O'zb  
 

Oxirgi sonda



Ko'p o'qilgan maqolalar



Dolzarb mavzu



Maqolalar arxivi

«    Oktabr 2019   
Du Se Cho Pa Ju Sha Ya
30 1 2 3 4 5 6
7 8 9 10 11 12 13
14 15 16 17 18 19 20
21 22 23 24 25 26 27
28 29 30 31 1 2 3
05.02.2013

BIZ BARPO ETAYOTGAN JAMIYATNING

maqsadi har bir inson hayotdan rozi bo‘lib yashashiga erishishdir

Abdumannob RAHIMOV, Oliy Majlis Qonunchilik palatasining Qonunchilik va sud-huquq masalalari qomitasi raisi, Ozbekiston XDP fraksiyasi a’zosi.

Inson hayotga bir marta keladi, hamma ham baxtli-saodatli yashashni orzu qiladi. Yurtimizda amalga oshirilayotgan barcha islohotlarning bosh maqsadi bu muqaddas zaminda yashayotgan har bir oila, har bir inson uchun munosib turmush sharoitlarini yaratib berishga qaratilganini hisobga olsak, insonparvar jamiyat qurayotganimiz yaqqol namoyon boladi.

Davlatimiz rahbarining shu yil 18 yanvarda bolib otgan Vazirlar Mahkamasi majlisidagi «Bosh maqsadimiz — keng kolamli islohotlar va modernizatsiya yolini qatiyat bilan davom ettirish» nomli maruzasida belgilangan vazifalar inson manfaati yolidagi ishlarimizni yangi bosqichga olib chiqadi.

Maruzada 2012 yilda erishilgan yutuqlar tahlil etilib, joriy yilgi iqtisodiy dasturning asosiy ustuvor vazifalari belgilandi. Bu ustuvor yonalishlar mazmun-mohiyatiga kora, mamlakatimizda inson manfaatlarini taminlash, huquq hamda erkinliklarini munosib himoya qilish, har bir fuqaroga munosib turmush sharoitini yaratib berishga qaratilgan.

Alohida takidlash joizki, global iqtisodiyotda jiddiy muammolar saqlanib qolayotganiga qaramay, 2012 yilda mamlakatimizda iqtisodiy rivojlanishning barqaror yuqori suratlari taminlandi, makroiqtisodiy mutanosiblik saqlab qolindi, aholi hayot darajasi osdi va mamlakatning jahon bozoridagi pozitsiyalari mustahkamlandi.

Albatta, mamlakatimiz iqtisodiyotining barqaror rivojlanishi respublikamizda koplab yangi, yuqori haq tolanadigan hamda doimiy ish orinlari tashkil etish va aholi bandligini taminlash imkonini bermoqda. Bu, ayniqsa, bizning partiyamiz elektorati bolgan vaqtincha ishsiz kishilar, shuningdek, kam taminlangan oilalar manfaatlari himoyasiga xizmat qilayapti.

Maruzada yangi ish orinlari tashkil etish va mamlakatimiz aholisi bandligini taminlash 2013 yil va undan keyingi yillarga moljallangan maqsadli vazifalarni hal qilishning eng muhim ustuvor yonalishi bolib qolishi alohida takidlandi. Bu Ozbekiston XDPning dasturiy ustuvor maqsadlarini amalga oshirish imkoniyatlarini yanada kengaytiradi.

Ozbekiston XDP Markaziy Kengashi Ijroiya qomitasi Hayati va partiyaning Oliy Majlis Qonunchilik palatasidagi fraksiyasining yaqinda bolib otgan qoshma majlisida ham ushbu masalaga alohida etibor qaratildi. Unda 2013 yilgi iqtisodiy dasturning asosiy ustuvor vazifalarini amalga oshirishda Ozbekiston XDPning barcha darajadagi tashkilotlari hamda deputatlik guruhlari amaliy ishtirokini kuchaytirish masalasi muhokama qilindi. Shuningdek, 2013 yilda yangi ish orinlari tashkil etish va aholi bandligini taminlash dasturida belgilangan 970 mingdan ortiq yangi ish orni oz vaqtida ochilishiga erishish, ushbu muhim ijtimoiy ahamiyatga ega masalani hal etishda Ozbekiston XDPning ishtirokiga oid tegishli qaror qabul qilindi.

Joriy yil xizmat korsatish va servis sohasini jadal rivojlantirish, xotin-qizlarni ish bilan taminlashda kasanachilikning turli shakllarini mehnat shartnomalari asosida kengaytirish, oilaviy biznesni tashkil etishni rivojlantirish, mazkur masalalarda jamoatchilik nazoratini tizimli yolga qoyishda partiyamiz faollari va deputatlari oldida dolzarb vazifalar turibdi. Chunki, shuning hisobidan bu yil 280 mingdan ortiq kishini ishga jalb qilish kozda tutilganini etiborga olsak, qoyilayotgan masala partiyamiz elektorati manfaatlarini himoya qilishda dolzarb ahamiyat kasb etishini izohlashga zarurat qolmaydi, albatta.

Davlatimiz rahbari har bir fuqaroga munosib ish orni yaratish, ularning mehnatiga yuqori maosh tolash, buning uchun har bir sohada yol qoyilayotgan sustkashlik va kamchiliklarni bartaraf etish, iqtisodiyot tarmoqlarini rivojlantirishning ichki va yangi imkoniyatlaridan samarali foydalanish, mutasaddilarning javobgarligi hamda masuliyatini oshirish zarurligiga alohida etibor qaratdi.

Har birimiz bu vazifa ahamiyati va mohiyatini chuqur tushunib olishimiz, mamlakat taraqqiyoti, xalqimiz farovonligi yolida kuch-gayratimiz hamda bilimimizni ayamasligimiz talab etiladi. Obodlik uchun kurashib yashash hissi yuksalishi, xalqimizning ijtimoiy birdamligi oshishi fuqarolik jamiyatini barpo etishda muhim ahamiyat kasb etadi.


Fikr va mulohazalar

Spam bot protection (CAPTCHA)

Songgi yangiliklar: