O'zb  
 

Oxirgi sonda



Ko'p o'qilgan maqolalar



Dolzarb mavzu



Maqolalar arxivi

«    Oktabr 2019   
Du Se Cho Pa Ju Sha Ya
30 1 2 3 4 5 6
7 8 9 10 11 12 13
14 15 16 17 18 19 20
21 22 23 24 25 26 27
28 29 30 31 1 2 3
26.03.2013

KASHANDALIK SOGLIK KUSHANDASI, UMR ZAVOLI

u yetkazayotgan moddiy va ma’naviy ziyonlar xususida

Sigaret tarkibida 196 xil zararli modda mavjud. Undan 14 tasi giyohvand modda hisoblanadi. Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti (JST) tomonidan tamaki passiv narkotik deb elon qilingan. Kashandalarning 90 foizida opka saratoni, 25 foizida turli yurak xastaliklari yuzaga kelishi tadqiqotlarda tasdiqlangan. Yer yuzida har on soniyada bir odam chekish oqibatida vafot etadi. Bu bir yilda 6 million kishi degani.

Yuqoridagi malumotlar dafatan sizga taalluqli emasdek tuyulishi mumkin. Ammo ular orasida ozingizning yaqinlaringiz, farzandlaringiz bolishi ehtimolini oylab korsangiz, kashandalik xavfi uzoq emasligini his qilasiz. Darhaqiqat, kashandalikdan hech kim tola kafolatlanmagan. Mutaxassislar uning tutuni chekuvchiga nisbatan atrofdagilarga koproq tasir otkazishini takidlashadi. JST bergan malumotlarga kora, 700 million, yani dunyo bolalarining teng yarmi ikkilamchi tutun tasiriga uchraydi. Yer yuzida esa 1,5 milliard kashanda bor. Bu dunyo aholisining har 4 kishidan biri chekuvchi ekanligini anglatadi.

Chekishning xavfli jihatlaridan biri shundaki, uning zarari tezda bilinmaydi. U organizmni sekin-asta zaharlab, uning qarshilik tizimini obdon ishdan chiqarib boradi, deydi tibbiyot fanlari nomzodi, Salomatlik 3 loyihasi yetakchi mutaxassisi Shuhrat Shukurov. Muttasil chekish oqibatida arteriyalar choziluvchanligi yoqoladi, mortlashadi, tomirlar torayadi. Natijada, ateroskleroz va yurakni ishemik kasalligiga olib boradi. Nikotin tasiri oqibatida yurak urishining tezlashishi stenokardiya xurujini keltirib chiqaradi. Chekuvchilar boshqalarga nisbatan koproq opka, bronxlar va halqumning surunkali kasalligini boshdan otkazadi. Chekmaydiganlarga nisbatan chekuvchilarda surunkali bronxit 5-6 marta kop uchraydi. Chekuvchilar ortasida tuberkulyoz ham ortiqroqdir. Tamaki tutuni tarkibida tasirlovchi moddalar bolib, bezlar shilliq gipertrofiyasini chaqiradi. Ular kop miqdorda balgam sifatida shilimshiq modda hosil qiladi. Bu esa, oz navbatida, nafas tizimining infeksiyaga qarshiligini kamaytiradi. Tamaki tarkibidagi qurum va saqich nafas yollarida otirib qoladi. Natijada, loringit kelib chiqadi, ovoz bogilib, xirillash paydo boladi. Respirator kasalliklar xavfi ortadi. Chekish opka rakining 71, nafas yollari surunkali kasalliklarining 42 va yurak qon-tomir kasalliklari 10 foizining sababchisidir.

Chekish, ayniqsa, osmirlar uchun juda xavfli. Chunki bu davrda organizmda hali fiziologik funksiyalar shakllanmagan bolib, nikotinning tasirida ular patologik holda shakllanadi. Eng yomoni, yoshlikda organilgan kashandalikdan keyinchalik qutulish qiyin. Nikotinga bogliqlik giyohvandlikka qaramlikka oxshaydi. «Bir marta totib korsam hech narsa qilmaydi», degan oy nihoyatda xato. Kashandalik muolajasi giyohvandlikni davolash singari jiddiy jarayon va bunda ruhiy holat bilan iroda ham muhim ahamiyatga ega.

Kuzatishlar kashandalar soni dunyo boylab kopayib borayotganligini korsatmoqda. Oz navbatida, uning qurbonlari soni ham ortib borayotir. Hisob-kitoblarga kora, 2030 yilga borib sigaret oqibatida sodir bolgan olimlar boshqa holatdagi olimlarning 10 foizini tashkil qiladi. Sogliqni saqlash vazirligi malumotiga qaraganda, 2006 yilda otkazilgan sorovlar natijalariga kora, mamlakatimizdagi erkaklarning 19,6 foizi sigaret, 22,3 foizi nos istemol qiladi. Ayollarimiz orasida kashandalik 1 foizni tashkil qiladi. Bu Yevropa va bazi qoshni mamlakatlardagi korsatkichdan birmuncha kam bolsa-da, xotirjamlik uchun asos yoq.

Kuzatuvlar yoshlarimiz orasida chekishga ruju qoyish holatlari kopayib borayotganligini korsatmoqda. Albatta, uning oldini olish, yoshlarda tibbiy madaniyatni yuksaltirish, ularni sport va badantarbiya mashgulotlariga kengroq jalb qilish, bunga shart-sharoit yaratish barchaning ishi. Soglom turmush tarzini targib qilishda yoshi kattalar ibrati muhim. Otasi, ustozi yoki shifokorning ogzida sigaret korgan farzand uchun kashandalikning zararini tushunish, turgan gapki, qiyin kechadi. Nega unda otasi, ustozi chekadi, hatto doxtir ham chekadi-ku?! Yomon bolsa, nega ular tashlamaydi? Buni qarangki, voyaga yetmagan oglining qoliga pul tutqazib, dokon yoki sigaretchi xolalarga yugurtiradigan otalar ham bor. Talaba-shogirddan tutantiriq sorab, birga chekuvchi ustozlar ham uchrab turadi.

Fikrimizcha, nafaqat oila yoki talim muassasasi, balki korxona va tashkilotlar ham kashandalikka qarshi amaliy ish bilan kurashmogi kerak. Aytaylik, xodimlarning ishdan bosh vaqtida sport bilan shugullanishi uchun sharoit va imkoniyat yaratish shu maqsadga xizmat qiladi. Bu masalaga etibor beradigan, yosh xodimlarni futbol, tennis, voleybol maydonchalariga yetaklab boradigan yoxud ishxonada badantarbiya qilishga sharoit yaratgan korxona va tashkilotlar rahbarlari qancha kopaysa, shuncha yaxshi.

Tamaki chekish aholining salomatligiga katta xavf tugdirayotganligi uchun kopchilik davlatlarda uning istemolini chegaralash, sigaretsiz soglom hayot tarzini ragbatlantirish, tamaki mahsulotlari savdosi tartib-qoidalarini kuchaytirish va bu boradagi qonunlarni takomillashtirish jarayoni kuzatilmoqda, deydi Oliy Majlis Qonunchilik palatasidagi OzXDP deputati, Mudofaa va xavfsizlik masalalari qomitasi azosi Komila Karomova. Rossiyada talim va davolash muassasalari, jamoat transporti hamda stadionlarda chekish qonun yoli bilan taqiqlangan. Chekib turgan kishi tasvirini reklama ichida joylashtirish, tamaki va tamaki mahsulotlarini reklama qilish mumkin emas. Nyu-York shtatida taqiqlangan joylar, masalan, yopiq jamoat joylari va xizmat avtomobilida chekilgani uchun 1000 AQSh dollari miqdorida jarima solinadi. Italiyada jamoat joylarida chekkan kishiga jarima miqdori 250 yevrodan 2000 yevrogacha belgilangan. Finlyandiya qonuni faqat kochalarda chekishga ruxsat beradi. Boshqa joyda uni istemol qilgan, hatto sovga sifatida birovga bergan javobgarlikka tortiladi. Yaponiya, Malayziya, Turkiyaning ayrim joylarida chekmaydiganlarga mukofot berish, uni tashlaganlarga imtiyozli kreditlar ajratish joriy qilingan. Turkiyaning qishloqlaridan birida amal qilayotgan mahalliy taomilga kora, kattalar kichiklarga yomon ibrat bolmasligi uchun chekmasligi shart. Agar u qoidani buzsa, qishloqdagi kambagal oilaga bir qop un yoki shakar olib berishi talab qilinadi. Butan qirolligida tamaki savdosi man qilingan. Tamaki mahsuloti sotuvi bilan shugullangan fuqaroga 225 dollar miqdorida jarima solinadi. Vaholanki, mamlakatdagi ortacha ish haqi 16 dollarni tashkil qiladi.

Kashandalik global muammoga aylanayotgani bois, JST assambleyasi tomonidan 2003 yili Jahon sogliqni saqlash tashkilotining tamakiga qarshi kurashish boyicha Hadli konvensiyasi qabul qilindi. 174 davlat uning ishtirokchisi hisoblanadi. Jumladan, Ozbekiston ham (2012 yil). Shu orinda takidlash joiz, Hadli konvensiyasining kopchilik qoidalari Reklama togrisida (1998 yil qabul qilingan, 2002 va 2008 yillar qoshimcha va ozgartishlar kiritilgan), Oziq-ovqat mahsulotining sifati va xavfsizligi togrisida (1997 yil), Alkogol va tamaki mahsulotlarining tarqatilishi hamda istemol qilinishini cheklash togrisidagi (2011 yil) Ozbekiston Respublikasi qonunlari hamda Ozbekiston Respublikasi Jinoyat va Mamuriy javobgarlik togrisidagi kodekslarida oz ifodasini topgan.

Mamlakatimizda tamaki mahsulotlari reklamasi mutlaqo taqiqlangan. Ish joylarida, sogliqni saqlash, talim, sport-soglomlashtirish muassasalarida, yongin chiqish xavfi bolgan nuqtalarda, jamoat joylarida, jamoat transportining barcha turlarida tamaki mahsulotlari istemoli man qilingan. Shuningdek, 20 yoshga tolmaganlarga uni sotish mumkin emas. Tamaki sotuvchi savdo obektlari talim, sport va diniy muassasalardan kamida 500 metr uzoqlikda joylashishi zarur va hokazo. Yuqoridagi tartib-qoidalarni buzgan shaxslar va mansabdorlar javobgarlikka tortiladi.

Kashandalik xuddi ichkilikbozlik, giyohvandlik illatlari kabi ijtimoiy, axloqiy va manaviy omillar bilan boglangan. Kashandalikning kopayishi jamiyatning ijtimoiy ustunlari zarar korishiga, axloqiy qadriyatlar kuchsizlanishiga va manaviyat yemirilishiga sabab boladi. Kashandalik nafaqat shaxslar, balki davlatning iqtisodiyotiga ham katta zarar yetkazuvchi illat. Uning oldini olish, chekishga mukkasidan ketganlarni davolash uchun yer yuzida yiliga milliard-milliard mablag sarflanmoqda.

Respublika sogliqni saqlash vazirligi boshqarma boshligi Doniyor Mirazimovning malumotiga kora, tamaki mahsulotlarini istemol qilish natijasida yuzaga keladigan salbiy oqibatlarning oldini olish uchun 2005 yil davlatimiz tomonidan 61,9 milliard som sarflangan bolsa, tamaki mahsulotlari sotishdan tushgan foyda esa 23,6 milliard somni tashkil qilgan. Demak, fuqarolarning tamaki istemol qilishi davlatga osha yili 38,3 milliard som zarar keltirgan.

Ichki ishlar vazirligi Yongin xavfsizligi Bosh boshqarmasi otgan yili sigaret chekish oqibatida 1353 ta yongin kelib chiqqanligini malum qilgan. Bu 2012 yili sodir bolgan yonginlarning qariyb 10 foizini tashkil qiladi. Ularda 55 nafar fuqaro vafot etgan. 53 nafar kishi turli darajada kuyish tan jarohatini olgan. Shulardan 3 nafari bolalar. Aholi mol-mulkiga yetkazilgan moddiy zarar esa 156 million somni tashkil qiladi.

Guvohi bolganingizdek, kashandalik orqali nafaqat inson moli, balki sogligi, umri va joni ham yonib, kul bolmoqda. Soglik boylik. Uni yoqotgan hamma narsasini yoqotadi.

Akbar JONUZOQOV


Fikr va mulohazalar

Spam bot protection (CAPTCHA)

Songgi yangiliklar: