa, u yerda ish yurishmaydi. Shu manoda, siyosiy va fuqarolik marifati tizimidagi oquvlarni koproq quyida tashkil etish, yetakchilarga ozaro tajriba almashish imkonini yaratib berish lozim.

Yana bir masala etiborimiz markazidan chetda qolmasligi kerak. Mahalliy partiya kengashlari va deputatlarning boshlangich tashkilotlar bilan hamkorligini oshirish, bu borada aniq mexanizm ishlab chiqish zarur. Bu yaxshi tajribalarni ommalashtirish, ommaviy-siyosiy ishlarni jonlantirishda quyi bogin ishtirokini kuchaytirishga keng yol ochadi.


Fikr va mulohazalar

Spam bot protection (CAPTCHA)

Songgi yangiliklar: