O'zb  
 

Oxirgi sonda



Ko'p o'qilgan maqolalar



Dolzarb mavzu



Maqolalar arxivi

«    Oktabr 2019   
Du Se Cho Pa Ju Sha Ya
30 1 2 3 4 5 6
7 8 9 10 11 12 13
14 15 16 17 18 19 20
21 22 23 24 25 26 27
28 29 30 31 1 2 3
09.02.2013

TALIM SOHASIDAGI ISLOHOTLAR

kelajak poydevorini mustahkamlashga xizmat qiladi

Abdug‘affor QIRGIZBOYEV, Oliy Majlis Qonunchilik palatasining Fan, ta’lim, madaniyat va sport masalalari qomitasi raisi orinbosari, OzXDP fraksiyasi azosi.

Istiqlolning dastlabki yillaridan talim sohasini isloh etishga qaratilgan meyoriy hujjatlar, jumladan, «Talim togrisida»gi qonun va Kadrlar tayyorlash Milliy dasturining hayotga izchil tatbiq etilishi natijasida respublikamiz talim tizimida muhim ijobiy yangilanishlar yuz berdi va bu jarayon hozir ham davom etmoqda.

Malumki, umumtalim maktablari bitiruvchilarini akademik litsey va kasb-hunar kollejlariga toliq qamrab olish taminlandi. Oliy va orta maxsus kasb-hunar talimi muassasalari bitiruvchilarini ishga joylashtirish, ular hayotda oz ornini topib olishi uchun zarur shart-sharoitlar yaratish masalalariga juda katta etibor qaratilmoqda. Bu borada talim muassasalari va boshqa tegishli idora hamda tashkilotlar zimmasiga masuliyatli vazifalar qoyilmoqda.

Vazirlar Mahkamasining 2012 yil yakunlari va 2013 yilga moljallangan eng muhim ustuvor yonalishlariga bagishlangan yigilishda Prezidentimiz 2012 yilda bu boradagi ishlar izchillik bilan davom ettirilganini takidlab, Davlat byudjetining 59,2 foizi ijtimoiy soha va aholini ijtimoiy himoya qilish chora-tadbirlarini amalga oshirishga qaratilgani, uning 35 foizi talim tizimiga yonaltirilganini takidladi.

Davlat byudjetining ijtimoiy yonaltirilganligi taminlanishi, bunda yoshlarning zamonaviy bilim olishi, munosib haq tolanadigan barqaror ish orniga ega bolishiga etibor qaratilayotgani Ozbekiston Xalq demokratik partiyasi dasturida talim tizimini yanada rivojlantirish, yoshlarni ish bilan taminlash boyicha belgilangan dolzarb vazifalar amalga oshishida muhim ahamiyat kasb etmoqda.

Davlatimiz rahbari 2012 yilda mamlakatimizda yuqori malakali ilmiy va ilmiy-pedagog kadrlarni attestatsiyadan otkazish boyicha bir pogonali tizimni isloh qilish hamda joriy etish ishlari nihoyasiga yetkazilgani, 2013 yilning 1 yanvaridan boshlab biz uchun yangi bolgan oliy oquv yurtidan keyingi talim, doktorlik ilmiy ishlarini tayyorlash va himoya qilish, ilmiy daraja hamda ilmiy unvonlar berish tizimi joriy etilganini alohida takidladi. Prezidentimiz takidlaganidek, ilmiy kengashlar nafaqat yuqori malakali kadrlar tayyorlash maskani, ayni vaqtda ilmiy tadqiqotlar olib boriladigan markazga aylanishi lozim bolgan yetakchi oliy oquv yurtlari qoshida tashkil etilishi muhim ahamiyatga egadir.

Oliy oquv yurtidan keyingi talimda ilmiy tadqiqotlar mamlakatni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning istiqboldagi vazifalari hamda fan va texnologiyani rivojlantirishning ustuvor yonalishlariga hamohang bolishi zarurligi belgilab berilgan.

Vazirlar Mahkamasining 2012 yil 28 dekabrdagi Oliy oquv yurtidan keyingi talim hamda oliy malakali ilmiy va ilmiy-pedagog kadrlarni attestatsiyadan otkazish tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari togrisidagi qarori oliy oquv yurtidan keyingi talim mazmunini tubdan isloh qilish, xususan, ilmiy tadqiqotlarning sifati va amaliy ahamiyatini oshirish, bu borada yoshlarga ozining ijodiy va intellektual salohiyatini namoyon etish imkonini yaratib berishga xizmat qiladi.

Ilmiy va ilmiy-pedagog kadrlar tayyorlash va attestatsiyadan otkazishning amaldagi ikki bosqichli jarayoni (fan nomzodi va fan doktori) orniga, fan doktori ilmiy darajasini olish uchun togridan-togri dissertatsiya himoya qilishni nazarda tutuvchi oliy oquv yurtidan keyingi talimning bir bosqichli tizimi joriy etildi. Oliy malakali kadrlar tayyorlashning bir bosqichli tizimi, pirovardida, doktorlik dissertatsiyasiga asos bola oladigan salmoqli ilmiy yutuqlarga erishish, ilmiy tadqiqotlarni yuksak saviyada olib bora oladigan va muhim ijtimoiy-iqtisodiy ahamiyatga ega ilmiy muammolarni hal qilishga qobiliyatli, istedodli yosh kadrlarni tarbiyalashda dolzarb ahamiyat kasb etadi.

Mamlakatimizda ilgarigi fan nomzodi tayyorlash bosqichi koproq ilmiy tadqiqot ishlarini olib borishga orgatar edi. Hozirda bu vazifani magistratura bosqichi bajaradi. Yangi tizimning yana bir afzalligi shundaki, unda bakalavr ilmiy darajasiga ega kadrlarga ham doktorlik dissertatsiyasi himoya qilish imkoniyati beriladi.

Dastlab ilmiy konsultantlar va doktorlik dissertatsiyalari mavzulari bazasining yaratilishi hamda ekspertizadan otkazilishi ilmiy tadqiqotlar tizimining bir muncha tartibga keltirilishiga, mavzularning istiqbolli vazifalar va ustuvor yonalishlarga mos bolishiga xizmat qiladi. Yetakchi olimlar (potensial ilmiy konsultantlar) tomonidan tavsiya etilgan doktorlik dissertatsiyasi mavzularining ilmiy ekspertizadan otkazilishi, talabgorning ilmiy va ilmiy-pedagogik layoqati baholanishi masuliyatni oshiradi. Bu ilmiy tadqiqotlar sifatining yuqori bolishi, ularning ilmiy va amaliy ahamiyati kotarilishida muhim ahamiyatga ega.

Katta ilmiy xodim-izlanuvchilar instituti va mustaqil izlanuvchilar institutlarining shakllantirilishi malakali kadrlar tayyorlashning sifat korsatkichlari yuqori bolishini taminlaydi.

Shuni ham takidlash kerakki, oliy malakali ilmiy va ilmiy-pedagog kadrlar ixtisosliklari respublikamizda olib borilayotgan ilmiy-tadqiqotlarning ustuvor yonalishlariga mos ravishda optimallashtirildi.

Talim tizimida hayotga tatbiq etilayotgan bu islohotlar ustoz-shogird ananalarini mustahkamlashi, ilmiy tadqiqotlarning ijtimoiy-iqtisodiy samaradorligi oshishi jamiyatimizda yuqori ilmiy salohiyatga ega shijoatli yoshlar safi kengayishiga, pirovardida, mamlakat taraqqiyotiga xizmat qilishiga shubha yoq.


Fikr va mulohazalar

Spam bot protection (CAPTCHA)

Songgi yangiliklar: