O'zb  
 

Oxirgi sonda



Ko'p o'qilgan maqolalar



Dolzarb mavzu



Maqolalar arxivi

«    Iyul 2020   
Du Se Cho Pa Ju Sha Ya
29 30 1 2 3 4 5
6 7 8 9 10 11 12
13 14 15 16 17 18 19
20 21 22 23 24 25 26
27 28 29 30 31 1 2
03.06.2020

ILLATLAR ILDIZLARI

qaysi ko‘lmakdan suv ichmoqda?

Jamiyatimizdagi ijtimoiy munosabatlar va muammolar haqida turli fikrlar aytamiz. Ularni bartaraf etish borasida har kim ozicha takliflar bildiradi. Masalan, korrupsiya, poraxorlik, mahalliychilik haqida gap ketsa, kimlardir jazoni kuchaytirish kerak deydi. Ma’naviyatchilarimizning aksariyati esa muammolar sababini vatanparvarlik tuygusi yetishmayotganligida, deb biladi. Yana bir toifa mutaxassislar oylik ish haqi miqdorining kamligi korrupsiyani keltirib chiqarmoqda, deydi. Yana kimdir talim tizimi aybdor, deb hisoblaydi. Bu fikrlarning har birida ozmi, kopmi jon bor, albatta.

Sharq falsafasi talimoti shuni takidlaydiki, insonni komillikka eltuvchi, soglom oila va soglom jamiyat yaralishiga sabab boluvchi, elni birlashtiruvchi kuch – manaviyat va ruhiy etiqoddir. Ayni shu kuch jamiyatda mustahkam emas ekan, amalga oshirilayotgan boshqa harakatlar qumdan uy qurish bilan barobardir. Boshqacha qilib aytganda, manaviyat va etiqodimiz sustligi turli illatlarning jamiyatimizda urchib ketishiga sabab bolmoqda.

Manaviyat va imonu etiqod zaifligi nimalarda namoyon boladi? Bular mafkuraviy boshboshdoqlik, diniy savodsizlik, ozibolarchilik va loqaydlik, qonunlarni bilmaslik yoki ularga boysunmaslik va shaxsiy manfaatni ustun qoyish, guruhbozlik hamda oshna-ogaynigarchilik, dabdababozlik kabi illatlarda korinadi. Bu oz navbatida milliy manaviyatimizga zid turmush tarzi, ijtimoiy tarmoqlarda ogizga kelganini gapirish, yot goyalar tasiriga tushib, turli oqimlarga qoshilib qolish, odob qoidalariga rioya qilmaslik, tushunib-tushunmay kimlargadir taqlid qilish, korrupsiya va poraxorlik, davlat va jamoat mulkini talon-taroj qilish, kozboyamachilik, laganbardorlik va mansabparastlik singari qator salbiy oqibatlarni keltirib chiqarmoqda.

Xosh, diniy va madaniy tarixi uzoq otmishga borib taqalgan, pirlar va avliyoyu anbiyolar xoki yotgan yurtning, dunyoga al-Xorazmiy, al-Buxoriy, Beruniy, al-Fargoniy, Mirzo Ulugbek kabi ilm ahlini, Amir Temur, Jaloliddin Manguberdi, Bobur kabi sarkardalarni tarbiyalagan xalqimizning manaviyati va imonu etiqodida boshliq bolishi mumkinmi? Mamlakatimiz tarixini tahlil etib, xulosa qilsak, 1870 yillarda chor Rossiyasining Turkiston olkasiga kirishi va keyinchalik XIX asr boshlarida bolshevizmning hokimiyat tepasiga kelishi nafaqat tariximizni, milliy qadriyatlarimizni ham xonavayron qildi. Ayniqsa, bolsheviklar turli etiqodli va kop millatli respublikalarni yagona «kommunizm goyasi» atrofiga birlashtirish maqsadida xalqlarni dinsizlik va manaviyatsizlikka aylantirishdek tuban vazifani amalga oshirishga kirishdi. Ateizm siyosati tufayli diniy madaniyat ochogi bolgan yurtimizda dindorlar va ulamolar tahqirlandi. Diniy adabiyotlar yoqib yuborilib, masjidlarimiz vayronaga aylantirildi. Buyuk bobokalonlarimiz nomlari sotsializm kitoblarida qoralandi. Madaniy meroslarimiz yoq qilindi yoki olib chiqib ketildi. Kirill alifbosi joriy qilinib, sekin-asta tilimiz ham kuchsizlana boshlandi. Qatagon yillari deb nom olgan XX asrning 30-yillariga kelib ozbek adabiyoti namoyandalari va ziyolilari millatparvarligi uchun xalq dushmani sifatida qatl etildi yoki Sibir olkalariga surgun qilindi.

Qatagon va zoravonliklardan iborat 70 yildan oshiq vaqt mobaynida dini va madaniyati oyoqosti qilingan bir necha avlod milliy manaviyatsizlik va etiqodsizlik ruhida tarbiyalandi, kommunizm mafkurasi ostida majburan umr kechirish iymon-etiqodni zaiflashtirdi.

Vatanimiz mustaqillikka erishgach, birinchi navbatda milliy madaniyatimiz, birligimiz yolida jonini fido qilgan ajdodlarimiz, din va ilm-fan namoyandalari hisoblangan bobokalonlarimiz nomlari sharaflandi. Xalqimiz uchun aziz hisoblangan qadamjolarimiz tiklanib, ziyoratgohlarga aylantirildi. Diniy etiqodga keng yol ochilib, madaniy meroslarimiz qayta jonlantirila boshlandi.

Biroq, bu davrning oziga xos muammolari yuzaga kela boshladi. Birinchidan, diniy etiqodimizdagi boshliq tufayli dinni qanday tushuntirishsa, shundayligicha qabul qila boshladik. Bu esa ayrim fuqarolarimizning diniy aqidaparastlikka berilishi va ekstremistik oqimlarga kirib qolishi kabi holatlarni keltirib chiqardi.

Ikkinchidan, jamiyatimizdagi milliy va mafkuraviy zaiflik sababli yangi avlodni milliy goya ruhida tarbiyalash ishlari ogir kechdi. Talim tizimida kadrlar yetishmovchiligi va moddiy-texnika bazasining qoniqarsizligi bilan bogliq muammolar qalashib qolgan edi. Natijada talim darajasi qoniqarsiz ahvolga tushib, ota-onalar farzandlarini yakka tartibda oqitish yoliga otib olishdi.

Bu jarayonda hali oz ona tili va adabiyotini mukammal bilmagan yoshlarning xorijiy tillarni organishlariga va tanlangan sohaga qarab tor doirada fanlarni ozlashtirishiga zor berildi. Natijada millat madaniyati va tarixini bilmaydigan, orta talim dasturlaridagi barcha fanlarni toliq ozlashtirmagan tor dunyoqarashdagi yoshlar voyaga yetdi. Oz navbatida madaniyatimiz ikkinchi darajaga otib qolib, ular ongini millati bolmagan ommaviy madaniyat egallay boshladi. Tilimiz lugatida rus va ingliz sozlari aralashmasi qoshilgan yangicha “lahja”lar paydo boldi.

Uzoq tariximiz va yaqin otmishimizda sodir bolgan voqealar va bugungi kunda milliy birdamlikning yetarli emasligi, kadrlar yetishmovchiligi, konstitutsiyaviy huquq va majburiyatlarning mutanosibsizligi, befarqlilik, boqimandalik va ozibolarchilik, qonunlarga boysunmaslik, korrupsiya va shaxsiy manfaatning ustun qoyilishi oqibatida imkoniyatlarimiz darajasida rivojlana olmadik. Shu sabablarni inobatga olgan holda haqiqiy vatanparvar yoshlarni tarbiyalasak, bugun davlat va jamiyat taraqqiyotiga tosqinlik qilayotgan koplab illatlarga barham bergan bolamiz. Albatta, yuqoridagi fikrlarga barcha birdek qoshilmasligi mumkin. Biroq, ayrim fuqarolarimizning ona tilimizga etiborsizliklari, tilimizning buzib gapirilishi, kochalardagi reklama va elonlarning xorijiy tillarda yozilishi, ayrim telekanallarda ommaviy madaniyatni targib qiluvchi dasturlarning kopayib borayotgani yoki Iymonsiz namozdan namozsiz iymon yaxshidir, degan falsafiy hikmatning mohiyatini tushunmasdan soqol qoyish yoki ayrim ayollarimizning milliy urf-odatlarimizga xos bolmagan uslubda oranib yurishlari kishini oyga toldiradi...

Xulosa qilib aytganda, Yaxshidan yomon chiqdi, deb kuyunma va yomondan yaxshi chiqdi, deb suyunma, degan sharq falsafasiga rioya qilishimiz lozim. Zero, ruhshunos olim B.Skinnerning ilmiy tadqiqotlari natijalariga bagishlangan Erkinlik va gururdan ham yuksak nomli ilmiy asarida takidlanishicha, hech qachon ingliz aristokratidan kochmanchi va aksincha, kochmanchidan ingliz aristokrati chiqmas ekan. Demak, biz ham iqtisodiy taraqqiyot yonalishini har qanday davlatdan andoza qilib olishimiz mumkindir, biroq manaviyat va etiqodda oz ildizimizga qaytmasak, adashamiz, yolimizni yoqotamiz, illatlar girdobida qolamiz.

Muhiddin QIYoMOV,

huquqshunos.


Fikr va mulohazalar

Spam bot protection (CAPTCHA)

Songgi yangiliklar: