O'zb  
 

Oxirgi sonda



Ko'p o'qilgan maqolalar



Dolzarb mavzu



Maqolalar arxivi

«    May 2020   
Du Se Cho Pa Ju Sha Ya
27 28 29 30 1 2 3
4 5 6 7 8 9 10
11 12 13 14 15 16 17
18 19 20 21 22 23 24
25 26 27 28 29 30 31
15.05.2020

MEN ESHITGAN ERTAKLAR

O‘zbek xalq ogzaki ijodi ma’lum manoda xalq badiiy dahosining izchil tarixiy-tadrijiy rivojini ozida mujassam etgan manaviy qadriyat namunasi hisoblanadi. Xalqimizning turmush tarzi, betakror milliy ananalari, urf-odatlari, tabiat va jamiyatga bolgan munosabati folklor asarlarda oz aksini topgan. Ertaklar esa xalq ogzaki ijodining ajralmas bir bolagi hisoblanadi. Ular millatning, jajji kichkintoylarimiz, bolalarimizning begubor dunyosini aks ettiruvchi, tildan-tilga, avloddan-avlodga kochib yuruvchi manaviyatimiz sarchashmalaridan biridir.

Kitobxonlikni targib qilish har bir oiladan boshlanishi lozim. Ziyo nuriga chomgan oilaning farzandlari, shubhasiz, Vatanimiz kelajagi, xalqimiz ishonchi va tayanchidir. Bu – bizning bugungi xulosamiz. Yoshlarimizning barkamol avlod bolib voyaga yetishini istasak, ularda kitobga mehr uygota olmogimiz darkor. Masalan, 3-4 yoshli bolaga ota-ona dastlab ertaklarni ogzaki bayon etsa, 6-7 yoshida ularga kitobdan kattaroq hajmdagi ertak va hikoyalarni oqib berib, oqishga qiziqtirishi kerak.

Bola 9-10 yoshga yetganda unga ozi sevgan kitobini xarid qilishi uchun imkoniyat berish va shu yoshdan boshlab boladan oqigan hikoyasi yoki boshqa badiiy asari xususida taassurotlarini soramoq lozim. 12-13 yoshdagi bolalar esa oz dunyoqarashidan kelib chiqib maqul asarlarni ozlari tanlab oqiy oladi. Faqat buning uchun ota-ona nazorati yolga qoyilsa, maqsadga muvofiq bolar edi. Axir, farzandlarimizning har tomonlama yetuk va barkamol bolishi uchun ota-onalar zimmasida katta masuliyat turadi.

Ayniqsa, bolada kitob oqishga qiziqishni uygotishda ertaklarimizdan foydalanish oz natijasini beradi.

Ertaklar azaldan xalqni, ayniqsa, yosh avlodni insonparvarlik, vatanga muhabbat, rostgoylik va halollik, mehnatsevarlik, xushmuomalalik va kamtarlik ruhida tarbiyalab kelgan. Deyarli barcha ertaklarning goyaviy yonalishi yagona maqsadga mehnat ahlining buyuk va yorqin kelajak uchun olib borgan kurashlarini, intilish va orzularini aks ettirishga qaratilgan. Shuning uchun ertaklar hamisha yaxshilik va murodga yetishdan iborat umidbaxsh goya bilan yakun topadi. Ertaklar xalqning necha-necha ming yilliklar davomidagi hayotiy tajribalarini umumlashtirgan holda uning ijtimoiy ongida, estetik didida, axloqiy qarashlarida, etiqodida kechgan osish-ozgarishlarning badiiy tarixi sifatida muhim ahamiyat kasb etadi.

Xalq talimi vazirligi, Respublika bolalar kutubxonasi tashabbusi bilan yosh avlodda xalq ogzaki ijodiga nisbatan qiziqishni shakllantirish, ularda ogzaki va yozma ijodni yuksaltirishga komaklashish hamda ularning intellektual va ijodiy qobiliyatlarini rivojlantirish maqsadida umumiy orta talim muassasalari oquvchilari ortasida «Men eshitgan ertaklar» tanlovi otkazildi. Tanlovga yuborilgan ishlarni baholash yuzasidan hakamlar hayati tarkibi Ozbekiston Yozuvchilar uyushmasi azosi, Gulxan jurnali hamda Guncha respublika bolalar jurnali mutaxassislari va Respublika bolalar kutubxonasining bolalar adabiyotini chuqur tahlil etadigan xodimlari tomonidan shakllantirildi. Belgilangan muddat davomida zukko, bilimli oquvchilarimiz tomonidan tanlovga 3000 ga yaqin ijodiy ishlar kelib tushdi.

Tanlovga yuborilgan ishlar uch bosqichda korib chiqildi, deydi Gulxan jurnali masul kotibi Muhabbat Hamidova. Birinchi bosqichda Qoraqalpogiston Respublikasi, Toshkent shahri va viloyatlardan yuborilgan ishlar hududiy korib chiqilib, ishlar saralab olindi. Ikkinchi bosqichda eng yuqori natijaga erishgan 10 dona ijodiy ish saralandi. Keskin bahs-munozaralar bilan otgan saralashning uchinchi bosqichida 3 nafar golib aniqlandi.

Xalq ertaklari badiiy soz sanatining gozal namunasi sifatida alohida ahamiyatga ega. Bir bor ekan, bir yoq ekan, bir och ekan, bir toq ekan... jumlasidan boshlanar ekan, ertak murod-maqsadiga yetibdi, degan yakungacha tinglovchining diqqatini oziga toliq ravishda jalb etadi. Undan keyin nima boladi, bu hodisa qanday tugaydi, degan savollar tinglovchi xayolini band etib turadi. Ertaklarning yashovchanligiga sabab ham ularning badiiy mukammalligi bilan belgilanadi.

Respublika bolalar kutubxonasi tashabbusi bilan umumiy orta talim muassasalari oquvchilari ortasida tashkil etilgan Men eshitgan ertaklar tanlovini bugungi kunda yosh avlodni kitobxonlikka jalb etish boyicha eng yaxshi loyihalardan biri sifatida etirof etaman.

Tanlovga kelib tushgan ijodiy ishlarda bolalarning oziga xos hayoti aks ettirilgan, his-tuygulari ifodalangan. Biz nizom asosida belgilangan 3 ta orindan tashqari 7 nafar tanlov ishtirokchilarini turli nominatsiyalar boyicha golib deb topdik, deydi Guncha respublika bolalar jurnali katta muxbiri, Yosh ijodkorlar kengashi azosi M. Abdullayeva. Bundan tashqari, har bir ishtirokchi tomonidan yuborilgan ish etiborga olindi va ularga 50 ta ragbatlantiruvchi orinlar berildi.

Kitob oqish, ertak eshitish, ijod qilish oquvchi manaviy olamini boyitadi, kitobxonlik madaniyatini oshiradi. Buyuk ajdodlarimizdan qolgan milliy boyligimizni avaylab-asrash, ularni organish va ommaga targib qilish uchun ham kitob oqish lozim.

Doniyor OROLOV,

Respublika bolalar kutubxonasi direktori.


Fikr va mulohazalar

Spam bot protection (CAPTCHA)

Songgi yangiliklar: