O'zb  
 

Oxirgi sonda



Ko'p o'qilgan maqolalar



Dolzarb mavzu



Maqolalar arxivi

«    Oktabr 2019   
Du Se Cho Pa Ju Sha Ya
30 1 2 3 4 5 6
7 8 9 10 11 12 13
14 15 16 17 18 19 20
21 22 23 24 25 26 27
28 29 30 31 1 2 3
26.02.2013

KOMPYUTERDAN FOYDALANISH MADANIYATI

me’yorlari, internet-kafe va internet-klublarga qo‘yiladigan talablar xususida

Bugun deyarli har bir xonadon kompyuterga ega. U odamlarning haqiqiy dastyoriga aylangan — yozuv-chizuv, hisob-kitob, dunyodagi voqea-hodisalardan xabardor bolish, yaqinlarimiz bilan muloqot, xat-xabar, hammasi uning yordami bilan amalga oshirilayapti. Farzandlarimiz uchun esa haqiqiy mojiza: multik ham, oyinlar ham, qoshigu kliplar ham shu kichkina «quti» ichida.

Shu boisdanmi, kompyuterni kattalardan kora, oilaning kichiklari koproq band qiladi. Kompyuter markazlarining asosiy mijozlari ham yoshlar, osmirlar va bolalar. Bunday markazlar tovarlarini yoshlarbop qilishga urinadi, peshtaxtalar yuzidagi kompyuter oyinlari yozuvi kattaroq va korinarliroq yoziladi. Chunki mijozlar koproq oyinlar oynaydi, ovunish uchun bu yerga keladi.

Farzandlarimiz kompyuterdan qanday, qanaqa maqsadda foydalanayotganini bilish bizni har doim ham qiziqtiravermaydi. Ekran oldida qancha vaqt, qanday uzoqlikda, qayerda va qanaqa sharoitda otirgani ham bizni tashvishga solmaydi. Bunday loqaydliklar qanday oqibatlarga olib kelishi mumkinligi haqida ham chuqurroq oylab kormaymiz.

Kompyuterdan 45 daqiqa foydalangach, 10-15 daqiqa ochiq havoda sayr qilish tavsiya etiladi, deydi Yakkasaroy tuman tibbiyot birlashmasi onalik va bolalikni muhofaza qilish boyicha bosh shifokor muovini Iroda JOMOLIDDINOVA. Chunki undagi mikrotesl magniti oshib boraveradi, natijada monitor va tarmoq blokidagi elektromagnit tolqini inson organizmiga, ayniqsa bolalarga kuchli tasir otkazib, unda leykemiya (oq qon) kasalligini hosil qiladi. Kompyuter oldida 50-60 sm oraliq masofada bolish lozim, negaki, ekranidagi rangli tasvirlar, matndagi tolqinlanishlar koz nurining xiralashishiga, qadni rostlamasdan bir maromda muntazam otirish esa umurtqa pogonasi kasalligi kattalarda osteoxondrozga, bolalarda skolioz (umurtqa suyagining qiyshayishi)ga olib keladi. Suyaklarni orab turuvchi mushaklar faolligi ham bora-bora sustlashadi. Meyoridan ortiq kompyuterdan foydalanish bosh ogrigi, holsizlanish, uyqusizlik va asabiylashishga sabab boladi.

Darhaqiqat, Respublika Davlat sanitariya-epidemiologiya nazorati markazi tomonidan kompyuter texnikasi foydalanuvchilari uchun gigienik talablar ishlab chiqilgan. Unda kompyuterdan foydalanish qoidalaridan tortib, internet kafelar, kompyuter xizmati korsatuvchi markazlar, korxona va tashkilotlarga bu borada qoyiladigan talablargacha bayon qilingan.

Kompyuter xizmati markazlari, internet xonalar keng, shovqinsiz, ishlab chiqaruvchi korxona va tashkilotlar hamda maktablardan uzoq joylarda bolish kerak, deydi Respublika Davlat sanitariya-epidemiologiya nazorati markazi sanitariya vrachi Rauf QOSIMOV. Belgilangan meyorda maydon sathi 27 kv.m, balandligi esa 2,8-3 m bolgan xonada oltita kompyuter jihozlari ornatilishi va ularning orasi 1,25-1,50 sm da bolishi kerak. Pol qismi taxta (parket) yoki lenoleum bilan qoplangan va kompyuter simlari pastdan yuqoriga 30 sm balandlikda qoyilishi, havoni tez-tez ozgartirib, harorat 18 darajada saqlanishi zarur. Shundagina xonada elektromagnit meyori kamayadi va inson kuchli zararlardan xoli boladi.

Yorug, kop derazali xonalarda kompyuterdan foydalanilsa, insonning ruhiy toliqishi kamayadi. Yertolalardagi kompyuter xonalarda esa elektromagnit tolqini va namlik kuchli boladi, Ularda havoni ozgartirib bolmaydi. Elektr tarmogi ishlagan joyda havo muntazam almashtirib turilishi lozim.

Ayni kunda respublikamizda 1063 ta kompyuter xizmat markazlari (internet kafe, klub) faoliyat yuritmoqda. Ularning hammasi ham yuqoridagi talablarga mos ravishda ishlayapti, deb bolmaydi. Yertolalarda, tor va qorongi xonalarda faoliyat yuritayotgan internet kafelar, klublar, markazlar bor. Ularda Chekish, ovqatlanish mumkin emas yoki Shovqin kotarmang! kabi ogohlantiruvchi elonlar ilib qoyilgan. Tabiiyki, mijoz, albatta, unga rioya qiladi. Bularga qoshimcha ravishda Yarim soatdan song 15-20 daqiqa tanaffus qilishni unutmang!, Kompyuter ekrani oldida uzoq muddat qolish sogliq uchun zararli! kabi yozuvli eslatma va ogohlantirishlar bolsa, bu bolalarimiz sogligini asrashga xizmat qiladi.

Nazarimizda, nafaqat kompyuter, qolaversa axborot texnologiyalardan qanday foydalanish madaniyatiga, avvalo kattalar etibor qaratishi muhim. Axborot texnologiyalari, xususan, kompyuterdan foydalanish qoidalari, meyorlari, kompyuter markazlariga qoyiladigan texnik va gigienik talablar togrisidagi qollanmalar, tavsiyalar har bir xonadon, korxona va tashkilotlarda bolishi, bu boradagi targibot ishlari doimiy ravishda olib borilishi maqsadga muvofiq, deb oylaymiz.

Albina JUMANOVA,

Ozbekiston ovozi muxbiri.


Fikr va mulohazalar

Spam bot protection (CAPTCHA)

Songgi yangiliklar: