O'zb  
 

Oxirgi sonda



Ko'p o'qilgan maqolalar



Dolzarb mavzu



Maqolalar arxivi

«    Iyun 2020   
Du Se Cho Pa Ju Sha Ya
1 2 3 4 5 6 7
8 9 10 11 12 13 14
15 16 17 18 19 20 21
22 23 24 25 26 27 28
29 30 1 2 3 4 5
16.03.2013

BYUDJET MABLAGLARIDAN FOYDALANILISHI USTIDAN PARLAMENT NAZORATI

O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining navbatdagi majlisi bolib otdi.

Prezident Islom Karimov tomonidan ishlab chiqilgan Mamlakatimizda demokratik islohotlarni yanada chuqurlashtirish va fuqarolik jamiyatini rivojlantirish konsepsiyasi parlamentning nazorat qilish borasidagi vakolatlarini mustahkamlash uchun asos bolib xizmat qildi. Mamlakatning asosiy moliyaviy hujjati ijrosi ustidan parlament nazorati Qonunchilik palatasi deputatlarining muhim vazifalaridan biriga aylandi.

Qonunchilik palatasi Ozbekiston Respublikasi Hisob palatasining hisobotini har yili eshitishga doir konstitutsiyaviy huquqi, xususan, «Byudjet tizimi togrisida»gi qonunga muvofiq uning tashqi auditni amalga oshirish va Davlat byudjetining ijrosi togrisidagi hisobotni baholash, soliq va byudjet siyosatining asosiy yonalishlarini ekspertiza qilish, byudjet mablaglaridan foydalanishning qonuniyligi, aniq maqsadga yonaltirilganligi va samaradorligini tekshirish borasidagi faoliyati boyicha hisobotini eshitishi Davlat byudjeti ijrosi ustidan parlament nazoratining muhim jihatlaridan biridir. Shu munosabat bilan Qonunchilik palatasining navbatdagi majlisida Hisob palatasining 2012 yilgi hisoboti eshitildi.

Sozga chiqqan Hisob palatasi raisi orinbosari K.Akmalov hisobot davrida palataning ishi Ozbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov tomonidan Vazirlar Mahkamasining 2011 yilda mamlakatimizni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish yakunlari va 2012 yilga moljallangan eng muhim ustuvor yonalishlariga bagishlangan majlisida belgilab berilgan ustuvor vazifalar hisobga olingan holda tashkil etilganligini ta’kidladi.

Hisob palatasining axborotiga kora, Davlat byudjeti daromadlar qismining ijrosi toliq taminlandi, Davlat byudjeti mablaglari xarajatlari esa tasdiqlangan parametrlarga muvofiq amalga oshirildi.

Deputatlar Hisob palatasi Davlat byudjetining daromadlar qismini togri shakllantirish, shuningdek, byudjetning hududiy va tarmoqlar kesimidagi moddama-modda va toliq ijrosi tahlili, asosiy daromad manbalari boyicha prognoz korsatkichlarning haqiqiyligi, byudjetdan tashqari fondlar mablaglarining toliq shakllantirilishi, ularning maqsadli, oqilona va samarali sarflanishini baholash yakunlari bilan atroflicha tanishdilar. Muhokamalar chogida deputatlar takidladilarki, Oliy Majlis Qonunchilik palatasining tavsiyalariga kora, Hisob palatasi 2012 yilda infratuzilmani, transport va kommunikatsiyalarni rivojlantirish uchun ajratilgan mablaglardan maqsadli va samarali foydalanilishini tekshiruvdan otkazdi. Bundan tashqari, Xorazm va Buxoro viloyatlarining mahalliy byudjeti ijrosi tekshirilib, tekshiruv yakunlari Senat azolari va Qonunchilik palatasi deputatlari bilan birgalikda Xorazm va Buxoro viloyatlari xalq deputatlari Kengashlarining navbatdan tashqari sessiyalarida muhokama qilindi.

Savol-javoblardan keyin hisobotning atroflicha muhokamasi bolib otdi. Unda barcha siyosiy partiyalar fraksiyalarining va Ozbekiston Ekologik harakati deputatlar guruhining vakillari sozga chiqdilar.

Majlisda har bir tekshiruv natijalari Hisob palatasi hamda tekshirilgan vazirliklar va idoralarning barcha bolinmalari rahbarlari ishtirokidagi qoshma majlislarda keng muhokama qilinganligi takidlandi. Tekshiruv yakunlariga kora, yol qoyilgan moliyaviy qoidabuzarliklar uchun qator mansabdor shaxslarga nisbatan intizomiy jazo choralari qollanilgan.

Deputatlar Respublika yol jamgarmasi, Pensiya jamgarmasi, Talim va tibbiyot muassasalarini rekonstruksiya qilish, kapital tamirlash va jihozlash jamgarmasi, Sugoriladigan yerlarning meliorativ holatini yaxshilash jamgarmasi mablaglaridan maqsadli foydalanish masalalariga etiborni yanada kuchaytirish zarurligini takidladilar. Shu munosabat bilan deputatlar yetkazilgan zararni qaytarish hamda uning ornini qoplash bilan birga, Davlat byudjeti daromadlarini kopaytirish hamda mablaglarni maqsadli sarflash samaradorligini oshirishga doir korsatmalarning bajarilishi ustidan Hisob palatasi izchil nazorat olib borishi muhimligiga toxtalib otdilar.

Majlisda Hisob palatasi hisobot davrida nafaqat moliyaviy qoidabuzarliklarni aniqlash va bartaraf etishga, balki mazkur huquqbuzarliklarning sababini tahlil etish hamda tegishli huquqiy normalarni takomillashtirish boyicha tavsiyalar ishlab chiqishga ham etibor qaratganligi takidlandi. Bunda deputatlar korpusi tomonidan Hisob palatasiga kop uchraydigan qoidabuzarliklarni, aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish va kelgusida ularga yol qoymaslik borasida qatiy chora-tadbirlar korilishi ustidan nazoratni kuchaytirish zarurligi ham korsatib otildi.

Muhokama chogida bildirilgan fikrlarni hisobga olgan holda Oliy Majlis Qonunchilik palatasi Ozbekiston Respublikasi Hisob palatasining 2012 yilgi hisobotini tasdiqladi va tegishli qaror qabul qildi.

Qonunchilik palatasi majlisida siyosiy partiyalarning 2012 yildagi faoliyatini moliyalashtirish manbalari togrisidagi hisobotlari ham eshitildi. Majlisda Tadbirkorlar va ishbilarmonlar harakati — Ozbekiston Liberal-demokratik partiyasi Siyosiy kengashi Ijroiya qomitasi raisi M.Teshaboev, Ozbekiston Xalq demokratik partiyasi Markaziy Kengashi raisi L.Gulomov, Ozbekiston Milliy tiklanish demokratik partiyasi Markaziy Kengashi Ijroiya qomitasi raisi A.Tursunov, Ozbekiston Adolat sotsial-demokratik partiyasi Siyosiy kengashi ijroiya qomitasi raisi I.Saifnazarov maruza qildi.

Maruzachilar davlatimiz rahbarining koppartiyaviylik tizimini rivojlantirish va mustahkamlashga bolgan katta etibori tufayli mamlakatimizda siyosiy partiyalarning muhim ijtimoiy-siyosiy masalalarni hal etishdagi roli va tasiri sezilarli darajada kuchayganligini takidladilar. Partiyalarga ajratiladigan byudjet mablaglarining hajmi Qonunchilik palatasiga bolib otgan saylov natijalariga kora belgilanganligi hamda ularni olish huquqiga ega bolgan siyosiy partiyalar ortasida ularning Qonunchilik palatasida egallagan deputatlik orinlariga mutanosib miqdorda Ozbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan taqsimlanganligi aytib otildi.

Maruzachilar Ozbekistonda siyosiy partiyalarni moliyalashtirishning asosiy prinsiplari qonuniylik, ochiqlik, oshkoralik va teng huquqlilikdan iborat ekanligini takidladilar. Bu prinsiplar partiyalar faoliyatini moliyalashtirish togrisidagi malumotlarning oz azolari va jamoatchilik uchun ochiqligini taminlaydi. Shu sababli partiyalar oz faoliyatini moliyalashtirish hajmi va manbalari togrisidagi axborotni oz vaqtida elon qilishi shart. Shu munosabat bilan Ozbekistondagi barcha siyosiy partiyalar qonun hujjatlarida belgilangan tartibda va muddatda moliyaviy hamda buxgalteriya hisobotini taqdim etdilar.

Ushbu masala muhokamasida barcha siyosiy partiyalar fraksiyalarining va Ozbekiston Ekologik harakati deputatlar guruhining vakillari sozga chiqdilar. Deputatlar fikricha, siyosiy partiyalarning moddiy-moliyaviy, tashkiliy-kadrlar va boshqa resurslari oz dasturiy maqsad va vazifalarini amalga oshirishda katta ahamiyatga ega. Shu sababli bu resurslar oshkora va qonuniy bolishi, doimo jamoat nazorati ostida turishi juda muhimdir.

Deputatlar muhokama jarayonida bildirilgan fikrlarni hisobga olgan holda siyosiy partiyalarning 2012 yildagi faoliyatini moliyalashtirish manbalari togrisidagi hisobotini malumot uchun qabul qildilar.

Ozbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Axborot xizmati


Fikr va mulohazalar

Spam bot protection (CAPTCHA)

Songgi yangiliklar: