O'zb  
 

Oxirgi sonda



Ko'p o'qilgan maqolalar



Dolzarb mavzu



Maqolalar arxivi

«    Oktabr 2019   
Du Se Cho Pa Ju Sha Ya
30 1 2 3 4 5 6
7 8 9 10 11 12 13
14 15 16 17 18 19 20
21 22 23 24 25 26 27
28 29 30 31 1 2 3
16.11.2011

Fuqarolik jamiyatining muhim sharti

Davlat boshqaruvi va hokimiyat organlari faoliyati oshkoraligini ta’minlashdir

Har qanday jamiyatda davlat hokimiyati organlari qabul qilayotgan qarorlar, xususan, fuqarolarning qonuniy manfaatlari bilan bog‘liq hujjatlardan aholini xabardor qilib turish demokratiyaning muhim tamoyillaridan hisoblanadi. Chunki bu — davlat organlari faoliyati ochiq va oshkora olib borilishini taminlaydi. Qarorlar qabul qilishdan avval mutaxassislar va faollar bilan maslahatlashadigan rahbarlar oz emas. Chuqur oylab qabul qilingan bunday qarorlar xalq farovonligi, yurt ravnaqiga xizmat qiladi. Ammo shunday rahbarlar ham borki, ular ozboshimchalik bilan chiqargan qarorlar qonunga zid bolib, odamlarda norozilik tugdiradi.

Fargona viloyati adliya bosh qarmasi boshligining birinchi orinbosari Ravshan Qirgizov takidlashicha, ayrim hokimliklar tomonidan qabul qilingan qarorlar organib chiqilganida 7 ta holatda (Oltiariq, Ozbekis ton, Fargona tumanlarida) noqonuniy topshiriq yoki majburiy yuklash holatlariga yol qoyilgan.

Adliya boshqarmasi kiritgan taqdimnoma asosida bir qancha qarorlar bekor qilindi yoki qonunlarga moslashtirildi. Masalan, Ozbekiston tuman hokimi Abrorjon Boborahimov imzo chekkan qarorlar organilgach, noqonuniy holatlar aniqlandi. Hokimlikning «Futbol mavsumiga tayyorgarlik korish va uni otkazish togrisida»gi qarorining 1-bandida homiylar royxati 3-ilovaga asosan tasdiqlansin, deyilgan bolib, Oqtepa Texsaroy, Bengaz, Navroz, Yaypangips, Yaypan ishonch mebel va boshqa tadbirkorlik sub ekt larining roziligisiz ular tadbir uchun mablag ajratishi belgilangan. Holbuki, Ozbekis ton Respublikasining Tadbirkorlik fao liya ti erkinligining kafolatlari togrisidagi qonuni 23-moddasida Tadbirkorlik subekt larining mulki daxlsizdir va qonun bilan muhofaza qilinadi, 34-moddasida esa Davlat organlari va ularning mansabdor shaxslari tadbirkorlik sub ektlarining faoliyatiga aralashishga haqli emas deb belgilab qoyilgan.

Mamlakatimizda futbolning rivojlanishi uchun davlat tomonidan juda katta ishlar qilinyapti. Bunday xayrli ishga ixtiyoriy ravishda hissa qoshaman, degan tadbirkorlar ham oz emas. Lekin bu hokimga qaror bilan ularni majburlash hu quqini bermaydi, albatta.

Yoki yana bir misol. Sox tumani hokimi Mansurjon Ma majonovning Tumanda istemol qilingan ichimlik suvi uchun tasdiqlangan meyorda haq to lashni joriy qilish haqidagi Farmoyishi ham bekor qilindi. Chunki hokim oz mansabini suiistemol qilib, amaldagi qonunlarga zid ravishda Umumiy foydalanuvdagi ichimlik suvi tarmogidan foydalanuvchilar uchun 200 somdan, alohida yoki oz uyida ichimlik suvi tarmogi mavjud bolganlardan jon boshiga 400 somdan haq tolab berishni joriy qilgan.

2011 yilning birinchi yarmi davomida tadbirkorning huquqlarini himoya qilish boyicha mansabdor shaxslarni intizomiy javobgarlikka tortish haqida 148 ta taqdimnoma kiritdik, deydi viloyat adliya boshqarmasi boshligining birinchi orinbosari Ravshan Qirgizov. Unga kora 175 ta shaxs intizomiy javobgarlikka tortildi, shundan 17 tasi egallab turgan lavozimidan ozod qilindi. Yana ikki nafar shaxs jinoiy javobgarlikka tortildi. Nazorat qiluvchi organlar 35 ta ruxsatsiz tekshirish otkazgan, 348 holatda esa tekshirish otkazish tartibi buzilgan. Aniqlangan holatlar boyicha 8 ta mansabdor shaxs mamuriy javobgarlikka, 42 ta mansabdor shaxs esa intizomiy javobgarlikka tortilgan.

Bu kabi hokim va mansabdor shaxslar qarorlarining bekor qilinishi bir jihatdan ular huquqiy ekspertizadan otmaganligi bilan bogliq bolsa, ayrimlari ortida mansabini suistemol qilib, shaxsiy boylik orttirish maqsadi turadi.

Furqat tumanining sobiq hokimi Alisher Dehqonov tuman yer resurslari va davlat kadastri bolimi boshligi lavozimida ishlagan Bahrom Qurbonov bilan jinoiy til biriktirib, fuqaro Momin Ixsonovdan Avtomobillarga siqilgan gaz toldirish kompressor stansiyasi qurish uchun 0,2 ga yer maydoni ajratish togrisida qaror chiqarib bergani uchun 8 ming AQSh dollari miqdorida pora olishgan. Keyinchalik Momin Ixsonov tegishli idoralardan rasmiy litsenziya ololmagani hamda bunday stansiyani qurishga shaxsiy mablagi yetmasligi tufayli berilgan porani qaytarishni bir necha bor talab etgan. Olarda kirar jonim, berarda chiqar jonim, deb bejiz aytmagan ekanlar. Ho kim Alisher Dehqonov Bahrom Qurbonovni chaqirib, yerni bosh qa odamga sotib Momin Ixsonovni tinchitishni aytadi. Lekin koza kunida sinar ekan. Fargona viloyat MXX xodimlari jinoyatni fosh etdilar. Alisher Dehqonov ham, Bahrom Qurbonov ham qilmishlariga iqror bolib, suddan kechirim soraganida kech edi. Jinoyat ishlari boyicha Far gona viloyat sudi ularga qilmishiga yarasha jazo tayinladi.

Xuddi shu sudda viloyat xalq talimi boshqarmasining so biq boshligi Rahmatjon Dadajonov Fargona shahridagi futbol maktab-internati direktori Farhod Ergashev bilan hamtovoqlikda shu maktab direktori orinbosari Lochinbek Mamarasulovni Fargona shahridagi 11-orta maktabning direktori lavozimiga tayinlash uchun 2 ming AQSh dollari miqdorida pora olganligi uchun on yil muddatga ozodlikdan mahrum etildi. Jinoyatchilar sudda ayblariga iqror bolib, hozir belgilangan jazoni otamoqdalar.

Kattami-kichikmi, rahbar kishi uchun eng ogir jazo el nazaridan qolish. Ozini hurmat qilgan rahbar buni yaxshi biladi. Afsuski, manmanlikka berilib yoki nafs balosiga uchib, ozini badnom qilayotgan rahbarlar hamon uchrab turibdi.

Tabiiy savol tugiladi: Xosh, nega viloyat, shahar, tuman hokimligi, boshqa davlat bosh qaruv idoralarining mansabdor shaxslari orasida yuqoridagi kabi qonunbuzarlik va jinoyatlarga qol urmoqda?

Mutaxassislar otkazgan tad qiqotlar hamda Fargona vi loya ti misolidagi voqeliklar tahlillari shuni korsatadiki, koplab jinoyatlar mansab vakolatlarini suiistemol qi lish imkoniyati bilan bogliq holda sodir etilyapti. Demak, birinchidan, mansabdorlar faoliyatida oshkoralik, ochiqlik kerak, ikkinchidan, jamoatchilik nazorati esa amalda kuchayishi, uchinchidan, ommaviy axborot vositalari hayotiy voqeliklarni yoritishda ichki qobiqdan chiqa olishi lozim. Holbuki, buning barcha qonuniy asoslari mavjud. Tortinchidan, yuqorida nomlari tilga olingan shahar, tumanlardagi mahalliy Kengash deputatlari loqaydlik qilganlari, deputatlik vakolati doirasida rahbarlarning noqonuniy xatti-harakati, qabul qilgan qarorlariga munosabat bildirmagani ham jiddiy sabablardan biridir.

Darhaqiqat, bunday kongilsiz hodisalarda bilvosita bizning ham aybimiz bor, deb bilamiz, deydi Nuroniy jamgarmasi viloyat kengashi raisi, xalq deputatlari viloyat Kengashidagi OzXDP deputatlik guruhi azosi Topvoldi Xoldorov. Bizda yoshi ozingdan kattaga, rahbarga gap qaytarma, yuziga chopma degan andisha bor. Ammo shuni tushunib yetishimiz kerakki, rahbarning kamchiligini aytish odobsizlik emas. Aksincha, biz bu bilan unga yordam bergan, keyingi notogri harakatlarining oldini olgan bolamiz. Men bir necha bor tuman va viloyat Kengashlari deputatligiga saylanganman. Ammo biror marta biror deputat hokimga mana bu qaroringiz notogri yoki mana bu ishlar yaxshilikka olib kelmaydi, deb aytganini, uni togri yolga boshlaganini eslay olmayman.

Ozbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining ayrim moddalariga ozgartish va qoshimchalar kiritish togrisida (78, 80, 93, 96 va 98-moddalariga)gi Ozbekiston Respublikasi Qonuni ijro ho kimiya ti ustidan parlament nazoratini kengaytirish boyicha qonun chiqaruvchi hokimiyatning rolini, vakolatini kuchaytirishning muhim omili boldi. Ammo quyida, mahalliy Kengashlarda-chi? Togrisi, tuman, shahar yoki viloyat hokimliklari va ularga tegishli idoralar faoliyati ustidan jamoatchilik nazoratini yolga qoyishda kamchilik va muammolar oz emas.

Prezidentimiz ilgari surgan Mamlakatimizda demokratik islohotlarni yanada chuqurlashtirish va fuqarolik jamiyatini rivojlantirish konsepsiyasida ommaviy axborot vositalari faoliyatiga doir yangidan 6 ta, jumladan, Davlat hokimiyati va bosh qaruvi organlari faoliya tining ochiqligi togrisida Qonun qabul qilinishi belgilab berilgan. Agar ilgari markaziy va mahalliy hokimiyat idoralari faoliyatini faqat ularning ozlari muassis bolgan nashr hamda davlat telekanallari muxbirlari yoritgan bolsa, yangi qonun lo yihasida davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari faoliyatini yoritishda mansubligidan qati nazar, barcha ommaviy axborot vositalari teng huquqli ekani takidlangan.

Bugun mamlakatimiz taraqqiyotining shunday bosqichiga yetib keldikki, endi demokratik islohotlarni yanada chuqurlashtirish, jamoatchilik nazoratini kuchaytirish talab etiladi. Zero, davlat boshqaruvi va hokimiyat organlari faoliyati oshkoraligini taminlash demokratik tamoyilning muhim sharti hisoblanadi.

Muhammadjon OBIDOV,

Ozbekiston ovozimuxbiri.



Fikr va mulohazalar

Spam bot protection (CAPTCHA)

Songgi yangiliklar: