O'zb  
 

Oxirgi sonda



Ko'p o'qilgan maqolalar



Dolzarb mavzu



Maqolalar arxivi

«    Iyun 2020   
Du Se Cho Pa Ju Sha Ya
1 2 3 4 5 6 7
8 9 10 11 12 13 14
15 16 17 18 19 20 21
22 23 24 25 26 27 28
29 30 1 2 3 4 5
19.03.2013

JIZZAX MAXSUS INDUSTRIAL ZONASINI BARPO ETISH TOGRISIDA

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoni

Yuqori qoshilgan qiymatga ega bolgan raqobatbardosh mahsulot ishlab chiqarishni ta’minlaydigan zamonaviy, yuksak texnologiyali ishlab chiqarishlarni tashkil etish uchun xorijiy va mahalliy investitsiyalarni jalb etish boyicha qulay shart-sharoitlarni shakllantirish, Jizzax va Sirdaryo viloyatlarining ishlab chiqarish va resurs salohiyatidan kompleks hamda samarali foydalanish, shu asosda yangi ish joylarini yaratish va aholi daromadlarini oshirish maqsadida, shuningdek Ozbekistonda ozbek-xitoy sanoat parkini barpo etish loyihasini amalga oshirish boyicha ozaro anglashuv togrisidagi memorandumga muvofiq:

1. Ozbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi, Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi, Moliya vazirligi, Jizzax va Sirdaryo viloyatlari hokimligining Jizzax viloyatida Sirdaryo viloyatining Sirdaryo tumanida filiali bolgan “Jizzax” maxsus industrial zonasini (keyingi orinlarda – Jizzax MIZ deb yuritiladi) 1-ilovaga muvofiq hududlar chegaralari doirasida barpo etish togrisidagi taklifi qabul qilinsin.

Ozbekiston Respublikasi Ergeodezkadastr davlat qomitasi Jizzax va Sirdaryo viloyatlari hokimligi bilan birgalikda bir oy muddatda Jizzax MIZ tarkibiga kiritiladigan yer maydonlarining chegaralarini aniq belgilasin va yerlarning tegishli ravishda ajratilishini taminlasin.

Belgilab qoyilsinki, Jizzax MIZ tarkibiga kiritilgan yer maydonlari Jizzax va Sirdaryo viloyatlari hokimligining bevosita tasarrufida boladi hamda Jizzax MIZ Mamuriy kengashi bilan kelishilgan holda ajratiladi.

2. Quyidagilar Jizzax maxsus industrial zonasi faoliyatining asosiy vazifalari va yonalishlari etib belgilansin:

ichki va tashqi bozorlarda raqabatbardosh bolgan yuqori qoshilgan qiymatga ega mahsulot ishlab chiqarish boyicha zamonaviy, yuksak texnologiyali va innovatsion ishlab chiqarishlarni barpo etish va ularning samarali faoliyat yuritishi uchun togridan-togri investitsiyalarni jalb etish;

maxsus industrial zonaga kiruvchi mintaqalarning ishlab chiqarish va resurs salohiyatidan kompleks va samarali foydalanishni taminlash, mineral-xomashyo resurslarini va qishloq xojalik xomashyosini chuqur qayta ishlash boyicha yangi ishlab chiqarishlarni barpo etish;

maxsus industrial zona va umuman respublika korxonalari ortasida mustahkam kooperatsion aloqalar ornatish hamda sanoat kooperatsiyasini rivojlantirish asosida mahalliy xomashyo va materiallar negizida yuksak texnologiyali mahsulot ishlab chiqarishni mahalliylashtirish jarayonlarini chuqurlashtirish;

Jizzax MIZ hududida transport, muhandislik-kommunikatsiya va ijtimoiy infratuzilmaning jadal rivojlanishini va ulardan samarali foydalanishni taminlash.

3. Belgilab qoyilsinki, Jizzax MIZning faoliyat yuritish muddati 30-yilni tashkil etadi va bu muddat keyinchalik uzaytirilishi mumkin;

Jizzax MIZ faoliyat yuritadigan muddat mobaynida uning hududida maxsus soliq tartibi va bojxona imtiyozlari amal qiladi;

Jizzax MIZ qatnashchisi maqomi Jizzax maxsus industrial zonasi Mamuriy kengashining qarori bilan beriladi.

4. Jizzax maxsus industrial zonasining Mamuriy kengashi 2-ilovaga muvofiq tarkibda tashkil qilinsin.

Jizzax maxsus industrial zonasi Mamuriy kengashining asosiy vazifalari va funksiyalari quyidagilardan iborat etib belgilansin:

korxonalarga Jizzax MIZ qatnashchisi maqomini berish togrisida qarorlar qabul qilish;

Jizzax MIZda loyihalarni amalga oshirish uchun masul bolgan vazirliklar va idoralarning, xojalik birlashmalarining loyiha, tender va kontrakt hujjatlarini oz vaqtida tayyorlash hamda ularning ekspertizasini otkazish borasidagi ishlarini, shuningdek mahalliy davlat hokimiyati organlarining Jizzax MIZ faoliyati bilan bogliq masalalardagi ishlarini muvofiqlashtirish;

ishlamayotgan korxonalarni va davlat egaligidagi mol-mulkni Jizzax MIZ qatnashchilariga nolga teng xarid qiymati boyicha sotish togrisida qarorlar qabul qilish;

Jizzax MIZning samarali faoliyat yuritishini tashkil qilish, Jizzax MIZ Direksiyasini shakllantirish va uning faoliyati ustidan nazorat olib borish boyicha kompleks chora-tadbirlarni amalga oshirish.

5.Jizzax maxsus industrial zonasi qatnashchilari:

yuridik shaxslardan olinadigan foyda soligi, ularning mol-mulkiga solinadigan soliqni, obodonlashtirish va ijtimoiy infratuzilmani rivojlantirish soligini tolashdan, kichik korxonalar uchun yagona soliq tolovi, shuningdek Respublika yol jamgarmasiga majburiy ajratmalar tolashdan;

respublikada ishlab chiqarilmaydigan, loyihalarni amalga oshirish doirasida Jizzax MIZ hududiga Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadigan royxatlar boyicha olib kiriladigan uskunalar, butlovchi buyumlar va materiallar boj tolovlari (bojxona yigimlaridan tashqari) tolashdan ozod qilinsin.

Belgilab qoyilsinki, yuqorida korsatib otilgan imtiyozlar kiritilgan investitsiyalarning hajmiga qarab 3-yildan 7-yilgacha muddatga beriladi, shu jumladan ekvivalenti:

300 ming AQSh dollaridan 3 million AQSh dollarigacha bolganda 3-yil muddatga;

3 million AQSh dollaridan ortib 10 million AQSh dollarigacha bolganda 5-yil muddatga;

10 million AQSh dollaridan ortiq bolganda 7-yil muddatga beriladi.

6. Jizzax va Sirdaryo viloyatlari hokimligi Jizzax maxsus industrial zonaning Mamuriy kengashi qarorlari boyicha belgilangan tartibda Jizzax MIZda loyihalarni amalga oshiruvchi investorlar uchun quyidagilarni taminlasin:

birinchi navbatda sobiq sanoat zonalarining foydalanilmayotgan hududlarida korxonalar qurish uchun yer maydonlarini oz vaqtida ajratish;

muhandislik-kommunikatsiya infratuzilmasi tarmoqlariga ulanish uchun barcha zarur ruxsatnomalarni bir darcha tamoyili asosida berish.

7. Shunday tartib ornatilsinki, unga muvofiq Jizzax MIZda qatnashuvchi xojalik yurituvchi subektlar uchun Ozbekenergo DAK, Oztransgaz AK, Jizzax va Sirdaryo viloyatlari hokimligi bolinmalari va boshqa muhandislik-kommunikatsiya xizmatlarini yetkazib beruvchilar kommunikatsiyalarni ishlab chiqarish maydonchalariga tutashtirgan holda kafolatli ulanishini taminlaydilar.

8. Ozbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi Jizzax MIZga ajratiladigan hududlarga byudjet mablaglari va boshqa ichki moliyalash manbalari hisobidan tashqi muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlarini qurish, rekonstruksiya qilish, modernizatsiyalash va yanada rivojlantirishni taminlasin.

Ozbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi, Moliya vazirligi hamda Davlat arxitektura va qurilish qomitasi Ozbekenergo DAK, Oztransgaz AK, Ozkommunxizmat agentligi, Ozavtoyol AK, Ozbekiston temir yollari DAK, Jizzax va Sirdaryo viloyatlari hokimligi bilan birgalikda uch oy muddatda Jizzax maxsus industrial zonasi hududida transport, ishlab chiqarish va muhandislik-kommunikatsiya infratuzilmasini jadal rivojlantirish dasturini ishlab chiqsin va Ozbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.

9. Ozbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi bir oy muddatda Jizzax MIZ Direksiyasini tashkil etsin va Jizzax maxsus industrial zonasi faoliyatini tashkil etish boyicha qaror qabul qilsin, unda Jizzax maxsus industrial zonasi togrisidagi Nizom hamda Jizzax maxsus industrial zonasi Mamuriy kengashi haqidagi Nizomni tasdiqlash nazarda tutilsin.

10. Ozbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligining Vazirlik tarkibidagi Xorijiy investitsiyalarni jalb etish boshqarmasining Erkin iqtisodiy zonalar faoliyatini muvofiqlashtirish bolimi xodimlari sonini 2 nafar shtat birligiga oshirish togrisidagi taklifiga rozilik berilsin.

11. Ozbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi, Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi Moliya vazirligi, Adliya vazirligi hamda boshqa manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda bir oy muddatda qonun hujjatlariga ushbu Farmondan kelib chiqadigan ozgartish va qoshimchalar togrisida Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.

12. Mazkur Farmonning ijrosini nazorat qilish Ozbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh.M.Mirziyoyev zimmasiga yuklansin.

Ozbekiston Respublikasi Prezidenti I.Karimov

Toshkent shahri, 2013-yil 18-mart


Fikr va mulohazalar

Spam bot protection (CAPTCHA)

Songgi yangiliklar: