O'zb  
 

Oxirgi sonda



Ko'p o'qilgan maqolalar



Dolzarb mavzu



Maqolalar arxivi

«    Oktabr 2019   
Du Se Cho Pa Ju Sha Ya
30 1 2 3 4 5 6
7 8 9 10 11 12 13
14 15 16 17 18 19 20
21 22 23 24 25 26 27
28 29 30 31 1 2 3
19.02.2013

BEPUL VA PULLIK TIBBIY XIZMAT

O‘zXDP OZ DASTURIY MAQSADLARIGA ASOSAN TIBBIYoT SOHASI BARQAROR RIVOJLANIShI, IJTIMOIY MUHOFAZAGA MUHTOJ AHOLI, SHUNINGDEK, ONALAR VA BOLALARGA TIBBIY XIZMAT KORSATISh DARAJASINI OShIRISh TARAFDORI

Har bir mamlakat ijtimoiy hayotining yuksalishi, kelajak avlodning ma’nan barkamol, jismonan baquvvat bolib voyaga yetishi milliy tibbiyot tizimining nechogli taraqqiy etganiga, undan aholining barcha qatlamlari foydalanishi qanday kafolatlanganiga bogliq.

Yurtimizda mustaqillik yillarida tibbiyot sohasida, eng avvalo, malakali mutaxassislar tayyorlash chora-tadbirlari korildi, tibbiyot maskanlari zamonaviy asbob-uskuna va jihozlar bilan taminlandi. Aholining barcha qatlami uchun malakali tibbiy xizmatdan bepul foydalanish imkoniyati yaratib berildi. Ayniqsa, ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlam vakillariga alohida imtiyozlar joriy qilindi. Shu bilan birga, bozor iqtisodiyoti sharoitida, pullik tibbiy xizmat rivojlanishi uchun ham yetarli shart-sharoit yaratilgan.

Tahririyatimizga pullik va bepul tibbiy xizmatlarning turlari, pullik tibbiy xizmatlardagi narx-navoning shakllanish asoslari togrisida koplab savollar bilan murojaatlar bolmoqda. Ushbu masalalar boyicha gazetxonlarga, partiyamiz elektorati vakillariga kengroq malumot berish maqsadida, Ozbekiston Respublikasi Sogliqni saqlash vazirligining Xususiylashtirish va pullik xizmatni tashkil etish markazi direktori Abduvali AGZAMOV bilan suhbatlashdik.

— Ozbekiston Respublikasining «Fuqarolar sogligini saqlash togrisida»gi qonuniga asosan, davlat davolash-profilaktika muassasalari DPM tomonidan aholiga kafolatlangan tibbiy va boshqa turdagi yordam bepul korsatiladi. Shuningdek, davlat tomonidan kafolatlangan tibbiy yordamdan tashqari xizmatlar qoshimcha hisoblanadi va belgilangan tartibda pul tolash orqali amalga oshiriladi.

Prezidentimizning 1998 yil 10 noyabrdagi Farmoni bilan tasdiqlangan Sogliqni saqlash tizimini isloh qilish Davlat dasturiga asosan kafolatlangan bepul tibbiy xizmatlar doirasiga shoshilinch, kechiktirib bolmaydigan tibbiy yordam korsatish, sogliqni saqlash tizimining birlamchi boginida va bir qator davlat davolash-profilaktika muassasalarida, birinchi navbatda qishloq joylardagi tibbiyot muassasalarida tibbiy xizmatlar korsatish, aholini yuqumli kasalliklarga qarshi immunizatsiyalash va emlash, ijtimoiy ahamiyatga ega va atrofdagilar sogligiga xavf tugdiruvchi sil, xavfli osma, ruhiy, narkologik, endokrinologik hamda kasb kasalliklariga duchor bolgan shaxslarga ixtisoslashgan tibbiy yordam korsatiladi. Shuningdek, bolalarni tekshiruvdan otkazish va davolash, 15-17 yoshdagi osmirlarni hamda chaqiruv komissiyalarining yollanmalari bilan chaqiriq yoshidagi (18-27 yosh) shaxslarni tekshiruvdan otkazish va davolash, homiladorlarga tibbiy xizmat korsatish, bemorlarning imtiyozli toifalari (nogironlar, urush faxriylari, girt yetimlar va boshqalar) kiradi.

Vazirlar Mahkamasining tegishli qarori bilan statsionar sharoitda DPMda (pullik muassasalardan tashqari) davolanayotgan ovqatlanish puli tolashdan ozod qilingan hamda ambulator sharoitda bepul dori-darmon bilan taminlanadigan fuqarolar toifasi va kasalliklar royxati tasdiqlangan. Bunga avvalo, onkologik, sil, ruhiy, giyohvandlik kabi kasalliklarga chalingan bemorlar ixtisoslashgan shifoxonalarda yuqumli kasalliklar, zahm kasalligi, OIVini yuqtirganlar (OITS), shoshilinch tibbiy yordam korsatilishida tasdiqlangan standartlar boyicha muhlatlarda reanimatsiya va intensiv davolanishni talab etadigan bemorlar, kamqonlik kasalligining barcha darajalarida homilador va tuqqan ayollar, endokrinologik kasalliklar bilan ogrigan shaxslar kiradi.

Statsionar sharoitda DPMda davolanayotganda ovqatlanish puli tolashdan ozod qilingan fuqarolar quyidagilar: bolalikdan nogironlar, girt yetimlar, I va II guruh nogironlari, 1941-1945 yillar urush nogironlari va qatnashchilari hamda ularga tenglashtirilganlar, ijtimoiy taminot muassasalarida hisobda turuvchi yakka-yolgiz pensionerlar, 1941-1945 yillar mehnat fronti qatnashchilari, Chernobil AES halokatini bartaraf etishda qatnashgan nogironlar, baynalminalchi jangchilar, bolalar va 17 yoshgacha bolgan osmirlar, mudofaa ishlari boyicha bolimlar yollanmalari bilan 18-27 yoshdagi harbiy xizmatga chaqiriluvchilar.

Shu orinda yana bir narsani takidlash joiz. DPMda ovqatga pul tolash vaqtinchalik tartibi qabul qilingan va bemor oz xohishiga binoan ovqatlanishi uchun (nonushtadan tashqari) pul tolashi yoki ovqatlanishga pul tolashdan qisman yoki butunlay voz kechishi mumkin. Bemorning ovqatga pul tolashdan bosh tortishi davolash muassasasiga qabul qilmaslik uchun asos bolmaydi.

Ambulatoriya sharoitida davolanayotgan bemorlarning qay toifasi bepul dori-darmonlar bilan taminlanadi?

Ushbu toifani onkologik, sil, moxov, endokrinologik, ruhiy kasalliklar, OIVini yuqtirganlar (OITS), yurak klapani protezi qoyilgan va azolari kochirilgan bemorlar, ozgalar qaroviga muhtoj yakka-yolgiz pensionerlar, 1941-1945 yillar mehnat fronti qatnashchilari, 1941-1945 yillar urush nogironlari va qatnashchilari, hamda ularga tenglashtirilganlar, Chernobil AES halokatini bartaraf etishda qatnashgan nogironlar, baynalminalchi jangchilar, yadro poligonlarida va boshqa radiatsiya-yadro obektlarida harbiy xizmatni otagan pensiya yoshidagi shaxslar tashkil etadi.

Vazirlar Mahkamasining 2008 yil 18 martdagi Hududiy sogliqni saqlash muassasalarining tashkiliy tuzilmasini va faoliyatini takomillashtirish chora-tadbirlari togrisidagi qaroriga asosan, viloyat kop tarmoqli tibbiyot markazlarida Davlat byudjeti mablaglari hisobiga bepul tibbiy yordam korsatiladigan imtiyozli shaxslar royxati aniqlangan.

Songgi yillarda koplab ixtisoslashtirilgan tibbiy markazlar tashkil etildi, ular bugun samarali faoliyat korsatmoqda. Ushbu tibbiy muassasalarda davolanayotganlar uchun qanday imtiyozlar belgilangan?

Davlatimiz rahbarining 2003 yil 26 fevraldagi Farmoniga asosan akademik V.Vohidov nomidagi ixtisoslashtirilgan xirurgiya, urologiya, koz mikroxirurgiyasi va kardiologiya markazlarida maxsus yollanmalarga (orderlarga) asosan davlat byudjeti mablaglari hisobiga bepul davolanadigan imtiyozli toifadagi shaxslar royxati belgilangan. Unga binoan, bolalikdan nogironlar, girt yetimlar, I va II guruh nogironlari, 1941-1945 yillar urush nogironlari va qatnashchilari hamda ularga tenglashtirilganlar, yoshga oid ishlamaydigan pensionerlar, 1941-1945 yillar mehnat fronti qatnashchilari, Chernobil AES halokatini bartaraf etishda qatnashgan nogironlar, baynalminalchi jangchilar, fuqarolar oz-ozini boshqarish organlarida moddiy yordam oluvchi kam taminlangan oila azolari imtiyozli toifadagi shaxslar hisoblanadi. Bunday bemorlar Markazlarda davolanishi uchun ularga hududiy sogliqni saqlash boshqarmalari tomonidan maxsus yollanmalar (orderlar) beriladi. Imtiyozga ega bolmagan fuqarolarga tibbiy xizmat pullik asosda korsatiladi.

Shuningdek, Vazirlar Mahkamasining 2009 yil 21 maydagi Respublika ixtisoslashtirilgan ilmiy-amaliy tibbiyot markazlari faoliyatini tashkil etish masalalari togrisidagi qaroriga asosan, Respublika ftiziatriya va pulmonologiya hamda pediatriya ilmiy-amaliy tibbiyot markazlarida barcha xizmatlar bepul. Respublika ixtisoslashtirilgan dermatologiya va venerologiya hamda terapiya va tibbiy reabilitatsiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazlarida esa, yuqoridagi Ixtisoslashtirilgan Markazlarda imtiyozli toifadagi shaxslardan tashqari, 15 yoshgacha bolgan bolalar, 15-17 yoshdagi osmirlar va chaqiruv komissiyalari yollanmalari boyicha chaqiriq yoshidagi (18-27 yashar) shaxslarga bepul tibbiy yordam korsatiladi.

Respublika akusherlik va ginekologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazida vazirlik tomonidan tasdiqlanadigan royxat boyicha patologiyali homilador ayollarga, 15 yoshgacha bolgan bolalarga mavjud orinlar fondi va markaz poliklinikasi davolash quvvatining 20 foizigacha miqdorida, Respublika endokrinologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazida ham tasdiqlanadigan royxat boyicha endokrin kasalliklardan azob chekadigan bemorlarga mavjud orinlar fondi va markaz poliklinikasi davolash quvvatining 30 foizigacha miqdorida bepul xizmat korsatiladi.

Pullik xizmatlar narxini kim belgilaydi va uni tartibga solib turuvchi meyorlar hamda ushbu narx-navolar ustidan qaysi vakolatli idoralar nazorat qilishi haqida ham malumot bersangiz.

Pullik tibbiy xizmat korsatuvchi barcha muassasalar vazirlik yoki uning hududiy boshqarmalari tomonidan beriladigan maxsus ruxsatnomalarga ega bolishi lozim. Bunday muassasalarda fuqarolar bilan, albatta, shartnoma tuzilishi va ularga pul tolanganligi togrisida kvitansiya berilishi kerak.

Ozbekiston Respublikasining Istemolchilar huquqlarini himoya qilish qonuniga asosan, aholini tegishli axborot va malumot bilan taminlash maqsadida, vazirlik tizimidagi barcha tibbiyot muassasalarida axborot burchaklari tashkil etilishi va pullik tibbiy xizmat korsatish tartib va qoidalari, korsatiladigan xizmat narxlari, maxsus ruxsatnomalar nusxasi korinarli joylarga osib qoyilishi belgilangan.

DPMda korsatilayotgan pullik xizmatlarga kalkulyatsiya (narx)lar amaldagi tartib-qoidalarga asosan tibbiyot muassasalari tomonidan ishlab chiqilib, ozidan yuqori turuvchi boshqaruv idoralari bilan kelishilgandan song amaliyotga tatbiq etiladi.

DPMda pullik xizmatlarga narxlarni nazorat qilish vazirligimiz hamda Ozbekiston Respublikasining Xususiylashtirish, monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish Davlat qomitasi bilan hamkorlikda amalga oshiriladi.

Shuni aytish kerakki, davlatimiz rahbarining 2011 yil 28 noyabrdagi Sogliqni saqlash tizimida islohotlarni yanada chuqurlashtirish chora-tadbirlari togrisidagi qarori asosida vazirlik tizimidagi sogliqni saqlashning ikkilamchi (viloyat kop tarmoqli markazlari, viloyat umumiy profildagi shifoxonalari) va uchlamchi (respublika ixtisoslashgan markazlar, oliy oquv yurtlari va ilmiy-tekshirish klinikalari) boginiga tegishli bolgan tibbiyot muassasalari bosqichma-bosqich ozini-ozi moliyalashtirish asosida faoliyat korsatishga otayotgani munosabati bilan ushbu muassasalarda aholiga pullik tibbiy xizmat korsatish yolga qoyilmoqda. Bunda bemorlarga pullik xizmat korsatilgani haqida kvitansiya, yani tolov qogozi taqdim etiladi. Takidlash lozimki, pullik servis xizmatlari majburiy bolmay, balki bemorlarning xohish-istaklariga binoan korsatiladi.

Ozbekiston ovozi muxbiri,

Obiddin MAHMUDOV suhbatlashdi.


Fikr va mulohazalar

Spam bot protection (CAPTCHA)

Songgi yangiliklar: