O'zb  
 

Oxirgi sonda



Ko'p o'qilgan maqolalar



Dolzarb mavzu



Maqolalar arxivi

«    Oktabr 2019   
Du Se Cho Pa Ju Sha Ya
30 1 2 3 4 5 6
7 8 9 10 11 12 13
14 15 16 17 18 19 20
21 22 23 24 25 26 27
28 29 30 31 1 2 3
14.02.2013

NOTINCHLIK VIRUSI

O‘zbekistonimizda tinchlik-osoyishtalik va xavfsizlikni, fuqarolar va millatlararo ahillik va hamjihatlikni koz qorachigidek saqlash va mustahkamlash bundan buyon ham eng muhim, hal qiluvchi vazifamiz bolib qoladi.

Islom KARIMOV

Yigirma birinchi asr. Bugun dunyoda kimdir bosh qarayotgan, hech kim boshqarmayotgan, kimgadir boysunadigan, hech kimga boysunmaydigan Notinchlik virusi kezib yuribdi.

U chegaralardan tosiqsiz otayapti. Butun boshli mamlakatlar aholisining ongini zararlayapti. Kasallik belgilari — ongi ushbu virus bilan zaharlangan odamlar butun mavjudlikdan norozi. Ularni murosaga keltirishning iloji yoq. Ularning maqsadi bitta: vayron qilish, qon tokish...

Kimning qonini tokishmoqchi? Kimning mamlakatini vayron qilmoqchi? Ozlarining qonini tokmoqda. Bitta xalq bir birini oldirayapti, oz uyini buzyapti. Oilasi yashayotgan boshpanasini, bolasi oqiyotgan maktabni, onasi davolanayotgan shifoxonani portlatayapti, farzandlarini emlashga kelgan kongillilarni oldirayapti, oqishga borayotgan qiz yovuzlik qurboni bolayapti. Bu mamlakatlarga ishlashga, sayohatga kelgan xorijliklar garovga olinayapti. Ochlarga non, suv, olim toshagida yotganlarga dori-darmon keltirayotgan mashinalar yoq qilinayapti...

Notinchlik virusining dahshatli korinishlari faqat bular emas. Aeroportlar, vokzal, ommaviy bayramlar, hatto toy va diniy marosimlarda begunoh insonlar qurbon bolmoqda. Minglab oilalar boshiga qora kun tushmoqda.

Notinch, urush bolayotgan mamlakatlar aholisi bombardimonlardan, zoravonliklardan, tinimsiz otilayotgan snaryad va oqlardan oilasi, oz jonini asrash uchun uyini, Vatanini tashlab ketishga majbur bolyapti. Ular qoshni davlatlardagi qochoqlar lagerlaridan panoh topishmoqda. Sovuq, issiq ob-havo sharoitida chodirlarda kun kechirishmoqda. Qochqinlar uchun ajratilgan xalqaro tashkilotlarning gumanitar yordamlari esa oz vaqtida yetib kelmayapti. Jahon sogliqni saqlash tashkiloti ma’lumotlariga kora, bu yerlarda turli yuqumli kasalliklar tarqalish xavfi juda katta.

Eshitamiz, koramiz. Lekin bitta omonat ishonch kopchiligimizni adashtiradi. Ha, omonat ishonch. Goyoki bu urushlar, xunrezliklar bizdan juda-juda uzoqda. Aslida ham shundaymi?

«Dunyoning kopgina mintaqalaridagi qarama-qarshilik, qurolli toqnashuvlar, qonli fojialar, yon-atrofimizdagi notinch ahvol, avvalo Afgonistonda 30 yildan ziyod vaqt mobaynida davom etayotgan tahlikali vaziyat Vatanimizni har qanday balo-qazolardan asrash uchun doimo sezgir va ogoh bolib yashashimizni talab qiladi».

Jahon hamjamiyati hali ham bir millat, bir mamlakat boshiga tushgan kulfatlarga umumbashariy fojia deya qaramayapti. Bu falokatlarni tarqalib ketish xavfi yuqoriligidan koz yummoqda. Bugun qaysi mamlakat, qaysi xalq butun dunyoni larzaga solayotgan notinchlik virusidan himoyalangan?

Immunitet sozi lotin tilidan olingan bolib, manosi tirik mavjudotlarning oz butunligi va borligini saqlashi, turli kasallik tugdiruvchi viruslarga nisbatan chidamliligi, himoya reaksiyasidir.

Bizning asrimizga kelib mafkuraviy immunitet iborasi qollanila boshlandi. Bugun insoniyat oldida jismdan ham kora ongni tashqi tasirlardan himoya qilish muammosi paydo boldi. Odamlar, ayniqsa, yoshlar ongiga tajovuz qilishning yangi-yangi usullari qollanilayotgan, ishlab chiqarilayotgan, eksport qilinayotgan bir davrda aynan mafkuraviy immunitet tanqisligi sezilmoqda.

Ruhshunoslarning qayd etishicha soppa-sog insonning ruhiy qusurlari ijtimoiy va siyosiy sohalarga yorib kiradi hamda urush va inqilob korinishida namoyon boladi...

Malumki, yoshlar qabul qiluvchan, sezuvchan, tasirchan, ergashuvchan bolishadi. Shuning uchun ham notinchlik virusi ularning ongini zabt etishga qaratilgan. Bu yolda asosiy qurol internetdir. Uning vositasida har qanday xabar yashin tezligida tarqaladi. Internet auditoriyasining katta qismini yoshlar tashkil etishini hisobga olsak, vaziyat qanchalik ogir va murakkab ekanligini anglaymiz. Mutaxassislarning takidlashicha, bugungi kunda yot goyalar, maqsadlar, manfaatlar asosan internet orqali yuborilayapti. Va kop hollarda kozlangan qabihliklarga erishilmoqda.

Siyosatchilarning fikriga kora, notinch mamlakatlarda yillar davomida islohotlar otkazilmagan. Demokratik modernizatsiya jarayonlari jahon bilan hamqadam rivojlanmagan. Ijtimoiy-siyosiy muammolar toplanib qolgan. Ularning vaqtida hal etilmaganligi, davlat bilan xalq ortasida jarlik paydo bolishiga, xalqning davlatga bolgan ishonchi yoqolishiga, ertangi kunga bolgan umidi sonishiga olib kelgan.

Notinchlik virusining tarqalishiga quyidagi omillar ham zamin yaratadi. Loqaydlik, xabarsizlik, vaziyatni togri idrok qila bilmaslik, vaqtida himoyalanmaslik, yoshlar ongida boshliq paydo bolishiga yol qoyish...

Bu talatop dunyoda har bir millatning oz axloq tamoyillarini asrab qolishi oz jonini asrab qolishidek muhimdir.

Befarqlik qalb olimi.

2012 yilning 14 dekabri. Amerikada yuz bergan voqealarni eshitib, butun dunyo larzaga keldi.

AQShning Konnektikut shtatidagi boshlangich maktabga bostirib kirgan qotil 27 kishini otib oldirdi. Ularning 20 nafari 6-7 yoshdagi bolalar edi. Bu qabohatni, bu vahshiylikni korgan yana 600 nafar bolaning qalbi yaralandi. Ularning masum kozida bir umrga dahshat qotib qoldi.

Yoshi saksonni qoralab qolgan otam bir umr oqituvchilik qilgan. U kishi har doim Dunyo bolalarini asra, ular qatorida mening bolalarimni ham asra deya Yaratganga iltijo qiladi.

Dunyo bolalari. Bizning bolalarimiz.

Biz yigirma nafar bolamizni yoqotdik. Yangi yil arafasida, archa oldida, dasturxonimiz atrofida, jamiyatda ularning orni bosh qoldi.

Notinch dunyo uzra otilgan oq, begunoh insonlarning tokilgan qoni, millatlar va dinlar ortasida yuz berayotgan toqnashuvlar, tobora avj olayotgan fuqarolar urushlari, xunrezliklar, birodarkushlik, vayronkorlik, har kuni sodir etilayotgan terrorchilik harakatlari, turli xil qurol-yarog sinovlari, harbiy paradlar, harbiy tahdidlar, harbiy oquv mashgulotlari, atom bombasi yaratish yolidagi kurashlar, urush olib borayotgan tomonlardan birini mablag va qurol bilan taminlash, oz manfaatidan kelib chiqib, qollab-quvvatlash kabi siyosiy oyinlar, siyosiy nayranglar, bir masalaga ikki xil yondashish, axborot xurujlari, gegemonlik, buyuk millatchilik shovinizmi, dinlarni bir-biriga qarama-qarshi qoyishlar... insoniyat bilan birga 2013 yilga ham otdi.

Mamlakatimiz rahbari takidlaganidek, ey odamzot, kozingni och, atrofga bir qara, kechagi tarixdan xulosa, saboq chiqar! Bunday balo-qazolarga qarshi oz vaqtida chora korish, kerak bolsa, butun imkoniyatlarimizni ularga qarshi ishlatish, turli mamlakatlar, turli millat va elatlarning bir-biriga qarama-qarshi turib emas, balki ozaro yelkadosh bolib, til topishib, turli ofatlarni tomiri bilan yoq qilishini bugun zamonning ozi talab etmoqda. Buning yakkayu yagona yoli shu. Buni bugun tushunib, anglab olmasak, ertaga kech boladi...

Notinchlik virusiga moyillik kimlarda koproq korinadi?

Mamlakat manfaatidan oz manfaatini ustun qoyish, islohotlarga toganoq bolish, jamoatchilikda notogri fikr uygotish, turli igvo va bohtonlar toqish va tarqatish, yoshlar ozanini axloqsizlikka burish, millatlararo totuvlikka raxna solish, diniy adovatlar qozgash, asossiz malumotlar tarqatish, bir soz bilan aytganda mamlakatni barqarorlikdan beqarorlikka olib kelish... Ming afsuski bunday qora kuchlar hamma mamlakatda, hamma jamiyatda topiladi.

Notinchlik virusi bugun butun dunyoni ostun-ustun qilmoqda.

Madaniyatli millat davlatga yetkazilgan ziyon-zahmat shu mamlakatda yashayotgan har bir fuqaroga moddiy va manaviy zarar keltirishini, oilasini, hayotini, taqdirini, kelajagini barbod qilishini tushunib yetadi, anglaydi. Qayerdaki mamlakat tinchligiga tajovuz qilinsa, u yerda hech kim baxtli yasholmaydi.

Nimaga urushlar uzoqlashish, tarixga aylanish orniga insoniyat hayotiga tobora chuqur ornashmoqda?

Bir kunda osuda hayot ornini notinchlik egallamoqda. Norozilik namoyishlari qurolli janjallar oz domiga millionlab odamlarni eng dahshatlisi himoyasiz ayollar va bolalarni tortayotganligini bugun butun dunyo hamjamiyati korib, bilib turibdi.

Tahlillarga kora, notinch davlatlarda xalq suniy ravishda ikkiga bolib tashlanmoqda. Ularning bir qismi mavjud hukumat tomonda bolsa, boshqa bir bolagi muxolifat qolidagi qogirchoqqa aylangan. Har ikkala kuch ham parda ortiga otib olib, bir xalqni bir biriga dushman qilib, mamlakatni fuqarolar urushi girdobiga tashlamoqda. Eng dahshatlisi, mazkur davlatlarda xalqning turmushi tobora ogirlashib, borgan sari nochorlashmoqda.

Notinchlik virusi tarqalgan hududlarning xaritasi yaratiladigan bolsa, u allaqachon dunyoning juda katta qismini egallab oldi.

Togri belgilari har xil, lekin tashhis bitta notinchlik virusi!

Bugun insoniyat kun sayin yangilanayotgan dunyo jarohatlariga davo topish choralarini izlamoqda. Lekin haqiqat shundaki, kuch va qurol bilan yetkazilgan jarohatga yana kuch va qurol bilan malham qoyib bolmaydi.

Notinchlik virusiga qarshi turishning yagona yoli bu Milliy hamjihatlikdir.

Vatan, Xalq taqdiriga daxldorlik. Ajdodlarimizning ochmas xotirasi, kelajak avlodlar oldidagi masuliyat, Istiqlol yolidagi kurashlardan chiqarilgan xulosalar... Mana shu tuygular bizni Ozod Millat, Mustaqil Mamlakat sifatida jahon sahnida asrab qola oladi.

Prezidentimiz aytganidek, mana shu saxovatli Ozbekiston zaminida yashayotgan barcha insonlar, millati, tili va dinidan, qarash va etiqodidan qati nazar, bugungi va ertangi hayotimizning eng katta boyligi, Ollohning ozi bizga inom etgan bebaho nemat bolmish yurtimizdagi tinchlik-osoyishtalik va barqarorlik, jamiyatimizda mustahkamlanib borayotgan ozaro hurmat va hamjihatlik ekanini chuqur anglaydi va yuksak qadrlaydi.

Tinchlik... Nazarimda, bu sozni ozbek xalqidek uluglaydigan, Ollohdan faqat tinchlik soraydigan el yer yuzida bolmasa kerak.

Farruh HAMROYEV


Fikr va mulohazalar

Spam bot protection (CAPTCHA)

Songgi yangiliklar: