O'zb  
 

Oxirgi sonda



Ko'p o'qilgan maqolalar



Dolzarb mavzu



Maqolalar arxivi

«    Oktabr 2019   
Du Se Cho Pa Ju Sha Ya
30 1 2 3 4 5 6
7 8 9 10 11 12 13
14 15 16 17 18 19 20
21 22 23 24 25 26 27
28 29 30 31 1 2 3
16.11.2011

Rogun GESi: Tahdidmi yoki vasvasami?!


Suvsiz hayot yo‘q. Suv hayot uchun kerakli manba, desak, suvning qadrini tola ifoda etolmagan bolamiz. Suv — bu hayotning ozi. Mutaxassislar fikricha, inson vujudining oltmish foizi suvdan iborat. Tanimizda bu korsatkich kamaygan zahoti chanqoq tutadi. Chanqoq nima ekanini yaxshi bilamiz, zero, odam zoti suvsiz uzoq yashay olmaydi.

Inson oz ehtiyojidan kelib chiqib, har kuni 2 litr toza ichimlik suvi iste’mol qiladi. Bundan tashqari, oziq-ov qat mahsulotlari yetishtirish va tayyorlash uchun ortacha 2000 litr suv sarflaydi. Tabiiy suvning katta qismi qishloq xo jaligida ekinlarni sugorish uchun ishlatilishi hech kimga sir emas. Olamning yashilligi, iq limning yoqimli bolishi ham bevosita suvga bogliq.

Shunday ekan, daryolar suvidan oqilona foydalanish masalasi qishloq hojaligi, iqtisodiyot yoki davlat siyosatiga molik bolib qolmay, bu har birimiz uchun hayot-mamot masalasidir!

Shu sababdan Tojikiston hu kumatining Amudaryoga band qo yib, uning suvidan boshqa maq sadda foydalanish reja si biz ni befarq qoldirmaydi. Afsuski, bugun bunday xavfli, oqi bati chuqur oylanmagan re ja qoshni mamlakatda davlat siyosatiga aylandi.

Aslida, bu GES loyihasi qirq yilcha avval, sobiq ittifoq davrida «Tabiatni Insonga boysundirish» shiori ostida ishlab chiqilgan. Oshanda orta Osiyo respublikalarida qishloq xojaligi maqsadla rida, yani sugorish tizimini boshqarish uchun dunyoda eng bahaybat, togoni 340 metr baland bolgan GES qurish rejalashtirilgan.

Sobiq ittifoq halokatga yuz tutgach, bu olamshumul qurilish toxtab qoldi. Keyinchalik, Tojikistonda bir necha yil davom etgan fuqarolar urushi dav rida qurilish maydoni butkul yaroqsiz ahvolga keldi, dastlabki infratuzilma va tiklangan inshootlar yemirilishga yuz tutdi.

Bugun qoshni mamlakat rahbariyati bu loyihani hayotga tatbiq etish harakatida. Rogun GESi uchun ulkan suv ombori qu riladi, ammo u lozim bolgan vaqtda mamlakatni va qoni-qoshnilarni suv bilan taminlashga emas, balki bosh qa maqsadga elektr ishlab chiqarishga xizmat qiladi. Sobiq ittifoq davrida bu to gon togdan oqib kelayotgan suvni jamlab, uni Tojikiston va Ozbekiston ekinzorlariga kerak bolgan paytda yetkazib berishi kozda tutilgan edi. Ho zir esa, Tojikiston hukumati ombordagi suvni GES togonidan oshirib tushirish hisobida elektr energiyasi ishlab chiqarish va uni xorijga sotishni kozda tutmoqda.

Nazariy jihatdan, GESni boshqarayotgan kishilar daryo dan toxtovsiz oqib kelayotgan suvni togondan oshirib, elektr energiyasiga aylantirish va uni sotish orqali momay daromad topishi mumkin. Ammo bunda: Daryoning quyi oqimida joylashgan olkalarda ekin-tikin bilan mashgul bolgan millionlab zahmatkash dehqonlarning tirikchilik masalasi nima bo ladi?! degan haqli savol tu giladi. Qolaversa, ekin uchun suv zarur bolmagan paytda GES ning bahaybat togoni ochilishi ekin maydonlarini suv bosishiga olib kelsa, sugorish davrida uning yopilishi ekin-tikin nobud bolishiga olib kela di. Yani, tabiiy jarayon izdan chiqadi. Bunday holat amaliyotda kop sodir bolmoqda. Tojikistonning Nurek GESi quyi mamlakatlar qishloq xo jaligi subektlari manfaatini hisob ga olinmasdan, faqat elektr olish maqsadida ish lashi Fargona vodiysi dehqonlariga qanchadan-qancha zarar yetkazayotir. Yana bir shunday inshootning pay do bolishi qanday oqibatlarga olib ke lishini tassavvur qi lish qiyin emas, albatta.

Masalaning yana bir xavfli tomoni Rogun GES togoni siyo siy maqsadda ishlatilishi eh timoli ham yoq emas. Tarixda bunday hodisalar kop bolgan. Nil daryosi ozanida, Hind daryo si oqimida, shuningdek, boshqa joylarda turli davrlarda mana shunday holat kuzatilgan. Bunda daryoning yuqori qismida joylashgan va togon ga xojalik qilayotgan kuchlar quyidagi olkalarga suv orqali siyosat otkazgan. Yani, suv zarur bolgan payt da togonni yopib qoyishgan. Song tegishli masala yuzasidan ozaro muzokara vaqtida quyi tomon vakillari oldiga turli xil talab qoygan va kop hollarda qa bih niyatiga erishgan.

Bunday shubha uygonishi uchun yetarli asos mavjud:

Birinchidan, Rogun GESi Tojikiston va undan quyida joylashgan Ozbekiston bilan Turk manistonni suv bilan taminlovchi Amudaryo suv tizimining eng yuqori qismida, yani, Amudaryoning muhim irmogi Vaxsh daryosining bosh qismida qu rilmoqda. Tojikiston hukumati qator mustaqil ekspertlarning GES uchun 250 metrlik to gon kifoya ekani haqidagi fikr larini inobatga olmasdan, uning balandligi 340 metrdan kam bolmasligi kerak, degan qarorda mahkam turibdi va bu masala muhokama qilinishiga yol qoymaslikka intilmoq da. Chunki shunday baland togongina daryo suvini bir necha kun yoki bir-ikki hafta davomida emas, balki oylar mobaynida tizginlab turish imkonini beradi. Bu esa togonga egalik qiluvchi tomon suv orqali siyosat yuritishiga qulaylik tug diradi.

Ikkinchidan, Tojikiston hu kumati Xalqaro kollar va transchegaraviy suv oqimlaridan foydalanish va ularni himoya qilish boyicha BMT Konvensiyasi (1992 yil 18 sentyabrda qa bul qilingan) hamda BMT Bosh Assambleyasining Xalqaro suv oqimlaridan foydalanish hu quqi boyicha Kon vensiyasi (1997 yil 21 mayda qabul qilingan) kabi xalqaro hujjatlarga qoshilishdan bosh tortmoqda. Bu hujjatlar Amudaryo kabi transchegaraviy xarakterga ega bolgan, yani, bir necha davlat hududidan oqib otgan suv oqimidan tabiatning bir inomi sifatida insof bilan oqilona foyda lanishni kozda tutadi. Mazkur hujjatlarda transchegaraviy suv zaxiralaridan siyosiy oyin maqsadida foydalanish qat iyan taqiqlangan, suvdan ozaro manfaatli tarzda, adolat ta moyillariga asoslangan hol da foydalanish belgilab qo yilgan. Xalqaro huquq tamo yillariga kora, transchegaraviy daryo qancha davlat hudu didan otsa, uning suvi shuncha davlatga teng bolinadi. Bir davlat hududida suvning katta qismi ortiqcha sarf lanishi yoki toplab olinishi aslo mumkin emas. Tojikistonning bu xalqaro hujjatlarni imzolashdan bosh tortishi uning tamoyillariga amal qilish istagi yoqligini korsatadi.

Uchinchidan, Tojikiston rahbariyati norasmiy doiralarda: Rogun GESini qurib olaylik, oshanda bazi qoshni davlatlarni oldimizda tiz choktiramiz, deya dagdaga qilgani ho zir hech kimga sir emas. Bunday odagaylash azaldan dostu birodar, oga-ini va quda-anda bolib yashab kelgan Orta Osiyo xalqlari orasiga nifoq so lishi, dostona aloqalarga soya tashlashi mumkin.

Hatto, bunday garazli maqsad bolmagan taqdirda ham, Rogun GESi qurilishi tufayli mintaqaga Pomir toglaridan oqib tushadigan suv miqdori kamayishi muqarrar. Rogunda quriladigan katta suv ombo rida suvning ochiq holda saqlanishi uning bir qismini Orol dengiziga yetib kelmasdan, buglanib ketishiga olib keladi.

Mutaxassislar fikricha, Rogun GESini qurish va uning to gonini suv bilan toldirish uchun 10 yil kamlik qiladi. Demak, shuncha yil da vomida suvning asosiy qis mi yuqorida yigilishi quyi oqimda Amudaryoning qurib qolishiga, Orol dengizi muammosi yanada keskin tus olishiga sabab boladi.

Rogun hududida 13 milliard kub metr hajmda suv yigilishi davridaOrol dengiziga suv yetib bormaydi, albatta. Bu esa mintaqaning bir tomonida tabiiy dengizning qurishiga, ikkinchi tomonida esa suniy dengiz paydo bolishiga olib keladi. Bu, oz navbatida, shusiz ham tezlashib borayotgan iq lim ozgarishiga misli korilmagan darajada tasir qiladi va hozirgi ekologik muvozanatni butunlay izdan chiqaradi.

Rogun GESi loyihasi va uning qurilishi bilan bogliq xavf-xatar faqat shundangina iborat emas. Katta hajmdagi suvni tosib olinishi turgan-bitgani xatar, bu qadar katta hajm dagi suvni togda, togonda saqlash yana bir xatar. Har qanday vaziyatda ham uning xavfsizligini taminlaymiz, deb kim kafolat beradi?!

Birinchidan, Rogun GESi lo yihasi 40 yilcha ilgari ishlab chiqilgan, u texnologik jihatdan eskirgan. Xuddi shunday texnologiya asosida qurilgan Rossiyadagi Sayan-Shushensk GESi da 2009 yil 17 avgustda yuz bergan mashum falokat bunday texnologiyalar hayot talabiga javob bera olmasligini korsatdi. Osha falokat nafaqat 75 kishining umriga zomin boldi, balki uning natijasida GES tevaragini suv bosdi, atrof-muhitga katta ekologik talafot yetdi. Rossiya hukumati talafot oqibatlarini hali bartaraf etib ulgurgani yoq.

Ikkinchidan, Rogun hududida 40 yilcha avval, loyihani ishlab chiqishda otkazilgan tad qiqot va xulosalar mutlaqo es kirgan va oz qimmatini yo qotgan. Otgan davr ichida Orta Osiyoda siyosiy vaziyat ozgardi, mintaqa mamlakatlari mus taqil davlatlarga aylandi, ularning iqtisodiyoti ozgardi. Sobiq markaz rejalashtirgan loyiha, u kozda tutgan maqsad-muddao bugungi kun talablariga mutlaqo yaramaydi. Qolaversa, Tojikistonning Rogun hududida, yerning ichki qatlamida jiddiy ozgarishlar yuz berdi, uning geokimyoviy tarkibi, tektonik holati avvalgiday emas. Faktologik malumotlar osha davr bilan bugungi kun ortasida katta tafovut borligini korsatadi.

Misol uchun, mutaxassislar yer ostining shu qismida toshtuzi qatlamlari paydo bolganini, ulardan suvning sizib chiqishi oxir-oqibat qurilayotgan togon yemirilib tushishiga olib kelishini takidlamoqda. Bu kabi xatarning oldini olish uchun loyihani nufuzli ekspertizadan otkazish lozim.

Uchinchidan, GES seysmik jihatdan faol hududda qurilmoqda. Tojikiston hukumati: Bu inshoot 10 ballgacha zilzilaga bardosh bera oladi, bunday kuchli zilzila esa, Tojikiston tarixida yaqin orada kuzatilmagan! degan fikrda oyoq tirab turibdi. Ammo kop mutaxassislar xuddi shunday yer qimirlashi sodir bolganini takidlamoqda, ular hatto qay si yillarda shunday zilzila bolganini aytishmoqda. Qolaversa, shu paytgacha bunday zilzila bolmagan degani, bundan keyin ham bolmaydi, degani emas. Nima bolganda ham, inson Tabiat oldida ojiz. Buni hayotning ozi korsatib turibdi. Seysmik jihatdan zilzilaga eng bardoshli inshootlar quradigan Yaponiyaning Fuku sima atom elektrostansiyasini bir esga oling. Uni hamma xavf siz deb hisoblar edi. Ammo shu yil martda sodir bolgan kuchli zilzila va uning oqibatida hosil bolgan sunami mazkur AESga jiddiy shikast yetkazdi, kishilar boshiga misli korilmagan talafot olib keldi. Shunday ekan, Rogun GESi mutlaqo xavf siz deb bayonot berayotgan toji kistonlik mutaxassislar masalaga jiddiy qarasa, yomon bolmas edi.

Rogun GESidek katta inshoot da biron kor-hol bolsa-yu, uning togoniga shikast yetsa va katta suv harakatga kelsa, nafaqat Tojikistonda, balki butun min taqada mislsiz ofat yuz berishi aniq. Sayan-Shushenskda sodir bolgan kulfat bunday hol ehtimoldan xoli emasligini korsatdi. Faqat u yerdagi GES tekislikda joylashgan bolib, uning omboridan toshgan suv keng miqyosda yoyilib ketdi. Rogunda esa vaziyat bunday emas. Tasavvur qiling, Pomir togi yuqorisida joylashgan dengiz suvi pastga qanday shiddat bilan oqadi? Shundaquyida ishlab turgan qator suv omborlari, jumladan, Nurek stansiyasidagi ikkinchi dengizda tosh qin hosil boladi. Suv omborlaridagi suvlar togdan quyiga 100 metr baland likda shiddat bilan yopiriladi. Yaponiyani larzaga solgan sunami buning oldida hech gap bolmay qoladi.

Shunday ekan, Rogun GESi kabi xatarli loyihani amalga oshirish mintaqadagi xavfsizlikka ochiq-oshkora tahdid solish, demakdir. Bunday holatdan chiqishning oqilona yoli katta inshoot orniga bir necha kichik orta hajmdagi GESlar qurishdir. Kichik GESlarni qu rish ham oson, ham arzon, ham tez ishga tushadi.

Takidlash joizki, hozirgi vaqtda Yevropada ham, taraqqiy topgan boshqa mamlakatlarda ham togli joylarda yirik GESlar qurish tajribasidan voz kechilgan. Bunday inshootlarning atrof-muhitga salbiy tasiri va xavfli-xatarli ekani isbot talab etmaydigan haqi qat. Shu bois yirik inshoot emas, kichik va ortacha GESlar rusumga kirgan. AQShda va Yevropa mamlakatlarida ishlab turgan katta GESlar toxtatilishi va ular ornida elektr quvvatining muqobil manbaalari barpo etilishi kuzatilmoqda.

Rogun GESi va qurilishi, u bilan bogliq muammo va murakkab ekologik vaziyat Orta Osiyo xalqlarini emas, balki jahon hamjamiyatini jiddiy tashvishga solmoqda. Yevropa Ittifoqi Orol fojiasi, Orol boyi mintaqasining ekologik, ijtimoiy-iqtisodiy va demo grafik muammolari, Orol dengizining hayotbaxsh manbalari Amudaryo va Sirdaryo suvlaridan oqilona foydalanish, gigant GESlar orniga tejamkor va ixcham energiya manbai qurish taklifini ilgari surayotgan Ozbekiston rahbarining qarashlariga xay rixohlik bildirib kelmoqda. Yevropa Ittifoqi Rogun GESi qurilishi loyihasi boyicha xalqaro ekspertiza otkazishni yoqlab chiqdi va bu vazifani oz zimmasiga olgan Jahon Bankiga yor dam berishga Ittifoq tayyor ekanini bildirdi.

Taniqli davlat va jamoat arbobi, qator ilmiy asarlar muallifi, Parij-Sarbonna universiteti professori Jak Barra Fransiyaning nufuzli nashrlarida chop etilgan Oz bekiston geopolitikasi (Geo politique de l`Uzbe kistan. Paris, Edition SPM, 2010. R.217.) asa ridakolxozlashtirish, sov xozlashtirish, paxta yakkaho kimligi va kor-korona gigant elektr inshootlari qurish, Biz Tabiatni boysundiramiz! degan kaltabin mafkura oxir-oqibat bugungi ekologik kulfatlarni keltirib chiqarganini juda qatiy takidlaydi. Ulkan GESlar qurish fikridan qaytmagan qoshni davlatlarni yaqin otmish xatosini yana takrorlamaslikka davat qiladi.

Oz xalqining tinchligi va omonligini har narsadan ustun qoya oladigan davlat rahbari har qanday murakkab vaziyatda ham oqilona yol tanlaydi. Fukusima falokatidan song Yaponiya hu kumati rahbari Naoto Kan mamlakat uchun naqadar muhim bolsa-da, yadro energiyasidan voz kechish taklifi bilan chiqdi. Kop lab ekspertlarning zamonaviy AESlar butkul xavfsiz degan fikrlari ham uni bu yoldan qaytara olmadi. U energiya manbaining muqobil xillari qu yosh, shamol, yoqilgi energiyasi va shu kabilardan foydalanish lozim, degan fikr ga keldi. Yaponiyadagi halokat Yevropaning qator mamlakat lari ham yadro ener giyasidan foydalanishga chek qoyishga, davlat miqyosi da gi loyihalarni toxtatib, muqobil loyihalarni organishga sabab boldi. Bu jarayon davom etmoqda.

Tojikiston ham katta imkoniyatlar mamlakati. Tojikiston rahbariyati Rogun GESi loyihasidan oz vaqtida voz kechib, elektr energiyasi olishning, qolaversa, daromad topishning boshqa muqobil yol larini izlab topishga qodir. Ular xalqlarimizning tinchligi va osoyishtaligini kozlab, mintaqamizdagi ekologik ha lokatlar oldini olishni oy lab, shunday yol tutishiga umid qilamiz.

Haydarali YuNUSOV,

yuridik fanlar nomzodi,

Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti dotsenti.



Fikr va mulohazalar

Spam bot protection (CAPTCHA)

Songgi yangiliklar: