O'zb  
 

Oxirgi sonda



Ko'p o'qilgan maqolalar



Dolzarb mavzu



Maqolalar arxivi

«    Oktabr 2019   
Du Se Cho Pa Ju Sha Ya
30 1 2 3 4 5 6
7 8 9 10 11 12 13
14 15 16 17 18 19 20
21 22 23 24 25 26 27
28 29 30 31 1 2 3
12.02.2013

BIZNING XAVFSIZLIGIMIZ UCHUN

ko‘rilayotgan chora-tadbirlar huquqbuzarlik va jinoyatlarning oldini oladi

Ichki ishlar vazirligining Transportdagi ichki ishlar boshqarmasiga qarashli Toshkent temir yol bekatidagi boshqarmasi xodimi Oybek Sahobiddinov vokzaloldi nazorat-otkazish postida xizmat qiladi. Ish kuni davomida turfa odamlarga duch keladi. Vokzalga bir kunda sakkiz-on ming yolovchi kelib ketadi. Ularning fe’l-atvorlari ham shuncha xil, har biriga yarasha gap topib muomala qilish lozim. Xayriyatki, yolovchilarning aksariyati nazorat otkazish punktlaridagi tekshiruvlar birinchi navbatda ozlarining xavfsizligini taminlashga qaratilganini yaxshi tushunadilar.

— Oglim oilasi bilan Toshkentda yashaydi, deydi biz bilan suhbatda «Toshkent Qongirot» poezdiga chiqayotgan Reyimboy ota. Kampirim bilan nabiralarimizni korish uchun tez-tez poytaxtga kelib turamiz. Poezdda va bekatlarda yaratilgan sharoitlar kozingizni quvnatadi. Nazorat-otkazish postlaridagi ichki ishlar xodimlari xushmuomala. Bu choralar avvalo biz yolovchilarning xavfsizligi uchunligini yaxshi tushunamiz. Qolaversa, bu kop vaqtingizni olmaydi ham.

Ammo shunday fuqarolar ham borki...

Nima uchun vokzal ichkarisiga otkazmayapsiz, men qarindoshimni poezd vagoni oldigacha kuzatib, joylashishiga yordam bermoqchiman, deydi kimdir.

Yana birovi yukini introskop vositasida tekshirilganiga yoki korikdan otkazilganiga jigibiyron boladi.

Nima, men jinoyatchimidim, buncha sinchiklab tekshirasizlar, deydi iddao bilan.

Oybek Sahobiddinov har bir fuqaro bilan salomlashib, yani chest berib xizmat vazifasini bajarishga kirishadi, savollarga ham xushmuomalalik bilan javob beradi. Uning qisqagina tekshiruv davomidagi tushuntirishlaridan keyin kopchilik nohaqligini tan olib, uzr soraydi. Ammo shundaylar ham topiladiki, baribir oz fikrida qoladi. Xodim baribir Nizomda talab qilingan vazifalarini bajarib, yolovchilarga oq yol tilab qoladi.

Vazirlar Mahkamasining Temir yolda tashish xavfsizligini taminlashga qaratilgan normativ-huquqiy hujjatlarni tasdiqlash togrisidagi 2011 yil 30 noyabr qarorida temir yol vokzallarida (stansiyalarida) yolovchilar va boshqa shaxslarni, qol yukini, bagajni kozdan kechirish tartibi belgilab berilgan, bu vakolatga ega bolganlar kozdan kechirilayotgan shaxslarga nisbatan hushyor, etiborli va iltifotli bolishga hamda ularning shani va qadr-qimmatini kamsituvchi harakatlarga, yolovchilarning asossiz ushlanib qolishlariga yol qoymaslikka majburligi ham takidlangan.

Xullas, temir yol bekatlarida joriy etilganiga bir yildan oshgan yangi tartib-qoidalar yolovchining erkin harakatlanishi uchun hech qanday muammo tugdirmaydi. Pasporti va chiptasi joyida bolgan, oziga togri va biron noqonuniy harakatni rejalashtirmagan odamlar bu tartib-qoidalarga tabiiy hol deb qarashyapti. Ammo huquqbuzar va jinoyatchilar uchun bu tartib qoidalar haqiqiy tosiq boldi, desak yanglishmaymiz.

Milliy xavfsizlik xizmati xodimlari, transportdagi ichki ishlar idoralarining jinoyat qidiruv va terrorizmga qarshi kurash, jamoat tartibini saqlash va fuqarolarning xavfsizligini taminlash, huquqbuzarlikning oldini olish, tergov bolinmalari xodimlari, temir yol xizmatchilari, temir yolning harbiylashtirilgan qoriqlash boshqarmasi xodimlari birgalikda ana shu ishonchli va mustahkam tosiqni yaratishadi.

Mana bu malumot tekshirish uchun sarflangan ikki-uch minut vaqtini qizganayotgan yolovchini oylashga majbur qilsa kerak: otgan yili har uchta poezdning bittasida qidiruvdagi shaxs aniqlangan. Ashaddiy jinoyatchi bilan bitta vagonda ketishning xavf-xatarini tushuntirib otirishga hojat bolmasa kerak. Bunday kimsalar izini yashirish yoki pul topish uchun takroran jinoyat sodir etishlari tayin.

Sirdaryo viloyatida ogir bosqinchilik jinoyati sodir qilgan guruh azolarining biri aeroportda, yana biri esa temir yol vokzalida qolga olingan. Sirasini aytganda, tarmoq ichki ishlar tizimida qidiruvdagi shaxslarni aniqlash borasida kuchli, izchil dastur amal qilyapti.

Temir yol vokzalidagi uchta nazorat otkazish-punktlaridan birida yolovchilarning yuklari, anjomlari introskop vositasida tekshiriladi. Bu yerda ortiqcha kutib qolmaysiz. Harbiylashtirilgan qoriqlash boshqarmasi nozirlari sumkangizdagi buyumning soyasidan uning nima ekanini bilib olishadi, shubha tugilgan hollardagina yukingizni ochishni va qoshimcha korikdan otishingizni talab qilishadi. Ana shunday sinchiklab tekshirishlarning natijasida bir necha bor narkotik moddalar topilganligini misol qilib keltirish mumkin.

Bir qarashda oddiygina koringan xatti-harakatlar ortida ham jinoiy maqsad yotgan bolishi mumkin. Bazan kimlardir uzoq mamlakatdagi qarindoshiga kiyim-kechak yoki sovga-salomlarni poezd vagon kuzatuvchilari orqali berib yubormoqchi boladi. Oldinlar bunday holatlar kop uchragan bolsa, yangi tartib-qoidalar tufayli ularga keskin barham berildi. Yana bir tur yolovchilar, yani yol chiptasisiz safar qilish istagidagilarga ham nazorat punktlari talablari manzur bolmadi. Chunki, ichkariga faqat yol chiptasi bor yolovchilargina otkaziladi.

Transportdagi ichki ishlar idoralari xodimlarining vazifasi faqat nazorat postlarida turish va hududlaridagi huquqbuzarlik va jinoyatlarni ochishdangina iborat emas. Tarmoq ichki ishlar xodimlarining baxtsiz hodisalar va davlat mulkiga shikast yetkazish hollariga qarshi profilaktika tadbirlari ham samarali bolmoqda. Ularning doirasi keng huquqbuzarlikning oldini olish bolinmasi xodimlari orta umumtalim maktablarida, kollej va litseylarda, kishloq va mahalla fuqarolar yiginlarida uchrashuv, suhbatlar tashkil etishyapti. Ayniqsa, temir yol liniyalari va bekatlariga yaqin joydagi aholi bilan mustahkam aloqa ornatilgan.

Temir yolni belgilanmagan joylardan kesib otish bilan bogliq baxsiz hodisalar, afsuski, hozir ham roy beryapti, deydi ushbu bolim inspektori kapitan Qamariddin Rahmonov. Temir izlar boylab borayotgan odam hozirgina otib ketgan poezdning shovqini ostida qarama-qarshi tomondan kelayotgan poezdni anglamay qoladi va arzimasdek tuyulgan qoidabuzarlik, afsuski, uning umriga zomin boladi.

Temir yollarda kop uchraydigan yana bir huquqbuzarlik bolalar va osmirlarning poezdlarga tosh otishi fakti 2011 yilda yetti marta qayd etilgan bolsa, 2012 yil bunday holatlar faqat uch marta roy berdi, deydi XOOB inspektori, kapitan Hamid Ahmedov.

Ikki holatda 10-12 yashar bolalar, yana birida esa voyaga yetgan shaxs bu huquqbuzarlikni sodir etgan. Sud qaroriga kora poezdga shikast yetkazgan fuqaro tort million som miqdordagi zararni toladi, voyaga yetmagan huquqbuzarlarning ota-onalari ham jarimaga tortildi. Bu borada hujjatli film tayyorlanib, ichki ishlar xodimlari joylarda bolgan uchrashuvlarda undan foydalanishyapti.

Jamoat tartibini saqlash bolimi boshligi Faxriddin Haydarov bazan fuqarolarning bilib, tushungan holda huquqbuzarlik sodir qilishlari haqida hikoya qiladi.

Qashqadaryoga jonaydigan poezdga ertalab chipta olgan Sherzodning tushdan keyin qarori ozgarib, uning orniga akasi ketadigan boladi. U akasiga yol chiptasini va fuqarolik pasportini beradi. Aka-uka bir biriga oxshasa-da, pasportdagi surat bilan uni taqdim qilayotgan shaxsning orasidagi farq sinchkov xodimlar nazaridan chetda qolmadi. Huquqbuzarlik ustida ushlangan fuqaro navbatchilik qismiga olib kelindi, dalolatnoma tuzildi, keyin u sud oldida javob berdi. Aslida chiptani oz nomiga rasmiylashtirish uchun unchalik kop vaqt va mablag ketmas edi.

Ayrim hollarda ichki ishlar xodimining qonuniy talabini bajarmagan yoki uning oz xizmat vazifasini bajarishga xalaqit bergan fuqarolar ustidan ham dalolatnoma tuzishga togri keladi. Aybdor mamuriy javobgarlik togrisidagi kodeksning tegishli moddalari bilan javobgarlikka tortiladi.

Xullas, temir yol transportida amal qilishingiz kerak bolgan oddiygina qonun-qoidalarni bilib qoysangiz, buning sizga faqat foydasi bor:

yolovchilar tashish poezdlarida tashish taqiqlangan va cheklangan xavfli moddalar va buyumlar royxati tasdiqlangan, bu royxat vokzalga kiraverishda osib qoyilgan;

mast holdagi yolovchilar poezdga chiqarilmaydi;

poezdda spirtli ichimlik ichish va belgilanmagan joyda sigareta chekish;

zarurat bolmagan holda ozboshimchalik bilan poezdni toxtatish;

temir yol izlariga begona jism qoyish;

signal berish va aloqa qurilmalariga shikast yetkazish taqiqlanadi.

Mayor Faxriddin Haydarovning takidlashicha, keyingi yillarda transportdagi huquqbuzarliklar soni keskin kamaygan. Bu albatta fuqarolarning huquqiy madaniyati oshganidan dalolat beradi. Shuning bilan birga fuqarolarning tartibbuzarlik va jinoyatlar haqida ichki ishlar xodimlariga xabar berish holatlari ham kopaygan.

Jumladan, ular temir yol bekatida ogirlik roy berayotgani, taqiqlangan hududda mol boqilayotgani, temir yol qurilmalariga shikast yetkazilayotgani faktlari haqida xabar berishgan. Poezdga tosh otgan qonunbuzar bir soatga qolmay aniqlangan. Harakatdagi poezd ichidagi tarmoq ichki ishlar xodimi huquqbuzarlik sodir etilgan manzilni aniq aytgan, bir zumda mazkur hududdagi ichki ishlar xodimlari voqea joyiga yetib kelishgan, ularning tezkor harakatlariga ham fuqarolar yaqindan yordam berganlar.

Shu tariqa jamoatchilikning yordami tufayli kop jinoyatlarning oldi olinmoqda, sodir etilgan jinoyatlar tezkorlik bilan ochilmoqda.

Bugun butun dunyoda transportdagi xavfsizlikni taminlash borasidagi, xususan, terrorchilik harakatlariga qarshi ehtiyot choralari kuchaytirilgan. AQShdagi RAND ilmiy izlanishlar koorporatsiyasining xulosalariga kora, terrorchilar kopchilik orasida vahima tugilishini, qurbonlar koproq bolishini etiborga olib va ommaviy axborot vositalarining diqqatini koproq tortish maqsadida qabih jinoyatlarni amalga oshiradi. Statistik malumotlarga kora, keyingi on yilda xalqaro aeroportlarda, ofis va mehmonxonalarda, xalqaro anjumanlar otkaziladigan binolarda, xalqaro kurortlarda portlashlarni uyushtirish kamaymoqda. Buning boisi, shunday maskanlarda ehtiyot choralarining kuchaytirilganidir.

Demak, ogohlik va hushyorlik, korilayotgan chora-tadbirlar jinoyatlarning oldini olmoqda.

Sharofat YOLDOSHEVA,

Ozbekiston ovozi muxbiri.


Fikr va mulohazalar

Spam bot protection (CAPTCHA)

Songgi yangiliklar: