O'zb  
 

Oxirgi sonda



Ko'p o'qilgan maqolalar



Dolzarb mavzu



Maqolalar arxivi

«    Oktabr 2019   
Du Se Cho Pa Ju Sha Ya
30 1 2 3 4 5 6
7 8 9 10 11 12 13
14 15 16 17 18 19 20
21 22 23 24 25 26 27
28 29 30 31 1 2 3
21.02.2013

YANA TOYLAR HAQIDA

El-yurt oldiga dasturxon yozib, to‘y berish milliy qadriyatlarimizdan hisoblanadi. Shu bois «hammani toyga yetkazsin», topganingiz toyga buyursin, kabi samimiy tilaklarni eshitganda kayfiyatimiz kotariladi. Uzoq yillar tayyorgarlik koriladigan bu shodiyonaning esa bir umr yodda qolarli bolishini orzu qilamiz. Shukrki, yurtimizning tinch-osoyishtaligi, farovonligi tufayli toy-hashamlarimiz yanada fayzli otmoqda.

Afsuski, toylarda ota-bobolarimizdan meros qadriyatlarga hurmatsizlik, dabdababozlik, ortiqcha rasm-rusumlar, ozligimizga begona urf-odatlarga kor-korona ergashish kabi holatlar ham uchrab turibdi. Boyligini koz-koz qilish, goyo obro orttirishni oylaydiganlar dabdabayu isrofgarchilik qilib, turli xil urflarni oylab topmoqda.

— Yaqinda bir toyga borgandim, deydi Mirzachol tuman tibbiyot birlashmasi shifokori Tohirjon Oljayev. Nikoh bazmi boshlanganidan kop otmay kelin-kuyov davraga taklif etildi. Yoshlar avvaliga quchoqlashib, bir-birlaridan bosa olib, song valsga tushishdi. Bu holatga kopchilik ajablanib qaradi. Kelin-kuyovning ota-onalari esa ozlarini kormaganga olishdi. Togri, yoshlar yangilikka och boladi. Ammo endigina oilaviy hayotga qadam qoyayotgan yoshlarning yuzlab odamlar oldida ozligimizga xos bolmagan, yarashmagan bunday qiliqlariga nega befarq qarab turishimiz kerak?

Xalqimiz farzand dunyoga kelishini katta baxt deb biladi. Shu quvonchli lahzalarni nishonlashga doir gozal qadriyatlarimiz bor. Biroq bu borada ham oxirgi paytlarda toqlikka shoxlik qilish, men sendan kammanmi qabilida isrofgarchilikka yol qoyish holatlari ham kozga tashlanmoqda.

Mahallamizdagi oziga toq xonadonlarning birida nevara farzand dunyoga keldi, deydi Jizzax iqtisodiyot va xizmat korsatish kasb-hunar kolleji oqituvchisi Muyassar Sulaymonova. Shu sabab xonadon egalarini tabriklash uchun bordim. Hovliga stol-stul qoyib, 400-500 chogli kishiga dasturxon yozilganini korib hayron boldim. Bir payt karnay-surnay sadolari ostida mashinalarning betoxtov signal chalgani eshitildi. Tashqariga chiqqanimda uzun Limuzin orqasida 7-8 tacha bir xil rusum va rangdagi mashinalar ketma-ket turardi. Limuzindan chaqaloqni ota-onasi olib tushdi. Poyiga gullar, qand-qurslar sochildi. Farzand qiz ekan. Buvijonisi hammaga koz-koz qilib nevarasiga qimmatbaho sirga sovga qildi. Keyin boshqa qarindoshlar ham sovga-salom ulashib ketdi. Ajablanganimni sezgan yonimdagi ayol Ha, endi bu ham bir urfda, deb qoydi. Farzand ogil bola bolsa-chi? degan savolimga hali shuni ham bilmaysizmi deganday Ogil bolaga toychoq sovga qilishadi, deb javob qaytardi.

Endi shu orinda bir oylab koring, bunday odat yoki an’ana bizda bormidi? Albatta, yoq. Xop, imkoniyati borlar nevarasiga tilla sirga yoki yengil mashina kabi qimmatbaho sovgalar berib, tuguruqxonadan qosha-qosha yengil mashinalarda olib chiqar. Elga dasturxon yozib, 50-100 kilolik osh ham berar. Ammo bunday dabdabani korgan orta hol xonadon egalari nima qilsin? Har narsaning, hatto orzu-havasning ham chegarasi bolgani maqul emasmi? Boshqalarni, qoni-qoshnilarni hurmat qilgan odam dabdababozlikka berilmaydi.

Bilasizmi, bir toyda kuyovni har tomondan orab olgan qizlarni korib dilim ranjidi, deydi Jizzax tumanidagi Nilufar maktabgacha talim muassasasi mudiri Ogiloy Sodiqova. Kelinni esa shox yigitlar toyxonaga olib kirishganida esa kozlarimga ishonmay qoldim. Kelin davraga kelib qolidagi guldastani orqaga otdi. Shunda qizlar qiy-chuv qilishib, uni ilib olishga shoshilishdi. Chaqqonroq qiz guldastani qolga kiritib, boshi uzra kotargancha hammaning oldida maqtandi. Ularning bu qiligini kuzatar ekanman, ertaroq turmushga chiqishni, tezroq kelin bolishni istayotganligini bildirib qoyayotganidan xijolat tortdim. Nahotki, qizlarimiz bunday xatti-harakatlaridan toyxonadagi ota-onasi, aka-ukalaridan uyalishmasa, deb oyladim.

Toy-tantana xalqimizning asrlar osha sayqal topib kelayotgan qadriyatlaridan biri. Unda ozligimiz, orzu-umidlarimiz, ota-bo-bolarimizdan qolgan boy meros namoyon. Shunday ekan, kimningdir dabdabasi sabab bizga begona urflar bora-bora ommalashib ketmasligi uchun yoshlarimizga otkinchi hoyu havaslarga kor-korona taqlid qilish noorinligini tushuntiraylik. Farzandlarimizni milliy qadriyatlarimizga hurmat ruhida tarbiyalab borish eng sharafli vazifamiz ekanligini unutmaylik.

Ibrohim JONUZOQOV,

Ozbekiston ovozi muxbiri.


Fikr va mulohazalar

Spam bot protection (CAPTCHA)

Songgi yangiliklar: