O'zb  
 

Oxirgi sonda



Ko'p o'qilgan maqolalar



Dolzarb mavzu



Maqolalar arxivi

«    Oktabr 2019   
Du Se Cho Pa Ju Sha Ya
30 1 2 3 4 5 6
7 8 9 10 11 12 13
14 15 16 17 18 19 20
21 22 23 24 25 26 27
28 29 30 31 1 2 3
16.02.2013

FARZANDLIKKA OLISH

bola kelajagi va taqdiri bilan bog‘liq masala

Gazetamizning avvalgi sonlarida Fuqarolik protsessual kodeksiga va Oila kodeksiga oila institutini takomillashtirishga qaratilgan o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritilayotgani, xususan, bolani farzandlikka olish bo‘yicha yangi institut joriy etilayotgani, buning ijtimoiy ahamiyati haqida deputatlar, partiyamiz faollari, ziyolilar, huquqshunos olimlar va gazetxonlardan o‘z fikr-mulohazalarini bildirishini so‘ragan edik.

Komila KAROMOVA, Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati, O‘zXDP fraksiyasi a’zosi:

— Bolani farzandlikka olish bo‘yicha sud tartibi joriy qilinishi, buning ijtimoiy ahamiyati haqida kengroq tasavvurga ega bo‘lish uchun dastlab farzandlikka olish tushunchasiga alohida to‘xtalib o‘tish kerak, deb o‘ylayman.

Milliy qonunchiligimizga muvofiq, farzandlikka olish ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan, zarur hollarda, ota-ona qaramog‘idagi voyaga yetmagan bolalarni ularning manfaatlarini ko‘zlab o‘z farzandligiga olishdir.

Farzandlikka olishda farzandlikka oluvchi va farzandlikka olinuvchining jinsi, millati, tili, dini, e’tiqodi, shuningdek, kelgusida bolaning sog‘lig‘i, uning jismoniy, ruhiy, ma’naviy va axloqiy rivojlanishi uchun to‘liq sharoit yaratilishi hisobga olinishi shart. Bunda ayrim holatlarda farzandsiz oilalar va farzandlikka oluvchi manfaatlari, farzandlikka oluvchi va farzandlikka olinuvchining etnik kelib chiqishi, aka-uka, opa-singil egizaklarning manfaatlari e’tiborga olinishi Oila kodeksida belgilab qo‘yilgan.

Voyaga yetgan erkak yoki ayol fuqarolar farzandlikka oluvchilar bo‘lishi mumkin. Ota-onalik huquqidan mahrum qilingan yoki ota-onalik huquqi cheklanganlar, qonun bilan belgilangan tartibda muomalaga layoqatsiz yoki muomala layoqati cheklangan deb topilganlar, asab kasalliklari yoki narkologiya muassasalarida ro‘yxatda turuvchilar, qonunda ko‘rsatilgan asoslar bo‘yicha farzandlikka olganligi bekor qilingan sobiq farzandlikka oluvchilar, qasddan sodir etgan jinoyatlari uchun ilgari sud hukmi bilan ozodlikdan mahrum qilinganlar farzandlikka olishlariga qonun bilan yo‘l qo‘yilmaydi.

Oila kodeksiga muvofiq, farzandlikka olishni sir saqlash qonun bilan himoya qilinadi. Fuqarolik holati dalolatnomalarini qayd etish daftaridagi va boshqa hujjatlardagi farzandlikka oluvchilar farzandlikka olinganlarning ota-onasi emasligini bildiradigan mazmundagi yozuvlar bilan tanishtirish, bu yozuvlardan ko‘chirmalar va boshqa ma’lumotlarni farzandlikka oluvchilarning roziligisiz, agar ular vafot etgan bo‘lsa, vasiylik va homiylik organining roziligisiz berish taqiqlanadi.

Farzandlikka olish to‘g‘risidagi ishlarning ko‘rib chiqilishi sudlar vakolatiga o‘tkazilishi farzandlikka olish bilan bog‘liq yuqorida keltirilgan va qonunchilikda belgilangan tegishli huquqiy mexanizmlarning aniq va samarali ishlashiga sharoit yaratadi.

Farzandlikka olish sud tartibida amalga oshirilishi xalqaro tajriba va milliy qonunchiligimiz prinsiplariga har tomonlama muvofiq keladi.

Mehri BOBOYEVA, O‘zXDP G‘allaorol tuman kengashi raisi:

— Farzandlikka olish farzandlikka olinayotgan bolaning kelajagi, taqdiri bilan bog‘liq juda muhim masala hisoblanadi. Bolajon xalq vakili sifatida hammamiz buni yaxshi tushunamiz.

Oliy Majlis Qonunchilik palatasida muhokama qilinayotgan «O‘zbekiston Respublikasining Fuqarolik protsessual kodeksi va O‘zbekiston Respublikasining Oila kodeksiga oila institutini takomillashtirishga qaratilgan o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida»gi qonun loyihasi farzandlikka olish institutini yanada takomillashtirish bo‘yicha dolzarb masalalarni hal etishga xizmat qiladi, deb o‘ylayman.

Oila kodeksining 151-moddasiga muvofiq, farzandlikka olish bolani farzandlikka olishni istagan shaxslarning arizasiga binoan hamda vasiylik va homiylik organi tavsiyasiga ko‘ra, tuman, shahar hokimi qarori bilan amalga oshirib kelinmoqda.

Bu esa bolalarni farzandlikka olish to‘g‘risidagi ishlar ko‘rib chiqilishida hamma jihatlarni hisobga olish, farzandlikka olinuvchi bolaning kelajagini o‘ylab, oqilona qaror qabul qilish imkoniyati yuqori emasligiga sabab bo‘lmoqda. Chunki hokim ko‘pincha farzandlikka olinuvchi va farzandlikka oluvchilar bilan uchrashmaydi. Ya’ni, ular haqida vasiylik va homiylik organlari tayyorlagan materiallar bo‘yicha sirtdan tasavvurga ega bo‘lgani holda inson taqdiri bilan bevosita bog‘liq qaror qabul qiladi. Bunday vaziyatda ayrim sub’ektiv munosabatlar ham farzandlikka olish bilan bog‘liq qarorlarga ta’sir ko‘rsatishi mumkin.

Bolani farzandlikka olish masalalarining sud tomonidan hal qilinishi esa qonuniy, asosli va adolatli qarorlar chiqarilishiga, bu borada ham odil sudlov amalga oshirilishiga, ota-onalarning oila va bolalar oldidagi konstitusiyaviy majburiyatlarini to‘liq bajarishiga sharoit yaratadi. Eng muhimi, farzandlikka olinuvchi bola huquqlari va manfaatlarining himoyalanishi, noqonuniy farzandlikka olish holatlariga yo‘l qo‘yilmasligi kafolatlanadi.

Shuni ham aytish kerakki, Fuqarolik protsessual kodeksi va Oila kodeksiga kiritilayotgan o‘zgartish va qo‘shimchalar milliy qadriyatlar hamda zamon talablarini hisobga olgan holda oila institutini yanada takomillashtirish, mustahkamlashga qaratilgani bilan ahamiyatlidir.


Fikr va mulohazalar

Spam bot protection (CAPTCHA)

Songgi yangiliklar: